5-MAVZU. BOSHQARISH USULLARI
Reja:
5.1. Boshqarish usullari to‘g‘risida tushuncha.
5.2. Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullari.
5.3. Boshqarishning iqtisodiy usullari.
5.4. Boshqarishning ijtimoiy-ruhiy usullari.
Tayanch so‘z va iboralar. Usul. Boshqaruv usullari. Delfa usuli. Tashkiliy-ma’muriy usul. Tashkiliy ta’sir ko‘rsatish. Farmoyish berish. Iqtisodiy usul. Ijtimoiy-ruhiy usul. Nizo. Ijtimoiy tadqiqotlar.
5.1. Boshqarish usullari to‘g‘risida tushuncha
Usul - bu tadqiqot qilish yoki ta’sir ko‘rsatish usulidir. Tadqiqot qilish nuqtai nazaridan uslub deganda boshqaruv ob’ektini o‘rganish jarayonida qo‘llaniladigan usullari, ya’ni.
sistema (tizim)li yondoshuv;
kompleks yondoshuv;
tarkibiy yondoshuv;
integratsion yondoshuv;
modellashtirish;
iqtisodiy-matematik yondoshuv;
kuzatish;
eksperiment;
sotsiologik kuzatuv kabi tahlilning ilmiy usullari tushuniladi.
Ta’sir ko‘rsatish nuqti nazaridan esa usul deganda boshqarish funksiyalarini amalga oshirish uchun boshqaruv ob’ektiga ta’sir o‘tkazish usullari tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |