5-mavzu bo’yicha mustaqil ta’lim topshiriqlari quyidagi atamalarga izoh bering
Muhimlik darajasi, uni aniqlashda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlar tizimini shakllantirish tartibi
Download 34.5 Kb.
|
5-mavzu bo’yicha mustaqil ta’lim topshiriqlari quyidagi atamalar
5. Muhimlik darajasi, uni aniqlashda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlar tizimini shakllantirish tartibi
№ 9 – «Muhimlik va auditorlik riski» nomli AFMS ga muvofiq Muhimlik darajasi deganda moliyaviy hisobot-dagi xatoning, ushbu hisobotdan foydalanuvchi unga asosan to’g’ri xulosa va qaror qabul qilishiga monelik qiladagan chegarasi tushuniladi (8 bandi). Ushbu standartga asosan auditorlik tashkilotlari muhimlik darajasini aniqlash tartibini o’rnatadigan o’zlarining ichki ishchi standartlarini ishlab chiqishlari kerak. Ishchi standart yordamida esa asosiy ko’rsatkichlar tizimi shakllantiriladi va muhimlik darajasi aniqlanadi. Lekin, №9-AFMSda muhimlik darajasini aniqlash uchun tavsiya qiliznadigan asosiy ko’rsatkichlar, ularning xo’jalik yurituvchi sub’ektlar xususiyatlariga bog’liqligi va hisob-kitob qilib chiqarish tartibi tavsiya sifatida uslubiy jihatdan asoslab berilmagan. Bizning fikrimizcha, standartning 9 bandida xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotining ishonchliligini tavsiflaydigan eng muhim ko’rsatkichlarni va ularga nisbatan qo’llani-ladigan foiz (%) ko’rsatkichlarini keltirish zarur. Muhimlik darajasining absolyut miqdorini topishda auditor audit qilinadigan xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobotining ishonchliligini tavsiflaydigan eng muhim ko’rsatkichlarni asos qilib olishi zarur. Bunday ko’rsatkichlar keyinchalik shartli ravishda moliyaviy hisobotning asosiy ko’rsatkichlari deb ataladi. Ular aniqlan-ganidan so’ng tegishli tarzda hujjatlashtiriladi va tekshiruvda doimiy asos sifatida qo’llaniladi. Auditorlik tashkilotlari eng muhim asosiy ko’rsatkichlarni, jumladan: buxgalteriya hisobi schyotlarining miqdor ko’rsatkichlari, balans moddalari yoki buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlaridan ma’lum bir ulushini olib, muhimlik darajasini hisoblab chiqarishlari lozim. Muhimlik darajasi rejalashtirish bosqichida aniqlanib, u mijoz-korxonaning xususiyatlariga bog’liq. Jumladan, faoliyat tarmogi, tugallanmagan ishlab chiqarish, soliqqa tortilgungacha foyda summasi, balansning jami summasi, shartli majburiyatlarning mavjudligi, kreditorlik qarzlar, kapital summasi, hisobotda kutilmagan moddalarning paydo bo’lishi va boshqalar. Lekin, ushbu ko’rsatkich (muhimlik darajasi) auditor tomonidan nafaqat auditni rejalashtirish bosqichida – auditorlik amallarining mazmuni, hajmi va vaqt sarfini aniqlash paytida, balki butun auditorlik tekshiruvini o’tkazish va auditorlik xulosasini tuzish jarayonida ham hisobga olinishi lozim. Yuqorida ta’kilanganidek, auditor audit o’tkazish chog’ida muhimlikning ikkita ya’ni sifat va miqdor tomonini nazarda tutishi zarur. Sifat nuqtai nazaridan auditor xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan sodir etilayotgan muomalalarning O’zbekistonda amal qilayotgan me’yoriy hujjatlardan chetga chiqish hollari jiddiy yoki jiddiy emasligini aniqlash uchun o’zining professional fikr-mulohazalaridan foydalanadi. Miqdor nuqtai nazaridan, auditor aniqlangan tafovutlar har birining yoki jamlanmasining (belgilanmagan tafovutlarning taxminiy miqdorini ham hisobga olgan holda) miqdoriy mezon – Muhimlik darajasidan oshib ketmaganligini aniqlashi lozim. Muhimlik darajasini aniqlashda, odatda, ikkita omil hisobga olinadi: xatoning absolyut va nisbiy miqdori. Xatoning absolyut miqdori – bu auditorning sub’ektiv fikri bo’lib, ma’lum summadagi xato summaning ahamiyatliligiga ko’ra boshqa vaziyatlarga bog’liq bo’lmagan holda jiddiy deb tan olinishi mumkin. Nisbiy miqdor esa qabul qilingan tegishli miqdoriy mezonga nisbatan foiz hisobida aniqlanadi. Auditor muhimlik darajasini aniqlashda joriy yilning asosiy ko’rsatkichlari kabi, joriy va o’tgan yillarning o’rtacha ko’rsatkichlaridan ham, shuningdek ma’lum bir shaklga keltirilishi mumkin bo’lgan istalgan hisob-kitob amallaridan ham foydalanishi mumkin. Mazkur muayyan tekshiruv uchun muhimlik darajasining yagona ko’rsatkichi kabi, muhimlik darajasini belgilaydigan har xil ko’rsatkichlar yig’indisidan ham foydalanishiga ruxsat etiladi. Muhimlik darajasini aniqlashda qo’llaniladigan har xil ko’rsatkichlar yig’indisidan iborat to’plamdagi ko’rsatkichlarning har biri buxgalterlik hisobi schyotlarining ma’lum bir guruhini, balans moddasini, hisobot ko’rsatkichlarini baholash uchun mo’ljallangan bo’lishi lozim. Eng muhim ko’rsatkichlar sifatida quyidagilarni olish va ularga nisbatan qo’llaniladigan foizlarni tavsiya sifatida belgilash mumkin. Ushbu ko’rsatkichlar quyidagi jadvalga tushirilib (2-grafa), qabul qilingan muhimlik darajasi (%) ga muvofiq (3-grafa) muhimlik darajasining absolyut miqdori (4-grafa) hisoblab chiqariladi. Moliyaviy hisobotning asosiy ko’rsatkichlari bo’yicha Muhimlik darajasini hisoblash jadvali. (namuna)
Download 34.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling