Texnogen avariya va falokatlar. XX asrning o„rtalariga qadar odamzod
tabiatni buza oladigan darajadagi kuchli vositalarga ega emas edi. Yadroviy
ob‟ektlarning va zaharli kimyoviy moddalarning ko„plab miqdorlarda bir joyda
to„planishi va ishlab chiqarilishining o„sishi, odamni ekosistemaga katta zarar
keltirish, hatto, ayrim hududlarda uni buzib yuborish imkoniga ega qildi.
Insoniyatning aktiv texnogen faoliyati tufayli planetamizning ko„pgina
hududlarida biosferaga putur yetgan va yashash muhitining yangi turi - texnosfera
vujudga kelgan.
Texnosferani yarata borib, insoniyat o„z yashash muhitini yaxshilashga,
uning qulay bo„lishiga, tabiatning noxush ta‟siridan saqlashga intildi. Bu albatta,
uning yashash sharoitini yaxshiladi, qulaylashtirdi va boshqa omillar (tibbiy
xizmatning yaxshilanishi va h.k.) bilan birgalikda umrining uzayishiga olib keldi.
Masalan, XIX asr boshlarida odam umrining uzunligi o„rtacha 35 -40 yil bo„lgan
bo„lsa, XX asrga kelib 60 - 63 yilga yetgan.
Lekin, inson ongi va qo„li bilan yaratgan texnosfera ko„p hollarda odamlar
umidini oqlamadi. Yaratilgan ishlab chiqarish va shahar muhiti xavfsizlik sathi
bo„yicha talab darajasidan ancha orqada. Texnosferaning paydo bo„lishi, uning
borgan sari kengayib borishi biosferani siqib chiqarmoqda, uning o„rnini
egallamoqda. Bu esa planetamiz ekosistemasini buzilishiga olib kelmoqda. Hozirgi
kunda yer yuzida ekosistemasi buzilmagan maydonlar oz qismni tashkil qiladi.
Masalan, Yevropada 15,6%, Osiyoda 43,6%, Shimoliy Amerikada 56,3% holos.
4-jadval
BMTning 1995 yil ma‟lumotiga ko„ra inson umrining qisqarishi (IUQ). (soatlarda)
Mehnat sharoiti
IUQ
1.
2.
3.
4. 2
.
Do'stlaringiz bilan baham: |