5-Mavzu: axborot va uning manbalari. Axborot
-navzu Axborotlashgan jamiyat
Download 124 Kb.
|
Mavzu axborot va uning manbalari-fayllar.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 70-mavzu Terrorchilarning internetdagi maqsadlari
143-navzu Axborotlashgan jamiyat
Axborotlashgan jamiyat termini Yaponiyada paydo bo’ldi . Mutaxassislar ushbu termin yuqori sifatli axborot mo’l-ko’l bo’lgan va uni saqlash, taqsimlash va foydalanish uchun barcha vositalarga ega bo’lgan jamiyatni ifodalaydi, deb e’tirof etadilar. Axborotlar manfaatdor kishilarga tez va oson hamda qulay shaklda etkazib beriladi.Axborot xizmatlari uchun narxlar shu darajada past bo’lishi kerakki, jamiyatning har bir a’zosi undan ehtiyojiga qarab foydalana ilsin. Arademik V.A. Izvozchikov axborotlashgan jamiyat xususiyatlarini ifoda etuvchi quyidagi ta’rifni taklif etgan: “Axborotlashgan jamiyat deb, jamiyatning barcha sohalari hamda a’zolari hayoti va faoliyatida kompyuter, telematika va boshqa vositalar aqliy mehnat qurollari sifatida ishlatiluvchi , kutubxonalardan foydalanish, katta tezlik va aniqlikda axborotlarni qayta ishlash, real va prognozlashtirilgan hodisalarni modellashtirish, , ishlab chiqarishni boshqarish, ta’limni avtomatlashtirish va boshqa vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega bo’lgan jamiyatga aytiladi. «Media» — lotincha «media» so‘zidan olingan bo‘lib, «vosita», «vositachi» yanada aniqrog‘i, «ommaviy axborot vositalari» degan ma’noni anglatadi. Media uzluksiz ta’lim jarayonini vizual materiallar bilan boyitishga, darsning sifatli o‘tilishi va o‘quvchi-talabalar tomonidan o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, modem, foto, video, kompyuter texnologiyalari, Internet bilan do‘stlashish, bilimlarni kengaytirish imkonini yaratadi. «Lekin media yaxshilik bilan bir qatorda, yovuzlikka ham xizmat qilishga qodir. Bugun «o‘rgimchak odam»ga havas qilib, o‘zini pastga otgan bolalar, reklamalarda berilayotgan barcha axborotlarga ishonuvchi shaxslar, yot g‘oyalarga ergashib ketayotgan kimsalar ham bor», — deydi jurnalist o‘z fikrining davomida. Bugungi axborot muhitini tushunishda mediasavodxonlik muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarda avvalo, OAV orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni saralash ko‘nikmalarini, turli axborotlarni qabul qilgandan keyin ham har qanday vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilish, axborot qayerdan, kim tomonidan va nima maqsadda uzatilyapti, o‘zida kimning manfaatlarini aks ettiryapti degan tushunchalarni shakllantirish lozim. 10-mavzu Yaqin o‘tmish tarixidan (1970-1990) Аmerika raketasi faqatgina EHM dasturida etti raqami o‘rniga bir raqami bo‘lgani uchungina berilgan kursidan chetlangan. Raketa yerdan boshqarish punktidan buyruq berish bo‘yicha portlatib yuborildi. Mars sayyorasi rayoniga uchib yetgan «Fobos» sovet fazoviy apparati keyingi vazifalarni bajarmadi: yuborilgan signalda atigi bir harf tushirib qoldirilgan edi, natijada yo‘l ko‘rsatish tizimi o‘chib qolishi sodir bo‘lgan. Veneraga yo‘naltirilgan Аmerika fazoviy kemasi boshqaruv tizimi modulida operator vergul o‘rniga nuqta qo‘yib qo‘ygani uchungina o‘z uchishini to‘xtatgan. 1988 yil oktabr oyida АQShning sharqiy va g‘arbiy qirg‘oqlaridagi kompyuter markazlari bir necha soatlar davomida shunday deb ataluvchi «virusli infektsiya» bilan «zararlandi». «Epidemiya» 6 mingdan ko‘proq kompyuterlar va 70 kompyuter tizimlarini qamrab oldi. «Viruslar» axborotlar kanallarini to‘ldirib tez tarqalib bordi. Bundan tashqari, «Virus dasturlari» maxfiy parollarni bilib olishga imkon berdi va shu tariqa kompyuter tizimlariga ulanish, harbiy ob’ektlarni boshqarishni ta’minlagan. Bu ishda jinoyatchi 23 yoshli Kaliforniya universitetining talabasi bo‘lib chiqdi, u qiziqqani uchungina o‘zi tuzgan «virusli dasturni» universitet kompyuter tizimiga kiritgan edi. Bu «EHMga hujum» EHM xavfsizligini ta’minlash bilan shug‘ullanadigan, ayniqsa, АQSh yadro raketalarini uchirishni boshqarish bilan bog‘liq tizimlar ilmiy-texnik xodimlar orasida katta shov-shuv keltirib chiqardi.Lekin 60-70 yillar davrida «oddiy» axborot quroliga «sun’iy intellekt» kirib keladi, axborot tizimlarni kompyuterni va mikrokompyuterni jihozlash sodir bo‘ladi. 69-mavzu Din nomi bilan ish yuritayotgan g‘arazli kimsalar yoshlarni o‘z tuzoqlariga ilintirishda internetdan ustalik bilan foydalanmoqda. O‘zlarini “yaqin do‘st” yoki “hidoyatga chorlovchi” sifatida tanitib, yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itmoqda. Hozirgi kunda Xitoyda 500 milliondan, Rossiyada 50 milliondan, O‘zbekistonda 10.2 milliondan ortiq internetdan foydanuvchi ro‘yxatga olingan. Endilikda ijobiy yoki salbiy mazmundagi axborotlarning global tarmoqqa chiqishi uchun bir soniya kifoya. Afsuski, ko‘p yoshlar Islom niqobi ostida olib borilayotgan buzg‘unchi harakatlarning qurboni bo‘lib, din dushmanlari quroliga aylanib qolmoqdalar. Ular nozik chegara chizig‘ini anglamay, shunday targ‘ibotlarga uchib, o‘z dini, dindoshlari, xalqi va o‘zi tug‘ilib o‘sgan Vataniga qarshi isyon qilishgacha borib yetmoqdalar. Buzg‘unchi oqimlar o‘z sahifalarida yoritilgan fikrlarni asoslash uchun, asosan, Ibn Taymiya, Abu A’lo Ma’dudiy, Muhammad ibn Abdulvahhob, Hasan al Banno, Sayyid Qutb, Muhammad Ilyos Kandehlaviy, Taqiyuddin Nabahoniy, Abdul Qadim Zallum, Said Nursiy, Fathulla Gulen kabi qo‘shtirnoq ichidagi ulamolarning manbalaridan iqtiboslar keltirishadi. Afg‘onistonda Tolibon harakati o‘z safiga yangi a’zolarni jalb etish, erishilgan “yutuqlar”ni ovoza qilish va zarur ma’lumotlarni e’lon qilish maqsadida 2011 yilning may oyidan boshlab dunyo bo‘ylab ommalashgan “Twitter” ijtimoiy tarmog‘idan foydalana boshlagan. Vaholanki, Tolibon harakati televizor, radio singari zamonaviy texnologiyalarni mutlaqo inkor etib, o‘z a’zolarini bulardan ehtiyot bo‘lishga qattiq buyurar edi. Hozir internetda tarqatilayotgan ma’lumotlarning rang-barangligi va ko‘pligidan ularning qay biri to‘g‘ri-yu, qay biri noto‘g‘ri ekanini ajratib olish mushkul. Islom dushmanlari musulmonlar o‘rtasida fitna chiqarish uchun internet – “o‘rgimchak to‘ri” dan juda ustalik bilan foydalanishmoqda. Birgina “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida turli tillarda bir qancha guruhlar ochib, soxta g‘oyalarini muntazam ravishda tarqatib, ko‘paytirib borishyapti. Terrorchilar o‘zlariga tegishli veb-sahifa va ijtimoiy tarmoqlarda “shahidlik”, “jihod”, “hijrat”, “takfir”, “xalifalik” kabi tushunchalarni buzib talqin qilish natijasida ayrim yoshlarni o‘zlarining tuzoqlariga ilintirishga muvaffaq bo‘lishayotgani achinarli hol, albatta. Shu o‘rinda mashhur olim, marhum Muhammad Said Ramazon Butiyning terrorchilar xususida aytgan quyidagi so‘zlarini keltirish lozim: “Ular bir vaqtning o‘zida biror aybi yo‘q musulmonlarni kechasi bo‘g‘izlab ketishni “shariat ruxsat bergan ish” deydilar. Ular oddiy yo‘lovchilar to‘la samolyotni ichidagi aybsiz insonlar bilan qo‘shib portlatib yuborishni ham “shariatda bor ish” deydilar. Har kim ko‘zlarini yumib, Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) bugun oramizda yuribdilar, deb hayol qilsin. Ul zot shunday razil ishlarga rozi bo‘lar edimi?” Muqaddas islom dinida begunoh inson qonini to‘kish buzg‘unchilikning eng ulkan ko‘rinishi hisoblanadi. Islom dini hatto chumoliga ozor berishdan ham qaytaradi. Bunday vahshiylikni qilayotganlar dinga e’tiqod qilgani haqida qancha lof urmasin, qilgan yovuzliklari bu da’volari soxta ekanini fosh etmoqda. 153-MAVZU 1.Internet tarmoqlarining vujudga kelishi va maqsadi. Javob: Internet (lotincha: inter – aro va net – tarmoq) – standart minimal internet protokoli (I) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta, chat hamda oʻzaro bogʻlangan sahifalar va boshqa Butunjahon oʻrgimchak toʻri servislaridan tashkil topadi. 42-mavzu AXBOROT SOHASIDA GLOBALLASHUV. Globallashuv jarayonining kelib chiqishi va unda OAVning roli to‘g‘risida gapirishdan oldin “globallashuv” terminiga izoh bersak. “Globalizatsiya” — “gloub” (inglizchadan “globe”, ya’ni yer shari), “global” (“global”, ya’ni butun dunyoga tegishli) va “globallashuv” (“globalize”, ya’ni butun dunyoga tarqalishi) so‘zlaridan kelib chiqqan.Globallashuv jarayoni 1990 yillar o‘rtalarida asrning buyuk kashfiyoti internet paydo bo‘lgach, yanada murakkab tabiatga ega bo‘ldi. Moskvaning globallashuv muammolari instituti chop etgan “Globallashuv amaliyoti. Yangi asr o‘yin qoidalari” to‘plamida (2000 yil. 16-bet) globallashuv jarayoni axborot inqilobi, ayniqsa, internetning rivojlanishi hamda moliyaviy bozorlarning integratsiyalashuvi bilan uzviy bog‘liq ekani yoziladi. 70-mavzu Terrorchilarning internetdagi maqsadlari Terrorchilarning internetdagi maqsadlari quyidagilardan iborat: – targ‘ibot va tashviqot maqsadida ma’lumot tarqatish; – tarmoq va shahobchalarni tashkil etish; – a’zolik va xayriya badallarini yig‘ish hamda ulardan foydalanish; – ytangi a’zolarni yollash; – terrorchilarni o‘qitish va ko‘rsatmalar berish; – yangi terrorchilik harakatlarini rejalashtirish va boshqarish. Mazkur imkoniyatlar terrorchi tashkilotlarning internetdagi faoliyatlarini kuchaytirishlariga sabab bo‘lmoqda. Terrorchilarning internetda targ‘ibot olib boorish uslublari: Ma’lumotlarga ko‘ra, “IShID”, “al-Qoida” kabi yirik terrorchi tashkilotlar o‘z targ‘ibotining 90 foizini internet tarmog‘i orqali amalga oshirmoqda. Bunda ular asosan 3 xil uslubdan foydalanishmoqda: 1. O‘z g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi saytlar ochish; 2. Ijtimoiy tarmoqlarda (facebook.com, odnoklassniki.ru, twitter.com, instagram.com, vkontakte. ru) barcha tillarda diniy sahifalar, guruhlar tashkil qilish; 3. Mobil messenjerlarda (Telegram, WhatsApp, Viber, IMO) o‘ziga jalb qiladigan diniy nomlardagi guruhlar, botlar, kanallar tuzish. Mazkur saytlar, sahifalar (profillar), guruhlar (gruppalar), botlar va kanallarga jozibali diniy nomlar berilib, bir qarashda ularning ekstremistik oqimlarga oid ekanini payqash qiyin. 146-mavzu "Ijtimoiy tarmoq" tushunchasi 1954 yilda paydo bo'lganini va, albatta, Internetga hech qanday aloqasi yo'qligini hamma ham bilmaydi va ular bu hodisani o'tgan asrning 30-yillarida o'rganishni boshladilar. Kontseptsiyani sotsiolog Jeyms Barns kiritgan: “ijtimoiy tarmoq” - bu ijtimoiy ob‟ektlar (odamlar yoki tashkilotlar) va ular o„rtasidagi aloqalar (ijtimoiy munosabatlar) bo„lgan tugunlar guruhidan iborat ijtimoiy tuzilma (batafsil Vikipediyada). Oddiyroq qilib aytganda, bu tanish odamlarning ma'lum bir guruhi bo'lib, bu erda odamning o'zi markaz, uning do'stlari esa shoxlardir. Tarmoqning barcha a'zolari o'rtasida ikki tomonlama yoki bir tomonlama aloqalar mavjud. Misol uchun, bu ma'lum bir Jek markaz bo'lgan va Bill va Ketrin uning tanishlari (filiallari) bo'lgan talabalar guruhi bo'lishi mumkin. Asta-sekin ilmiy kontseptsiya avval rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda, keyin Sharqiy Yevropada mashhurlikka erishdi. Jamiyat rivojlanishi bilan biz axborot asriga keldik, bu davrda biz ko'plab aloqa turlarini yaratdik, bu ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanishida sakrashga olib keldi va hozir bu ilmiy tushuncha hamma joyda qo'llaniladi. Men faqat Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirishga e'tibor qarataman. 1991-yilda ingliz olimi Tim Berners-Li tufayli ommabop bo'lgan Internet ixtirosi muhim voqea bo'ldi. 1995 yilda Rendi Konrad zamonaviy ma'noda birinchi ijtimoiy tarmoq bo'lgan Classmates.com ni yaratdi. Kontseptsiya katta talabga ega bo'lib chiqdi va bu yil Internetda ijtimoiy tarmoqlarning jadal rivojlanishi boshlandi. Bugungi kunda ushbu tarmoq hali ham dunyodagi eng mashhurlaridan biri bo'lib, 50 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega. Download 124 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling