5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari Reja


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana31.10.2020
Hajmi0.89 Mb.
#138948
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-mavzu lotin


Evristika. Evristika yunoncha heurisko–topaman, kashf etaman, degan so’zdan 

kelib  chiqadi.  «Evristika»  atamasining  qo’llanilishi  qadimgi  yunon  olimi 

aleksandriyalik  Papp  (miloddan  avvalgi  III  asr)  nomi  bilan  bog’lanadi.  Bu  nuqtai 

nazardan  evristika  matematika  masalalarini  yechishni  o’rganishni  istaganlarga 

mo’ljallangan  qoidalarning  maxsus  to’plami  sifatida  namoyon  bo’ladi.  «Mahorat 

                                                           

2

 Гейзенберг В. Физика и философия. Часть и целое.–М., 1989. -С. 85.  



44 

 

sirlari»  hamisha  qat’iy  sir  tutilgan  va  tavsiflanmagan.  Evristikani  kashfiyotlar 



to’g’risidagi fan sifatida tavsiflash barcha zamonlarda ham juda murakkab vazifa 

hisoblangan.  G.  Leybnisning  «Kashfiyot  san’ati»  g’oyasi  amalga  oshmadi.  B. 

Spinoza to’g’ri metod oqilona tanlashni ta’minlashi, noma’lumni bilish qoidalariga 

ega bo’lishi, foydasiz imkoniyatlarni chetlatish tartibini belgilashi lozimligini qayd 

etgan  bo’lsa-da,  buni  asoslovchi  nazariyani  yaratmadi.  Muayyan  ilmiy  bilimdan 

haydaladigan  barcha  ikkilamchi,  noaniq  metodologik  qoidalar  evristika  sohasini 

to’ldiradi.  Barcha  mumkin  bo’lgan  hollarda  evristikadan  bilim  mazmunini 

kengaytirish,  ilgari  ma’lum  bo’lmagan  yangilikni  yaratish  kutiladi.  Ko’pincha 

«evristika»  tushunchasini  tafakkurga  bog’lab,  «evristik  tafakkur»  tarzida 

qo’llaniladi.  Aytish  mumkinki,  bunday  hollarning  barchasida  tafakkurning 

yaratuvchi  funksiyasi  to’g’risida  so’z  yuritiladi.  G’arb  falsafasida  evristik 

tafakkurni tushuntirishga harakat qiluvchi nazariyalarning uch turkumi farqlanadi: 

«tinch oqar suv» yoki o’rtacha hisobga keltirilgan mehnat nazariyasi; bliskrig yoki 

insayt nazariyasi; yaxshi qopqon yoki oqilona metodologik qoida nazariyasi. 

Evristika  metodologiyaning  bo’limi  sifatida  hali  rasman  e’tirof  etilgani  yo’q. 

Ammo, o’z-o’zidan ayonki, ilmiy bilimning har bir sohasida u eng tez, samarali va 

o’ziga  xos  yechim  topishning  strategiyasi  hisoblanadi,  evristik  usul  va  qoidalar 

noan’anaviy  yo’llarni  izlash,  ulardan  foydalanishga  turtki  beradi.  Evristika 

fanlararo  xususiyatga  egaligi  mazkur  sohaning  o’ziga  xos  belgisidir.  Ammo 

evristik  xususiyat  fan  ichidagi  bilimda  ham  mavjud.  Evristik  sezgi  ilmiy 

izlanishning  deyarli  har  bir  qadamiga  hamroh  bo’ladi.  Reduksiya,  metodlarini 

o’zlashtirish,  gumanitar  va  texnika  fanlarining  usullarini  birlashtirish,  muayyan 

ilmiy  ishlovlarni  amalga  tatbiq  etishni  tanlash,  hal  qiluvchi  eksperimentning  o’zi 

ma’lum  darajada  evristik  farazlarga  asoslanadi.  Evristika  ilmiy  va  noilmiy  bilim, 

oqilonalik  va  nooqilonalik  o’rtasida  bog’lovchi  bo’g’in  bo’lib  xizmat  qiladi.  U 

xulq-atvor  taktikasini  tanlashga  va  rivojlanish  jarayonida  to’g’ri  yo’l  topishga 

ko’maklashadi.  Ilmiy  tavakkal  mezoni  sifatida  evristiklik  ilmiy  bilimni 

rivojlantirishning  tarkibiy  qismi  sifatida  hamisha  olqishlangan,  dunyoning 

postnoklassik  manzarasida  esa  nazariyaning  evristiklik  xususiyati  bilim  berish 

jarayonini  o’zgartirish,  uni  ijodiy,  muammoli,  o’yin  tarzida  o’tkazish  imkonini 

beradigan ilmiy bilim mezoni darajasiga ko’tarildi.  

Evristika  sirlariga  yaqinlashishga  bo’lgan  eng  so’nggi  urinishlardan  A.F. 

Osbornning  «miyaga  hujumi»ni  qayd  etish  mumkin.  Unda  kashfiyotchilikning 

o’rindoshlik,  o’tkazish,  birlashtirish  va  ajratish  bilan  bog’liq  an’anaviy  usullari 

bilan  bir  qatorda,  xayolni  rag’batlantiruvchi  usullar:  tig’iz  muddatlar  tizimi, 

muammoni  tanqidsiz  vaziyatda  erkin  muhokama  qilish,  tortishuvlik  muhitini 

yaratish,  shuningdek  hazil  taxminlar  qilish  qayd  etiladi.  Ammo,  evristika 

yo’nalishining vakili D. Poyya ilgari surgan ijodning (yoki muammolarni samarali 



45 

 

hal  qilishning)  muqarrar  tarzda  amal  qiladigan  qoidalarini  ishlab  chiqish  amalga 



oshirib  bo’lmaydigan  vazifa,  degan  g’oyasi  yanada  an’anaviyroq  hisoblanadi. 

Darhaqiqat, evristika o’ziga xos metodologiya, ya’ni ijodiy faoliyat metodlarining 

majmui sifatida ma’lum talablar qo’yadi: 

–  u  oddiy  tanlash  usullariga  emas,  balki  muammoni  hal  qilish  vaqtini 

qisqartirish imkonini beradigan usullarga tayanadi;  

– qo’llaniluvchi usullar an’anaviy qabul qilingan va eskirgan usullardan jiddiy 

farq qilishi mumkin;  

–  usullardan  foydalanishga  tadqiqot  ko’rsatkichlariga  qo’yiladigan  tashqi 

cheklashlar qarshilik ko’rsatadi;  

–  izlanish  modellari  jiddiy  darajada  individuallashtirilgan  bo’lib,  bilish 

subyektining ruhiy va motivasion faoliyati bilan chambarchas bog’liq. 

Tayanch tushunchalar: 

Ijtimoiy bilish, gnoseologiya, epistemologiya, bilish nazariyasi, shaxsiy bilim, 

falsafiy  bilim,  mifologik  bilim,  diniy  bilim,  obyekt,  subyekt,  bilish,  agnostisizm, 

skeptisizm.  Bilish  tarixi,  bilish  subyekti  va  obyekti,  bilish  faoliyati,  bilish 

faoliyatining turlari, bilishning ijtimoiy tabiati, bilishdagi qarama-qarshiliklar.  

 

Nazorat  savollari. 

1. Gnoseologiyaning asosiy muammosini ayting. 

2. Gnoseologiyaning epistemologiyadan farqi nimada? 

3. Bilishning mohiyati nimadan iborat? 

4. Falsafiy bilimning boshqa bilim turlaridan farqi nimada? 

5. Ilmiy bilishning o’ziga xos xususiyatlarini ayting.  

6. Bilishning mohiyati nimada? 

7. Bilish jarayonida qarama-qarshilik mavjudmi? 

8. Bilishda subyektning o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsating.  

9. Bilishda obyekt qanday o’ziga xos xususiyatlarga ega? 



 

 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling