5-Mavzu: Atomda elektron qavatlarning tuzilishi Reja: Kvant sonlar Klechkovskiy qoidasi
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
5-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari: 1. Orbital kvant soni nimani ifodalaydi 2. Elektron orbital nima 3.
Gund qoidasi
Gund qoidasiga binoan atomda elektron spinlar yig'indisi maksimal qiymatga ega bo`lgan holatda atom energetik afzallikka ega bo 'ladi. Pog'onachalarning har bir orbitalida elektronlar toq holda joylashadi (yuqorida aytib o'tilgan yarim to'lgan holatlar hosil bo'lganiga qadar), keyingi joylashadigan elektronlar toq elektronlarni juftlashgan holatga keltiradi va ayni pog'onacha elektronlar bilan to'lib bo'lgandan keyin elektronlar Klechkovskiy qatoridagi keyingi pog'onachalarda joylasha boshlaydi. Sferik shaklli s- pog'onachalar boshqa turdagi orbitallarning energetik holatiga qaraganda afzalroq bo'ladi. Sferik orbitallar egallagan hajm tejamli bo'lishi natijasida (n+1) s-orbitallar nd-pog'onachalardan oldin elektronlar bilan to'lishini Klechkovskiy qoidasi asosida tushuntiriladi. Quyida Davriy sistemadagi 1—4-davr elementlarining asosiy holatlari uchun elektron konfigumtsiyalari va orbital diagrammalari keltirilgan. III.5-rasmda keltirilgan grafikdagi elektronlarning pog'onachalarda to'lib borish tartibi Klechkovskiy qoidasi ham ayrim elementlarning atom orbitallarida kuzatiladigan holatlarni aks ettirmaydi. Masalan, 24-element xromning elektron konfiguratsiyasi 1s 2 , 2s 2 , 2p 6 , 3s 2 , 3p 6 , 4s 2 , 3d 4 bo'lishi kerak edi. Bu atomning 3d-pog'onachasida 4 ta elektron toq holda bo'lib, unda 5 ta orbital yarim to'lishi uchun 1 ta elektron yetmaydi. Yarim yoki to'la to'lgan p- va d-orbitallar energetik jihatdan turg'un bo'ladi. Shu sababli 4s- elektronning bittasi 3d-pog'onachaga ko'chib o'tadi va valent pog'onaning elektron konfiguratsiyasi 4s 1 3d 5 va undagi toq elektronlar soni 6 ta bo'ladi, bu jihatdan Gund qoidasi ham bunday elektron tuzilish turg'unroq bo'lishini anglatadi. 4-davr elementlaridan yana biri —tartib raqami 29 bo'lgan mis elementi atomida 3d-pog'onachasi to'la to'lishi uchun bitta 4s-elektron 3d- pog'onachaga o'tadi va ... 4s 2 3d 9 o'rniga ... 4s l 3d 10 holat yuzaga kelib chiqadi. Davriy sistemada shunday vaziyatlar yana 8 ta d-element atomlarida kuzatiladi. Elementlarningvalentligininamoyonqilishdaboshgruppachaelementlaridab archatashqipog'ona(s- vap-pog'onachalar) elektronlariqatnashadi (2- davrningV—VIIgruppasidagielementlardantashqari) 2 davrelementlaridajuftelektrongaegabo'lgankonfiguratsiyalielementlardamaksima lvalentliktashqivalentqobig'idagiorbitallarsonidankattabo'laolmaydi (azotning 5 taelektronibo'lsahamuningkovalentligi 4 tatoqelektronorqaliamalgaoshadi, kislorodningengyuqorivalentligi 4 danortmaydi, tabiatdaftoratomidanelektrontortiboluvchielementyo'qekanligitufaylibuelementf aqatelektronqabulqilaoladi, uningvalentligifaqatbirgateng). Davriyjadvaldagioraliqd-elementlarvalentligins- va(n—1) d- pog'onachadagielektronlarihisobigayuzagakelibchiqadi. Agar d-pog'onachadagi elektronlar soni 10 ta vas- orbitaldagi elektronlari 2 ta bo'lsa (Zn, Cd va Hg lar), d-orbitallar valent holatni amalga oshirishda qatnashmaydi. Umuman olganda, ns- va (n-l) d-pog'onachalarda d 10 - va s 1 -bo'lgan holda ham d-orbitallar elektronlari valentlikni namoyon qilishda qatnashadi (Cu, Ag va Au elementlari bunga misol bo'la oladi). Nazorat savollari: 1. Orbital kvant soni nimani ifodalaydi? 2. Elektron orbital nima? 3. d-orbitalning shakli qanaqa? 4. Pauli prinsipi nima haqida gapiradi? 5. (n+l) qiymat ortib borishi haqidagi qoida kimniki? 5f dan keyin qaysi pog’ona to’ladi Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling