5-mavzu: Axloqiy ta'limotlar tarixi. Axloqiy qadriyatlar va din


Turkiston jadidchilik harakatining vujudga kelishi va uning milliy – ozodlik mafkurasigi aylanishi


Download 121 Kb.
bet4/5
Sana25.11.2021
Hajmi121 Kb.
#177078
1   2   3   4   5
Bog'liq
Маъруза матни 5-мавзу.

Turkiston jadidchilik harakatining vujudga kelishi va uning milliy – ozodlik mafkurasigi aylanishi.

Turkistonda jadidchilik, ma’rifatchilik harakati o’zining O’rta va Yaqin Sharqdagi, Qrim, Qozon, Ufa va Ozarbayjondagi qardoshlari Said Ahmadxon, Jamoliddin Afg’oniy, Butrus al- Bustoniy, Jo’rji Zaydon, Muhammad Abdu, Muhammad Kavokibiy, Javod Husayinzoda, Imom Rizouddin ibn Fahriddin, Shayx Muso Jorulloh, G’aspirali Ismoilbey va boshqalarning diniy- islohchilik, marifatchilik g’oyalari va harakatlari ta’sirida chuqur sifatiy o’zgarishlarga uchradi. Oqibatda, Chor Rossiyasining o’zida turkiymusulmon xalqlarining uyushishi g’oyasini ilgari surgan G’aspirali Ismoilbey ta’sis etgan «Tarjumon» gazetasi platformasida turgan, ancha- muncha siyosiy ta’sirga ega bo’lgan milliy- ozodlik harakati, uning ma’rifatchilik mafkurasi- jadidchilik vujudga keldi.

Turkiston xalqining boy ijtimoiy – falsafiy, diniy-axloqiy, madaniy taraqqiyotida XIX asrning birinchi choragidagi davr o’zining nihoyatda sermazmun va inqilobiy suronliligi, g’oyaviy-nazariy va mafkuraviy harakat shakllarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bu holat ijtimoiy taraqqiyotning o’ziga xos yo’nalishi edi. Turkiston XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya tomonidan bosib olindi va mustamlakaga aylantirildi. Bu mustamlakachilik mohiyatini Turkiston o’lkasi general gubernatorlaridan biri A.N.Kuropatkinning o’z kundaliklarida qayd etganidek: «Biz Turkiston xalqlarini yarim asr mobaynida jahon madaniyati va tsivilizatsiyasidan chetda tutib turdik» qabilidagi so’zlari yaqqol anglatadi. Ayni chog’da Turkiston xalqlari Chor Rossiyasining mustamlaka zulmidan qutulish, milliy davlatchilikni ko’rish, o’z milliy iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotiga yo’l ochishga qat‘iy kirishgandilar. Bu jarayonlarning yetakchi kuchi-milliy savdo-sanoat burjuaziyasi hisoblanib, u juda katta qiyinchiliklar bilan bo’lsada, xalqimizning tub iqtisodiy-siyosiy va ma‘naviy–axloqiy manfaatlarini himoya qiladigan nazariy asos-jadidlar ma‘rifatchiligini shakllantirib, uni har tomonlama qo’llab-quvvatlamoqda edi. Shu ijobiy ta‘sir asta-sekinlik bilan Turkistonda yangi Uyg’onish davrini boshlab berdi. Maxalliy ziyoliliar orasida o’z xalqini ozod ko’rishga va jahonning boshqa millatlari bilan tenglasha oladigan darajaga olib chiqishga intilish natijasida bu Uyg’onish Ovrupa ma‘rifatchiligiga nisbatan juda shiddatkor hamda miqyosli bo’ldi. Shuningdek, O’rta asrlar o’rtaga tashlagan ma‘rifatparvarlik g’oyalari uchun ham endilikda amaliy shakllarda yangicha ma‘rifatparvarlik tarzida namoyon bo’lish imkoniyati yaratildi. Ilg”or g’oyalarni yangilangan shakllarda amalga oshira oladigan ziyolilar vujudga kelgan edi. Bo’lar keyinchalik jadidlar deb atala boshlandi.

Jadid – (arabcha-yangi), yangilanish, yangi zamonaviy maktab, matbaa, milliy tarraqqiyot usullari, yo’llari, tarafdorlarining umumiy nomi hisoblanadi.

Jadidchilik XIX asr oxiri va XX asrning birinchi choragida turkiy-musulmon o’lkalari (Qrim, Kavkaz, Volga bo’yi – Bulgor va Janubiy Ural havzasi, Turkiston) da shakllanib kelayotgan milliy burjuaziya muhitidagi vujudga kelgan. U o’sha davrda Turkistonda milliy mafkura vazifasini bajardi.

Jadidchilikning asosiy g’oya va maqsadlari Turkistonni o’rta asrchilik, feodal qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish, «Usuli qadim» ni inkor etgan holda o’lkani, xalqni, millatni zamonaviy taraqqiy yo’lga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish, konstitutsion, parlament va prezident idora usulidagi ozod va farovon jamiyat ko’rish, turkiy tillarga davlat tili makomini berish, milliy pul birligi, milliy qo’shin tuzish rus taraqqiyparvarlari, ma‘rifatchilarining Turkiston o’lkasida ma‘rifatparvarlik g’oyalarini tarqatish uchun imkoniyatlar yaratish edi. Demak, Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelishi asta-sekin bo’lsada milliy ozodlik mafkurasiga asoslanib bordi. Bu jarayon o’lkadagi mahalliy xalqning ongiga o’z ta‘sirini o’tkaza boshladi. Natijada ular Turkistonda mustaqillik, milliy taraqqiyot uchun, xalqning manfaatlari uchun kurash olib borishga milliy – ozodlik harakati uchun zamin tayyorlashga muvaffaq bo’ldilar. Yerli xalqlar orasida mustamlakachilikka qarshi ma‘rifatchilik g’oyalari tarqala boshladi, yangi ta‘lim-tarbiya shahobchalari, yangi maktab, maorif, madaniy targ’ibot, jadidchilik harakati rivoj topdi. Mana shunday sharoitda Turkistonda ko’plab ma‘rifatchilar yetishib chiqdi.

Xulosa. Qadimgi dunyo axloqshunoligi, o’rta asrlar mutafikkirlarining axloqiy ta‘limotlari ijtimoiy hayot, ijtimoiy taraqqiyotida muhim rol o’ynaydi. Talaba – yoshlar ta‘lim-tarbiya jarayonida tarixga murojaat qilib, undan tanqidiy foydalanib hayotga tadbiq qilish zarurligini esdan chiqarmasliklari kerak. O’tmish tarixidan ijobiy foydalanish , undan to’g’ri xulosalar chiqarish talab etiladi.


Download 121 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling