1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular
Demografik portlash. Tibbiyot fanining yutuqlari, yashash sharoitlarining
yaxshilanishi, qishloq xo„jalik mahsulotlari hosildorligining oshirilishi odamlar hayotining uzayishiga sharoit yaratadi, shu bilan birga qator hududlarda tug„ilish yuqoriligicha davom etmoqda. Hozirgi kunda yer aholisi soni jadallik bilan ko„payib bormoqda. 1-jadval Yer aholisi sonining ortib borishi 1804 1927 1960 1974 1987 1999 2013 2028 2054 1 mlrd. 2 mlrd. 3 mlrd. 4 mlrd. 5 mlrd. 6 mlrd. 7 mlrd. 8 mlrd. 9 mlrd. Ayrim olimlarning bashoratlariga qaraganda asrimiz oxiriga borib yer aholisining soni 11 mlrd.ga yetishi kutilyapti. Bunday sharoitda (texnologiyaning hozirgi holatida) yer aholisini oziq-ovqat va zaruriy narsalar bilan ta‟minlay olmaydi. Ma‟lum vaqtdan so„ng yerda ocharchilik, ommaviy kasallanish, yashash muhitining buzilishi boshlanadi va bu provard natijada aholi sonining kamayishiga va kishilik jamiyatining inqiroziga olib keladi. Qayd etilishicha, Yer sayyorasida yashovchi aholi sonining 1 mlrd. kishiga yetishi uchun 200 ming yildan ko„proq vaqt ketgan. Ushbu raqam 7 mlrd.ga yetishi uchun esa 200 yil kerak bo„lgan. Xitoy va Hindiston davlatlarda 1 mlrd. dan ortiq aholi yashaydi: Xitoy aholisi eng ko„p bo„lgan davlat bo„lsa-da, 2023 yilga kelib, Hindiston aholisi soni eng ko„p mamlakatga aylanib bormoqda. Urbanizatsiya. Demografik portlash jarayoni bilan birgalikda shahar aholisi sonining jadallik bilan ko„payishi kuzatilyapti. Bir tomondan bu yaxshi, ko„pgina sohalarda ishlab chiqarish unumdorligining ko„payishiga, jamiyatning ijtimoiy va madaniy-maorif muammolarining yechilishiga olib keladi. Ikkinchi tomondan hayotiy sharoitlarning yomonlashuviga, tabiiy muhitning buzilishiga olib kelmoqda. Katta shahar va sanoat markazlariga xos bo„lgan holat yashash muhiti komponentlarining yuqori darajada ifloslanib ketganligidir. Masalan, 1 sm 3 shahar havosida 10000 dona, qishloq havosida 1000 dona va dengiz ustidagi havoda 100 dona zarracha aniqlanganligi buning isbotidir. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling