1 – amaliy mashg`ulot mavzu: Algoritmlar. Kundalik hayotimizda algoritmlarni qo`llash Mashg’ulotning maqsadi
Download 137 Kb.
|
1amaliy mashgulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Algoritm
- Algoritmlar uchta turga bo‘linadi
1 – AMALIY MASHG`ULOT Mavzu: Algoritmlar. Kundalik hayotimizda algoritmlarni qo`llash Mashg’ulotning maqsadi: Algoritmning xossalari, berilish usullari, turlarini o`zlashtirish, rasmiylashtirish. Kundalik hayotimizda algoritmlarni qo`llashni organish. Algoritm – qo‘yilgan masalani yechimga olib keluvchi amallarning mantiqiy ketma-ketligidir. Algoritm berilish usullari:matn, jadval, grafik, blok-sxema, dastur ko`rinishida bo`lishi mumlin. Algoritm xossalari: 1. Cheklilik. Algoritm chekli sondagi qadamlardan iborat bo‘lishi lozim. Shuningdek bu xossa vaqtga ham tegishli. Ya’ni, dastur ma’lum vaqt davomida bajarilishi lozim. 2. Aniqlik. Algoritmning har bir qadami biror amalni aniqlashi lozim, ya’ni qadam maqsadsiz bo‘lmasligi lozim. 3. Uzluksizlik. Algoritm bo‘laklarga ajratilgan va bu bo‘laklar uzluksiz bog‘langan bo‘lishi lozim. 4. Ommaviylik. Tuzilgan algoritm bir turdagi masalalarning barchasi uchun o‘rinli bo‘lishi lozim. 5. Natijaviylik. Algoritmning chekli qadamlaridan so‘ng albatta natijaga erishilishi lozim. Algoritmlar uchta turga bo‘linadi: chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi(siklik) algoritmlar. Chiziqli algoritmlar deb undagi har bir amallarning hech qanday shart va takrorlanishlarsiz bajariladigan turiga aytiladi. Tarmoqlanuvchi algoritmlar deb berilgan masalada ba’zi amallarning ma’lum bir shartlar asosida bajarilish jarayoni qatnashgan algoritmlarga aytiladi. Takrorlanuvchi algoritmlar biror-bir shart bajarilguncha yoki biron parametrning har xil qiymatlari asosida chekli ravishda takrorlanishlar yuz beradigan jarayonlar algoritmlaridir. Algoritmlarni kundalik hayotimizda uchraydigan masalalar uchun tuzganda ular yuqoridagi algoritm xossalariga va algoritm turlariga tayanishi zarur. Qoyilgan masalaning sharti, mazmuniga qarab uning turi tanlanadi, ya`ni chiziqli, tarmoqlanuvchi, takrorlanuvchi. Agar kundalik bajariladigan vazifalar uchun algoritm tuzish za`rurati bo`lsa bunday jarayonlarga chiziqli algoritmlarni tuzish qoidalari qo`llaniladi. Chiziqli, tarmoqlanuvchi, takrorlanuvchi jarayonlarga oid masalalarni ishlab chiqarish, iqtisodiyot, matematik, nazariy mexanika, biologik, mutaxasislik sohadagi masalalarini yechishda ko’p uchratish mumkin. Download 137 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling