5-Mavzu: Atomda elektron qavatlarning tuzilishi Reja: Kvant sonlar Klechkovskiy qoidasi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi0.74 Mb.
#1012162
1   2   3   4
Bog'liq
5-маъруза

 Klechkovs kiy qoidasi
Energetik pog'onachalarning elektronlar bilan to'lib borish tartibi bosh 
va orbital kvant sonlar yig'indisi orqali ifodalanadi. 
 
Elektron pog'onachalarning elektronlar bilan to'lib borish ketma-ketligi 
ularning bosh va orbital kvant sonlar yig'indisi (n+l) qiymati ortib borish 
tartibida bo'ladi. Agar bir necha pog'onacha uchun n va l qiymatlari 
yig'indisi bir xil bo'lsa, bunday pog'onachalar chegarasida elektronlar 
joylashishi bosh kvant sonining ortib borishi tartibida bo 'ladi. 
Kiechkovskiy qoidasiga ko'ra quyidagi 6 ta energetik pog'onaning 
pog'onachalarida n+l qiymatining o'zgarib borishini aks ettiramiz: 
Pog'onachalarda elektronlarning joylashish tartibi quyidagicha bo'ladi (7-
pog'onani ham hisobga olgan holda): 
1s 2s 2p 3s 3p 4s 3d 4p 5s 4d 5p 6s 4f 5d 6p 7s 5f 6d ...
Energetik pog'onachalari to'lib borish qatorining grafik ko'rinishi III.5-
rasmda aks ettirilgan.Yuqorida keltirilgan qatorda 3d-pog'onachadan oldin 


4s-pog'onacha elektronga to'lib borishi kerak va bunday vaziyatni 5s-, 6s- va 
1s- pog'onachalar ham takrorlaydi. 
Bu qatordan har bir davrni tashkil etuvchi elementlardagi elektron 
qobiqchalar tarkibi ko'rinib turadi. 
Keltirilgan davrlar tarkibiga kiruvchi pog'onachalar davriy sistema 
strukturasini belgilaydi. 1-davrga o'xshash boshqa o'ta kichik davr 
sistemada yo'q; 2- va 3-davrlar to'rtta orbitalli bo'lib, ularda ko'pi bilan 8 tadan 
elektron joylashishi mumkin va bu jihatdan ular o'zaro o'xshash, ular kichik 
davrlar qatoriga kiradi. 
4- va 5-davrlarda pog'onachalar soni bir xil bo'lib, ular katta davrlar 
hisoblanadi, ulardagi elektronlar soni 18 tadan bo'ladi. 
Qolgan 6- va 7- davrlar strukturasi haqidagi ma'lumotlarni yuqorida 
keltirilgan jadvaldan topish mumkin. 
Elektron orbitallarida (s, p
x
, p
y
, p
z
va shularga o'xshashlarda) elektronlar 
joylashish tartibini Pauli prinsipi, ularning qobiqchalarda joylashish tartibini 
Klechkovskiy qoidasi, har bir ko'p holatli pog'onachalar (p-, d- va f-
pog'onachalari nazarda tutiladi)ning o'zida joylashish tartibini Gund qoidasi 
asosida 
amalga 
oshirish kerak. 



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling