1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/52
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1620047
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular



 
1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, 
uning mohiyati va vazifalari 
Reja: 
1. Paxta va to„qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati, 
maqsadi va vazifalari. 
2.O„zbekiston Respublikasida texnosferik omillarning holati va istiqbollari
texnosferik omillar jarayoni va sharoitini shakllantiruvchi muhit. 
Texnosfera - bu odamlar tomonidan o„zgartirilgan va moslashtirilgan tabiiy 
muhitning bir qismidir. Bu ularning ehtiyojlarini qondirish uchun qilgan faoliyati 
natijasida paydo bo„lgan. Bizni o„rab turgan dunyoni ikki guruhga bo„lish mumkin. 
Bu tabiat dunyosi va inson tomonidan yaratilgan dunyo. 
Tabiat dunyosi - bu inson aralashuvisiz paydo bo„lgan barcha narsalar. Bular 
osmon, quyosh, oy va yulduzlar, yomg„ir va qor, yovvoyi hayvonlar va 
hasharotlardir. Tabiat bilan bog„liq bo„lgan hamma narsa ko„p asrlar davomida 
mavjud bo„lgan va insondan mustaqil ravishda mavjud bo„ladi.
Texnosfera atrofimizdagi barcha binolar, inshootlar, yo„llar, avtomobillar, 
kemalar va boshqa jonsiz narsalarni o„z ichiga oladi.
Demak, texnosfera
 
- o„tmishda biosferaga ta‟lluqli bo„lgan keyinchalik 
insonlar tomonidan moddiy, ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini yanada yaxshilash 
maqsadida to„g„ridan-to„g„ri yoki sirtdan texnik vositalar bilan ta‟sir etgan 
hududdir.
 
Texnosfera fanining mohiyati insonni o„rab turgan muhitni, insonning atrof-
muhit bilan o„zaro ta‟sirini, xavfsiz hayot va faoliyatni ta‟minlash nuqtai-nazaridan 
inson va atrof-muhitning o„zaro ta‟sirini, uni yaratish usullarini o„z ichiga oladi. 
Texnosferik omillar fani ishlab chiqarish muhitida insonning atrof-muhitga 
ta‟sirini hisobga olgan holda xavfsizligini taminlashga yo„naltirilgan bilimlar 
sistemasidir.
Fanning vazifasi – 
to„qimachilik, yengil sanoat, paxta tozalash va poligrafiya 
korxonalarida zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarini ishchi, xodim va atrof-
muhitga ta‟sirini oldini olish va kamaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirishdir.
Texnosferik omillar fanining maqsadi
– to„qimachilik, yengil sanoat, paxta 
tozalash va poligrafiya 
korxonalarida sanoat va ekologik xavfsizlikni hisobga 
olgan holda sifat va ekologik nuqtai-nazardan o„rganishdan iborat.
 
Texnosferaning asosiy salbiy omillariga quyidagilar kiradi: Mehnat muhitida 
xavfli va zararli omillar - zaharli kimyoviy moddalar, shovqin, tebranish, 
elektromagnit va ionlashtiruvchi nurlanish manbalari, ko„tarilgan harorat va 
boshqalar ta‟sirida odamlarning mavjudligi. 


Xavfli texnogen hodisalarga sanoat ob‟ektlarida yoki transportda sodir 
bo„lgan baxtsiz hodisalar, yong„inlar, portlashlar yoki har xil turdagi 
energiyalarning chiqishi kiradi. 
Transport, energetika ob‟ektlari va sanoatda texnogen avariyalar va ofatlar 
natijasida o„lim yoki sog„liqqa zarar yetkazish xavfi yuqori. Aholining yuqori 
zichligi va haddan tashqari ko„pligi tufayli yuzaga kelgan ijtimoiy keskinlik, 
nizolar va stresslar ham texnosfera salbiy omillarining oqibatlariga kiradi. 
Kishilik jamiyati ishlab chiqarish faoliyatining ulkan miqyoslari kuchli
sanoat va qishloq xo„jalik potensialini yaratishga, barcha turdagi transportni 
keng rivojlantirishga, katta yer maydonlarini irrigatsiyalashga, sun‟iy iqlim 
yaratishga olib keladi. Shu bilan birga bir vaqgning o„zida atrof-muhitning holati 
keskin yomonlashadi. Atmosfera, suv havzalari va tuproqning, suyuq va 
gazsimon chiqindilar bilan ifloslanishi xavfli o„lchamlarga yetib qoldi, tabiiy 
foydali qazilmalar, chuchuk suv va boshqalar kamaymoqda. Kishilik jamiyatining
rivojlanishi va uning fan-texnika taraqqiyoti atrof-muhitga misli ko„rilmagan 
darajada zaharli moddalar chiqaradigan yangi mashinalar va yangi texnologik 
jarayonlar yaratishga olib keldi.
Texnosferaning xavfsizlik mezonlari yashash joyidagi moddalar va energiya 
oqimlarining konsentratsiyasiga qo„yilgan cheklovlardir. Konsentratsiyalar ushbu 
moddalarning yashash joyidagi maksimal ruxsat etilgan konsentratsiyasi asosida 
tartibga solinadi. 
Insoniyat paydo bo„lgandan boshlab o„zining ko„payishi davomida iqtisodni 
rivojlantirish bilan birga xavfsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy sistemasini yaratdi. 
Buning oqibatida insonga zararli ta‟sirlar sonini oshishiga qaramasdan insonning 
xavfsizligi darajasi ortdi. Hozirgi vaqtda eng rivojlangan mamlakatlarda o„rtacha 
umr ko„rish davomiyligi 77 yoshni, O„zbekiston Respublikasida ayollar -75,8 
yoshni, erkaklar - 71,7 yoshni, o„rtacha 73,8 yoshni tashkil qiladi. 
O„zbekiston Respublikasining 
2006 yil 28 sentyabrda “
Xavfli ishlab 
chiqarish ob‟ektlarining sanoat xavfsizligi to„g„risida”gi qonuni qabul qilingan. 
“O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 10 dekabrda 
Xavfli ishlab chiqarish ob‟ektlarining sanoat xavfsizligi to„g„risida”gi O„zbekiston 
Respublikasi qonunini amalga oshirishga doir qo„shimcha chora tadbirlar haqidagi 
271-sonli qarori qabul qilingan. 
Yukoridagi Qonun xavfli ishlab chiqarish ob‟ektlarini xavfsiz ekspluatatsiya 
qilishni ta‟minlashning huquqiy-iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini belgilab berdi 
hamda uning izchil ijrosi mazkur ob‟ektlarda avariyalarning oldini olish, ular ro„y 
bergan taqdirda, oqibatlarini asoratlarsiz bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga 
oshirishni ta‟minlab kelmoqda. 


Shuningdek, qonunda Xavfli ishlab chiqarish ob‟ektlarining sanoat 
xavfsizligini ta‟minlash, avariya va jarohat etkazilishi bo„yicha ma‟lumotlarni 
tahlil qilish samaradorligini oshirish, avariyalar kelib chiqishi sabablarini belgilab 
beradigan qonuniyatlar va omillarni tadqiq etish, xavfli ishlab chiqarish 
ob‟ektlarini hisobga olish va identifikatsiyalash, sanoat xavfsizligi ekspertizasini 
o„tkazish tizimini shakllantirish va rivojlantirish, sanoat xavfsizligini 
deklaratsiyalash tartibi belgilangan. 
Xavfli ishlab chiqarish ob‟ektidan foydalanuvchi tashkilot:
o sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarida, shuningdek normativ texnik 
hujjatlarda ko„rsatilgan talablarga rioya etishi;
o xavfli ishlab chiqarish ob‟ekti xodimlari shtatining belgilangan talablarga 
muvofiq to„ldirilishini ta‟minlashi;
o xavfli ishlab chiqarish ob‟ektidagi ishga oid malaka talablariga javob 
beradigan va ko„rsatilgan ishga tibbiy jihatdan loyiq shaxslarni qo„yishi;
o xavfli ishlab chiqarish ob‟ektlari xodimlarining tayyorgarlikdan va 
attestatsiyadan o„tkazilishini ta‟minlashi;
o ishlab chiqarish jarayoni ustidan nazorat qiluvchi zarur asboblar va 
tizimlarning belgilangan talablarga muvofiq mavjud bo„lishi hamda 
ishlashini ta‟minlashi;
o Qonunning 15-moddasiga muvofiq sanoat xavfsizligi ekspertizasi 
o„tkazilishini, shuningdek xavfli ishlab chiqarish ob‟ektida qo„llaniladigan 
inshootlar va texnika qurilmalari diagnostikasi, sinovlari, tekshiruvi 
o„tkazilishini belgilangan muddatlarda va maxsus vakolatli davlat organi 
yoki qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim 
vakolatlarga ega bo„lgan boshqa davlat organlarining belgilangan tartibda 
taqdim etiladigan yozma ko„rsatmasiga binoan ta‟minlashi;
o xavfli moddalarni saqlashga oid sanoat xavfsizligi talablarining bajarilishini 
ta‟minlashi; sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini belgilangan tartibda ishlab 
chiqishi va tasdiqlashi;
o maxsus vakolatli davlat organi va qonun hujjatlariga muvofiq sanoat 
xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo„lgan boshqa davlat 
organlarining buyruqlari, qarorlari va yozma ko„rsatmalarini bajarishi kerak.
Xavfsizligi deklaratsiyalanishi kerak bo„lgan xavfli ishlab chiqarish 
obektlari Qonun hujjatlariga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obektlarining birinchi 
tipiga muvofiq bo„lgan loyihalanayotgan va faoliyat ko„rsatayotgan xavfli ishlab 
chiqarish obektlari sanoat xavfsizligini majburiy deklaratsiyalashga tegishli 
bo„ladi. Boshqa xavfli ishlab chiqarish obektlarining sanoat xavfsizligini 
deklaratsiyalash ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi. Majburiy deklaratsiyalanishi 


kerak bo„lgan xavfli ishlab chiqarish obektlarini identifikatsiya qilish xavfli ishlab 
chiqarish obektidan foydalanuvchi tashkilot, shuningdek sanoat xavfsizligi 
ekspertizasini o„tkazish yuzasidan akkreditatsiyaga ega bo„lgan ekspert tashkiloti 
tomonidan amalga oshiriladi. Majburiy deklaratsiyalanishi kerak bo„lgan xavfli 
ishlab chiqarish obekti identifikatsiya qilingan taqdirda, tashkilot rahbari ushbu 
obekt to„g„risidagi ma‟lumotlarni favqulodda vaziyatlar bo„yicha tegishli hududiy 
boshqarmaga va “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining mintaqaviy 
organlariga, yuqori tashkilotga, vazirlik yoki idoraga (mavjud bo„lganda) hamda 
xavfli ishlab chiqarish obekti joylashgan hududdagi mahalliy davlat hokimiyati 
organiga taqdim etadi. Favqulodda vaziyatlar bo„yicha hududiy boshqarmalar va 
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining mintaqaviy organlari har yili 
o„zlarining markaziy apparatlariga, xavfsizligi majburiy deklaratsiyalanadigan 
xavfli ishlab chiqarish obektlari ro„yxatiga kiritish uchun umumlashtirilgan 
axborot taqdim etadilar. O„zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi 
va “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspektsiyasi o„zlarining bo„linmalari 
tomonidan taqdim etilgan ma‟lumotlarni hisobga olgan holda xavfsizligi majburiy 
deklaratsiyalanadigan xavfli ishlab chiqarish obektlari ro„yxatini shakllantiradilar 
va O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadilar. Xavfli ishlab 
chiqarish ob‟ektlarining sanoat xavfsizligini ta‟minlash, avariya va jarohat 
yetkazilishi bo„yicha ma‟lumotlarni tahlil qilish samaradorligini oshirish, 
avariyalar kelib chiqishi sabablarini belgilab beradigan qonuniyatlar va omillarni 
tadqiq etish, xavfli ishlab chiqarish ob‟ektlarini hisobga olish va identifikatsiyalash
sanoat xavfsizligi ekspertizasini o„tkazish tizimini shakllantirish va rivojlantirish, 
sanoat xavfsizligini deklaratsiyalash tartibi, prinsiplari va shartlari belgilangan. 
Shuningdek, yuqoridagi qonun va qarorda: 

1.Xavfli ishlab chiqarish ob‟ektlarida sanoat xavfsizligi talablarini bajarishni 


ta‟minlash; 

2.Xavfli ishlab chiqarish ob‟ektlaridan foydalanilayotgan tashkilotlarning 


rahbarlari va mas‟ul mutaxassislarining javobgarligini oshirish; 

3. Xavfli ishlab chiqarish ob‟ektlarida baxtsiz hodisalar va avariyalarni 


oldini olish. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling