5-MAVZU: BILISH NAZARIYASI
TОSHKЕNT TO'QIMАCHILIK
VА YENGIL SАNОАT INSTITUTI
«FАLSАFА» FАNI
Reja:
1. Bilish - gnoseologiyaning asosiy kategoriyasi.
2. Bilish bosqichlari.
3. Falsafada ong va ruxiyat muammosi. 4. Ong va in'ikos. Ijtimoiy ong shakllari. 5. Haqiqat tushunchasi va uning shakllari.
Ong psixik inikosning o`ziga xos, yuksak shaklidir. - Ong psixik inikosning o`ziga xos, yuksak shaklidir.
- Ammo, bu psixika va ong tushunchalarini aynanlashtirish uchun asos bo`la olmaydi.
- Gap inson psixikasi haqida ketganda ham, u ong tushunchasiga nisbatan keng qamrovlilik kasb etishini unutmaslik lozim.
- Z.Freyd fikricha, psixika ongsizlik, ong osti hodisalarini va ongning o`zidan iborat uch qatlamda tashkil topgan.
- Inson hayoti, faoliyatida ong bilan bir qatorda ongsizlik va ong osti hodisalari ham muhim ahamiyatga ega.
Falsafada ong va ruxiyat muammosi ONG & RUHIYAT - Psixologlar fikricha, inson farzandining kamol topa borishi bilan bir qatorda ko`plab funksiyalar ong nazorati ostidan chiqib avotomatik harakter kasb etishi bilan harakterlanadi.
- Biron bir narsaga birinchi marta qo`l urganimizda bizda barcha harakatlarimiz ongning qattiq nazorati ostida bo`ladi.
- Vaqt o`tishi bilan esa ko`pgina harakatlarni ongsiz tarzda, anglamagan holda bajara boshlaymiz. Bunday holat inson faoliyatining xilma- xil sohalari, yo`nalishlarida, ularga ongning faol tarzda aralashishini, ya`ni qayta faoliyatini o`z nazoratiga olishi mumkinligini inkor etmaydi.
- Hatti- harakatlarning ongsizlik sohasiga ko`chishi, bir tomondan, ong “yuki”ning yengillashuviga xizmat qilsa, boshqa tomondan, ongning asosiy kuchi, quvvati, “diqqatni” inson, hayoti uchun muhim bo`lgan harakat, jarayonlariga qaratilishiga imkoniyat yaratadi.
ONG & RUHIYAT - Ongsizlik doirasiga ong nazoratidan tashqarida qolgan sezgi, tasavvur, instinkt va intuitsiya kabi hodisalar ham kiradi.
- Ongsizlik ong mavjudligi va rivojlanishining tabiiy sharti deyish mumkin.
- Ong osti hodisalari ham psixik jarayonlarning muhim bo`g`inidir.
- Z. Freyd fikricha, ular ongsizlik bilan ong o`rtasidagi chegaraviy sohadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |