5-mavzu bo’yicha mustaqil ta’lim topshiriqlari quyidagi atamalarga izoh bering
Download 34.5 Kb.
|
5-mavzu bo’yicha mustaqil ta’lim topshiriqlari quyidagi atamalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAQIL ISH MAVZULARI
- Muhimlik darajasi, uni aniqlashda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlar tizimin
- Auditorlik riski tushunchasi, auditorlik risklarining maqbul to’plami va unga ta’sir ko’rsatadigan shart-sharoitlar.
- Auditorlik riski
5-MAVZU BO’YICHA MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI Quyidagi atamalarga izoh bering: Moliyaviy hisobotning asosiy elementlari, muhimlik tushunchasi va uni aniqlash, uni darajalari, tekshiruvda muhimlik darajasidan foydalanish, auditorlik riski, unga ta’sir etuvchi omillar, risklarning maqbul to’plami va uning elementlari. MUSTAQIL ISH MAVZULARI Auditorlik tekshiruvida muhimlik darajasini aniqlash tartibi. Auditorlik riskining maqbul to’plamiga ta’sir etuvchi omillar. Auditorlik riskini aniqlash tartibi. Muhimlik darajasi va auditorlik riskining o’zaro bog’liqligi. Muhimlik darajasini auditda qo’llash. Muhimlik darajasini aniqlashda asosiy ko’rsatkichlar tizimi. Auditorlik risklarning maqbul to’plami, uning elementlari. Muhimlik va auditorlik riskini auditning boshqa amallari bilan bog’liqligi. Muhimlik darajasini auditorlik hulosasini tayyorlashga ta’siri. Muhimlik darajasi, uni aniqlashda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlar tizimin Muhimlik darajasi rejalashtirish bosqichida aniqlanib, u mijoz-korxonaning xususiyatlariga bog’liq. Jumladan, faoliyat tarmogi, tugallanmagan ishlab chiqarish, soliqqa tortilgungacha foyda summasi, balansning jami summasi, shartli majburiyatlarning mavjudligi, kreditorlik qarzlar, kapital summasi, hisobotda kutilmagan moddalarning paydo bo’lishi va boshqalar. Ushbu standartga asosan auditorlik tashkilotlari muhimlik darajasini aniqlash tartibini o’rnatadigan o’zlarining ichki ishchi standartlarini ishlab chiqishlari kerak. Ishchi standart yordamida esa asosiy ko’rsatkichlar tizimi shakllantiriladi va muhimlik darajasi aniqlanadi. Lekin, №9-AFMSda muhimlik darajasini aniqlash uchun tavsiya qiliznadigan asosiy ko’rsatkichlar, ularning xo’jalik yurituvchi sub’ektlar xususiyatlariga bog’liqligi va hisob-kitob qilib chiqarish tartibi tavsiya sifatida uslubiy jihatdan asoslab berilmagan. Bizning fikrimizcha, standartning 9 bandida xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotining ishonchliligini tavsiflaydigan eng muhim ko’rsatkichlarni va ularga nisbatan qo’llani-ladigan foiz (%) ko’rsatkichlarini keltirish zarur. Muhimlik darajasining absolyut miqdorini topishda auditor audit qilinadigan xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobotining ishonchliligini tavsiflaydigan eng muhim ko’rsatkichlarni asos qilib olishi zarur. Bunday ko’rsatkichlar keyinchalik shartli ravishda moliyaviy hisobotning asosiy ko’rsatkichlari deb ataladi. Ular aniqlan-ganidan so’ng tegishli tarzda hujjatlashtiriladi va tekshiruvda doimiy asos sifatida qo’llaniladi. Auditorlik tashkilotlari eng muhim asosiy ko’rsatkichlarni, jumladan: buxgalteriya hisobi schyotlarining miqdor ko’rsatkichlari, balans moddalari yoki buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlaridan ma’lum bir ulushini olib, muhimlik darajasini hisoblab chiqarishlari lozim. Muhimlik darajasi rejalashtirish bosqichida aniqlanib, u mijoz-korxonaning xususiyatlariga bog’liq. Jumladan, faoliyat tarmogi, tugallanmagan ishlab chiqarish, soliqqa tortilgungacha foyda summasi, balansning jami summasi, shartli majburiyatlarning mavjudligi, kreditorlik qarzlar, kapital summasi, hisobotda kutilmagan moddalarning paydo bo’lishi va boshqalar. Lekin, ushbu ko’rsatkich (muhimlik darajasi) auditor tomonidan nafaqat auditni rejalashtirish bosqichida – auditorlik amallarining mazmuni, hajmi va vaqt sarfini aniqlash paytida, balki butun auditorlik tekshiruvini o’tkazish va auditorlik xulosasini tuzish jarayonida ham hisobga olinishi lozim. Yuqorida ta’kilanganidek, auditor audit o’tkazish chog’ida muhimlikning ikkita ya’ni sifat va miqdor tomonini nazarda tutishi zarur. Sifat nuqtai nazaridan auditor xo’jalik yurituvchi sub’ekt 2. Auditorlik riski tushunchasi, auditorlik risklarining maqbul to’plami va unga ta’sir ko’rsatadigan shart-sharoitlar. Audit va moliyaga oid ayrim manbalarda «risk» atamasi turlicha tarjima qilib qo’llanilmoqda («tavakkalchilik», «xatarlilik», «xavf- xatar», «tahlika», «g’ov» va h. k. ). Auditorlik faoliyatiga nisbatan bunday tarjimalar «risk» atamasining asl mohiyatini to’liq ochib bermaydi. Bu borada biz professor Т. S. Malikov fikriga qo’shilamiz (31. 5-bet). Umuman murakkab ilmiy atamalarni ularning mohiyatini ifodalamaydigan tarjimalar bilan almashtirmasdan, birinchi marta qo’llanilganida izohlagan holda, keyinchalik aslini qo’llash maqsadga muvofiq. №9 - «Jiddiylik va auditorlik riski» nomli AFMS ga muvofiq: Auditorlik riski – bu auditorlik tekshiruvi natijalari bo’yicha auditorlar tomonidan sub’ektiv aniqlanadigan, moliyaviy hisobotda, uning ishonchliligi tasdiqlanganidan so’ng xatolar mavjudligini tan olish yoki moliyaviy hisobotda bunday kamchiliklar haqiqatan ham yo’q bo’lganda, unda kamchiliklar mavjud deb tan olinish ehtimolidir. Faraz qilaylik, agar auditor salbiy xulosa bersa yoki xulosa berishdan voz kechsa o’zini xavf-xatar ostiga qo’ymas-ligi mumkin. Ammo bu noto’g’ri fikr, chunonchi, auditor uchun bu holda mijozlarini yo’qotish xavfi vujudga keladi. Bundan tashqari, auditor har qanday, hatto, mijoz-korxona moliyaviy hisobotini to’liq tasdiqlaydigan xulosa berganida ham, u shartnoma majburiyatlari bilan bog’liq xavf-xatarni o’z zimmasiga oladi. Auditorlik faoliyatida uchraydigan bunday xavf-xatarlar yig’indisini keyinchalik auditorlik risklarning maqbul to’plami deb atash mumkin. Ma’lumki, har qanday malakali va puxta o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi ham auditorlik riskini to’liq bartaraf eta olmaydi. shuning uchun auditorlik amaliyotida uning ( auditorlik riskining) maqbul chegarasi 5% deb qabul qilingan. Ya’ni, auditorlik tashkiloti tomonidan berilgan yuzta auditorlik xulosasidan beshtasi munozarali masalalar bo’yicha noto’g’ri xulosalar bo’lishi mumkin. Bunday risk ya’ni, 5% miqdorda noto’g’ri xulosa berish ehtimoli auditorlik tashkiloti uchun jiddiy hisoblanmaydi va uning raqobatbardoshligini pasaytirmaydi. Aksincha, bu ko’rsatkich (5%)ni yanada pasaytirishga urinish behuda kuch va mablag’ sarflashga olib keladi hamda raqobatbardoshlikka salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Umuman auditorlik riskining maqbul to’plamiga quyidagi shart-sharoitlar asosiy ta’sirini ko’rsatadi. Download 34.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling