5 mavzu: algoritmlar va ularning qiyinligi reja Algoritmni baholash mezonlari
Download 210.5 Kb.
|
qwerty
5 - MAVZU: ALGORITMLAR VA ULARNING QIYINLIGI Reja 1. Algoritmni baholash mezonlari. 2. Algoritmni vaqt qiyinligi bo’yicha optimallashtirish. 3. Algoritmni hajmiy qiyinligi bo’yicha optimallashtirish. Algoritmlarni baholash uchun ko’pgina mezonlar mavjud. Odatda kirituvchi berilganlarni ko’payishida masalani yechish uchun kerak bo’ladigan vaqt va xotira hajmlarini o’sish tartibini aniqlash muammosi qo’yiladi. Har bir aniq masala bilan kiritiladigan berilganlarni miqdorini aniqlovchi qandaydir sonni bog’lash zarur. Bunday son masalaning kattaligi deb qabul qilinadi. Masalan, ikkita matritsani ko’paytirish masalasining o’lchami bo’lib, matritsalar kattaligiga xizmat qilishi mumkin. Graflar haqidagi masalada o’lcham sifatida graf shohlarining soni bo’lishi mumkin. Algoritm sarflanayotgan vaqt masalaning o’lchami funksiyasi sifatida algoritmni vaqt bo’yicha qiyinligi deb nomlanadi. Bunday funksiyaga masalaning kattaligi oshganda limit ostidagi o’zgarish asimptotik qiyinlik deb aytiladi. Shunga o’xshab, hajmiy qiyinlik va asimptotik hajmiy qiyinlikni aniqlash mumkin. Aynan algoritmning asimptotik qiyinligi natijada shu algoritm yordamida yechiladigan masalarni kattaligini aniqlaydi. Agar algoritm n kattalikdagi kirishlarni vaqtda qayta ishlasa (c-const), unda algoritmning vaqt bo’yicha qiyinligi teng deb hisoblanadi, va n tartibda deb aytiladi. Hisoblash mashinalar tezligi oshishiga qaramasdan, ular yordamida yechilayotgan masalalar kattaligini oshishini algoritm qiyinligini tahlil orqali aniqlaydi. Faraz qilaylik, A1,A2,…,A5 nomli 5 ta algoritm quyidagi vaqtli qiyinliklar bilan berilgan.
Download 210.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling