8-ma’ruza. Mavzu: elektr o‘lchov asoslari reja O‘lchov haqida umumiy tushunchalar


Download 0.83 Mb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1493746
  1   2   3
Bog'liq
8-ma\'ruza (2)

8-MA’RUZA. MAVZU: ELEKTR O‘LCHOV ASOSLARI

Reja

1.O‘lchov haqida umumiy tushunchalar.

2.Etalonlar, o‘lchov turlari va vositalari.

3.Elektr o‘lchov qurilmalari.

Umumiy tushuncha

Hayotimizda, tabiatda, koinotda bizni o‘rab turgan butun borliq chekli o‘lchovlarga ega. Fazoning, vaqtning o‘lchovlari mavjud. Koinotdagi galaktikalar, yulduzlar va planetalarning ham fazo va vaqt hisobidagi o‘lchamlari mavjud. Biror jism haqida gap ketganda albatta uning o‘lchamlarini hisobga olamiz. Cheksiz katta o‘lchamli jismni tasavvur ham etib bo‘lmaydi (koinot cheksiz, shuning uchun koinot haqida to‘la tushuncha ham mavjud emas).

Oddiy kundalik hayotimizda ham, biz o‘z xoxshimizdan tashqarida bo‘lgan o‘lchamlar bilan ish ko‘rishga, ularni o‘lchashga majburmiz. Inson hayotining o‘zi ham o‘lchamli va biz undan samarali foydalanishga urinamiz, vaqtni o‘lchaymiz, rejalashtiramiz, tejaymiz. O‘zaro munosabatlarimizda, kundalik turmushda, tabiat va jamiyat qonunlarini o‘rganishda, fan va texnikada, ishlab chiqarishda o‘lchovlar bilan ish ko‘ramiz. Qisqacha qilib aytganda butun hayotiy faoliyatimiz va o‘zaro munosabatlarimiz davomida biz turli ko‘rinishdagi o‘lchovlarni bajaramiz va ularning natijalari asosida ish yuritamiz.

Hayotimizning tarkibiy qismlariga aylangan kundalik o‘lchov jarayonlari

Ayniqsa, fan va texnikani, ishlab chiqarishni o‘lchovlarsiz tasavvur etish qiyin. Bugungi texnik taraqiyotning rivojlanish darajasi ham aslida o‘lchovlarni (vaqt, massa va masofani o‘lchashni) qay darajada aniq bajara olishimiz bilan baholanadi.

1. O‘lchov haqida umumiy tushunchalar

Har qanday o‘lchash, aslida o‘lchanayotgan kattalikni bizga ma’lum bo‘lgan boshqa biror kattalikka aylantirib yoki unga solishtirib baholashdir. Shu ma’noda o‘lchashga quyidagicha ta’rif berish o‘rinli. Biror fizik kattalikni bevosita yoki bilvosita usullar bilan tajriba asosida aniqlash o‘lchash deb ataladi. O‘lchash natijalari esa shu kattalik uchun o‘lchov birligi deb qabul qilingan birliklarda ifodalanadi.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling