8-ma’ruza. Mavzu: elektr o‘lchov asoslari reja O‘lchov haqida umumiy tushunchalar


Download 0.83 Mb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1493746
1   2   3
Bog'liq
8-ma\'ruza (2)

O‘lchovlarni bajarishda (demak tajriba o‘tkazishda) albatta ma’lum jixozlar, ya’ni o‘lchov vositalari zarur bo‘ladi. O‘lchov vositalari etalonlar va o‘lchov asboblariga bo‘linadi. Biror fizik kattalikni o‘lchash uchun uni etalon namuna bilan solishtirib (taqqoslab) ko‘riladi, masalan massani o‘lchashda tortilayotgan buyum tarozi toshlari bilan solishtirib o‘lchanadi, yoki masofani o‘lchashda uni chizg‘ich bilan taqqoslaymiz.

Massani solishtirib Uzunlikni solishtirib Temperaturani bevosita o‘lchash o‘lchash o‘lchash

Har qanday o‘lchov jarayoni bu tajriba o‘tkazishdir.

Shuningdek, o‘lchash tegishli o‘lchov asboblari yordamida bevosita yoki bilvosita amalga oshirilishi mumkin. Bilvosita o‘lchashda o‘lchanayotgan kattalikning boshqa biror fizikaviy kattalik orqali bog‘lanishlaridan foydalaniladi. Masalan qarshilikni o‘lchash uchun kuchlanish va tok kuchini o‘lchab Om qonuni orqali qarshilikni hisoblab topish mumkin. Bevosita o‘lchovda esa o‘lchov asbobi o‘lchanayotgan kattalikni uning o‘z o‘lchov birliklarida bevosita ko‘rsatib beradi (raqamli tarozilar, voltmetrlar, ampermetrlar va xokazo).

O‘lchov xatoliklari. Xar qanday o‘lchov ma’lum xatoliklarga ega bo‘lib bu xatoliklarni baholashda absolyut va nisbiy xatolik tushunchasi qo‘llaniladi. Absolyut xatolik deb o‘lchov natijasida olingan kattalik- X bilan uning xaqiqiy qiymati orasidagi absolyut farqqa aytiladi

Bu absolyut xatolikning o‘lchanayotgan kattalikka nisbati nisbiy xatolik deyiladi

O‘lchov qurilmalariga nisbatan asosiy talablar

O‘lchov qurilmalarini ishlab chiqarish boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga qaraganda bir muncha katta javobgarlikka ega va shuning uchun ularni ishlab chiqarishni me’yorlashtirish alohida talablar asosida nazorat qilinadi. Shu nuqtai-nazardan o‘lchov qurilmalari quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:

-o‘lchov jarayoni, yoki o‘lchov qurilmasidan foydalanish maxsulot sifatiga, yoki texnologik jarayonga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak;


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling