5-MAVZU: Bolalarni diologik nutqqa o‘rgatishning samarador usullari. REJA: 1. Dialogik nutq haqida tushuncha. 2. Dialogik nutqda munosabatlarni ifodalash usullari . 3. Dialogik nutq jarayonida til vositalari qo`llanishining o`ziga xos xususiyatlari. - Bolalarni diologik nutqqa o‘rgatishning samarador usullari
- Dialog – suhbat – bolaning kattalar va о`z tengdoshlari bilan muloqotining asosiy shakli hisoblanadi.Bolalar bog`chasida о`qitish ikki shaklda amalga oshiriladi: a) erkin nutqiy muloqotda; b) maxsus mashg`ulotlarda.Dialog kо`proq erkin nutqiy muloqotda paydo bо`ladi va u bolalar lug`atini boyitishning talaffuzga oid grammatik kо`nikmalarini tabiiy ravishda rivojlantirish bazasi, ravon nutq kо`nikmalariga ega bо`lish bazasi hisoblanadi.Dialog maxsus mashg`ulotlarda о`qitiladi (oyiga 1-2 ta mashg`ulot); Bolalar bog`chasida bо`lib turgan vaqti mobaynida bola erkin muloqotda pedagog va boshqa bolalar bilan muloqotga kirishadi. Uyda esa kattalar bola turli mavzularda dialogga kirishishlari lozim.
- Dialogik nutqni (yoki og`zaki nutqni) о`rgatish odatda suhbat shaklida, ya’ni kattalar bilan bola о`rtasida hamda bolalarning о`zlari о`rtasida fikr almashish shaklida
- Dialogik nutqni (yoki og‘zaki nutqni) o‘rgatish odatda suhbat shaklida, ya’ni kattalar bilan bola o‘rtasida hamda bolalarning o‘zlari o‘rtasida fikr almashish shaklida ro‘y beradi. agarda maktabda suhbat bilimlarni yetkazish vositasi sifatida qo‘llanilsa, suhbat jarayonida bolalar nutqini boyitishda qo‘shimcha ijobiy hodisa ko‘rinishida qabul qilinadi, maktabgacha ta’lim muassasasida ham suhbat aynan nutqni rivojlantirish uchun o‘tkaziladi. biroq, nutq albatta borliq hodisasini aks ettirishi, kodlashtirishi bois maktabgacha ta’lim muassasasidagi suhbat xuddi maktabdagi kabi bilim beradi. suhbatlar mavzusi va mazmuni bolalarning yosh xususiyatlari hamda ularning nutqiy rivojlanish darajasini hisobga olgan holda ―ilk qadam‖ tayanch dasturi bilan belgilanadi.

- Ma’lum voqelik haqida tasavvur (ma’lumot) beradigan bir yoki bir necha sintaktik birliklardan tashkil topgan nutqiy butunlik matn hisoblanadi.
- Matn og‘zaki yoki yozma nutqqa xos bo‘lishidan qat’iy nazar, ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: dialogik va monologik. Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr axborot almashinuvidan iborat.
- Ikki kishi o‘rtasidagi dialogik nutq savol-javob, buyruq-javob, xabar-e’tiroz kabi mazmunlarda bo‘lib, fikr xususidagi tasdiq yoki inkorni, ziddiyat yoki munozarani ifodalaydi. Ko‘p kishilik dialoglarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat bo‘lmay, o‘rtaga tashlangan savol, taklif, da’vat biror xabar, dalillar bilan xulosalanadi.
- Dialogik matn tarkibida so‘roq olmoshlari, muomala odobiga oid so‘z va iboralar, yuklamalar, undovlar, kirish so‘zlar keng qo‘llanadi. Bunday matndagi gaplar, asosan, sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibli turlari, to‘liqsiz gaplar, so‘z-gaplar faol ishlatiladi.
- Dialogik matn so‘zlashuv uslubi va badiiy uslubga xosdir. Dialogik va monologik nutqlar insonning muloqot shakllari hisoblanadi. Inson nutqi ko‘rinishiari sifatida dialogik nutq ham, monologik nutq ham nutqning shakllanishidagi umumiy qoidalarga hamda insonlar o‘rtasida amalda bo‘lgan muomala etikasi va tamoyillariga bo‘ysunadi. Ayni paytda, ularning har biri shakllanishdagi til xususiyatlari va tildan tashqarida bo‘lgan omillarga munosabati bilan bir-biridan farqlanadi.

- Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, garchi dialogik nutq til nuqtai nazaridan gap shakllarining to‘liq bo‘lmasligi, so‘zlarning tushib qolishi yoki qisqarishi, inversiyaga uchrashi bilan boshqa nutq shakllaridan ajralib tursada, bu o‘rinda ham muloqotning umumiy qoidasi va etikasini saqlab qolishga harakat qilinadi.
- Matnlardagi dialogik nutqlarni ko‘zdan kechirish yana shundan dalolat beradiki, ular asosan og‘zaki nutq odatlarini o‘zida namoyon qiladi. Adabiy matnlarda esa obraz yaratish, xarakterlarni namoyish etishning kuchli badiiy vositasiga aylanishi mumkin. Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidagi Farhod va Xisrav, Uyg‘un va Izzat Sultonning «Alisher Navoiy» dramasidagi Alisher Navoiy va Xusayn Boyqaro dialoglarini eslaylik.
- Savol va topshiriqlar
- 1. Dialogik nutqning manologik nutqdan farqi haqida fikr yuriting.
- 2. Dialogik nutqda qaysi tinish belgilari ko`proq ishlatiladi?
- 3.Dialogik nutqlar keltirilgan asarlarni toping va ulardan parchalar yodlang
- 4.Diologik nutq qanday bo‘ladi?
- 5.Dialogik nutqda munosabatlarni ifodalash usullari .
- 6. Dialogik nutq jarayonida til vositalari qo`llanishining o`ziga xos xususiyatlari.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |