5-mavzu: angliya va fransiyada klassik (mumtoz) maktabning shakllanishi reja


Download 38.62 Kb.
bet6/7
Sana25.03.2023
Hajmi38.62 Kb.
#1296076
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-mavzu. (1)

QISQACHA XULOSALAR

XVII-XVIII asrlarda qulay ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda dastlab Angliyada klassik iqtisodiy maktab kurtaklari paydo bo'la boshladi. Bu yangi iqtisodiy g'oyalar V.Petti nomi bilan bog'liq (burjua inqilobi, manufaktura va savdoning rivojlanganligi, agrar islohot, dehqonlarning chegaralanishi, mustamlakachilik siyosati, qulay tarixiy, tabiiy va geografik hamda iqlimiy sharoitlar).


Klassik iqtisodiy maktabning shakllanishi avvalgi g'oya merkantilizmdan prinsipial farq qiladi, agar merkantilizmda boylikning asosi muomala sohasi (javohir, oltin, kumush, pul, savdo saldosi)da vujudga keladi deb qaralgan bo'lsa, endi boylik ishlab chiqarish sohasida vujudga keladi deb isbotlab berildi. V.Petti yangi kapitalistik jamiyatni, erkin tadbirkorlikni, kapitalistlarni himoya qildi, xususiy mulkni «muqaddas» va «dahlsiz» deb bildi.
U iqtisodiy tadqiqotda tabiiy fanlarni, ya'ni abstrakt usullarni qo'llab har bir masalaning ichki bog'liqligiga asosiy e'tiborni qaratdi, matematik va statistik usullardan keng foydalandi. V.Petti «tabiiy baho» (qiymat), «siyosiy baho» tushunchalarini kiritdi, tovar qiymatining unga sarflangan mehnat miqdori bilan o'lchanishi g'oyasiga, ya'ni qiymatning mehnat nazariyasiga asos soldi. «Mehnat boylikning otasi, er esa uning onasidir» degan fikrni bildirdi. Qiymatni aynan almashuv qiymati (pul) shaklida tushundi. Ish haqi ishchilarga tirikchilik uchun zarur bo'lgan jismoniy minimum, ya'ni «yashash, mehnat qilish va ko'payish» uchun kerak darajada to'lansa bas, degan g'oyani ilgari surdi.
Kapitalistlarning foydasini imkoni boricha oshirishni, ishchilarning soliq to'lashlarini zarur deb bildi. Pulning roli va uning mamlakatdagi miqdori masalalarini asosan to'g'ri hal etdi, ya'ni pul miqdori ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga to'g'ri, pulning aylanish oborotiga esa teskari proporsionalligini aniqladi. Pulning me'yorda bo'lishini qo'llab-quvvatladi. Er va renta masalalarini ancha puxta ishlab chiqdi. Ish haqi va rentaning bir-biriga qarama-qarshiligini isbotladi (er bahosini to'g'ri hal etmadi).
Petti «Siyosiy arifmetika» va boshqa asarlarida statistika, aniqrog'i demografik statistika faniga asos soldi. «Aholi - boylik asosi» masalasini to'g'ri qo'ydi. Milliy daromad masalasini qo'ydi va uni qisman hal etdi. Fransiyadagi klassik iqtisodiy maktabning dastlabki vakili P.Buagilber ham muhim g'oyalarni ilgari surdi. Bu mamlakat ahvoli Angliyanikidan ancha katta farq qilardi. Shu sababli iqtisodiy qarashlarda o'ziga xoslik seziladi. Agar Petti ko'proq sanoat va savdoni qo'llagan bo'lsa, Buagilber asosan qishloq xo'jaligi sohasini tadqiq etdi va o'zining muhim qisqacha xulosalarlarini chiqardi.
Qiymatni aynan iste'mol qiymati shaklida tushundi. «Proporsional baholar» tarafdori edi, erkin tadbirkorlik, raqobat va erkin baholarni qo'lladi. Ortiqcha ishlab chiqarish inqirozini to'g'ri tushuntirib berdi, pulga salbiy munosabatda bo'ldi, oltin va kumushlarni yovuzlik sababi deb bildi. Noto'g'ri ravishda faqat qishloq xo'jaligini qo'llab-quvvatladi, sanoat va savdoga kam e'tibor qildi.
Buagilberning iqtisodiy islohotlari bo'yicha takliflari o'z davri uchun nihoyatda ahamiyatlidir.

Download 38.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling