Taʼrif Bitta son bilan aniqlanadigan bahoga nuqtaviy baho


Download 0.92 Mb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1590327
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5-var 5


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
EHTIMOLLAR VA STATISTIKA
022-21 guruh talabasi
Bajardi: Fayzullayev Zoir
Tekshirdi: Yuldoshev Sh.
5-SHAXSIY TOPSHIRIQ.
ORALIQ BAHO. ISHONCHLILIK EHTIMOLI VA ISHONCHLILIK ORALIGʻI
Taʼrif 1. Bitta son bilan aniqlanadigan bahoga nuqtaviy baho deyiladi.
Siljimagan baho, effektiv baho, tekis effektiv baho, asosli baholarning barchasi nuqtali baho hisoblanadi, chunki ular sonlar o‘qida bitta sonni aniqlaydi. Hajmi unchalik katta bo‘lmagan tanlanma uchun (n<30) nuqtaviy baho baholanayotgan parametrdan farq qilishi mumkin, ya‘ni qo‘pol xatoliklarga olib kelishi mumkin. Shu sababli hajmi kichik bo‘lgan tanlanmalarda oraliqli baholardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Taʼrif 2. Ikkita son - oraliq uchlari bilan aniqlanadigan bahoga oraliq baho deyiladi.
Faraz qilaylik - noma’lum parametrning bahosi bo‘lsin ( o‘zgarmas yoki tasodifiy miqdor bo‘lishi mumkin). Barcha nuqtaviy baholar tanlanma asosida baholanadi, lekin tanlanmalar tasodifiy bo‘lganligi uchun baholar ham tasodifiy miqdor bo‘lib, asl parametrlardan farq qiladi. Bahoning aniqliligini deb belgilasak, u holda bo‘ladi, tushunarliki qanchalik kichik bo‘lsa, baho shunchalik aniq bo‘ladi. Statistik usullar baho tengsizlikni qanoatlantiradi deb qat’iy davo qilishga imkon bermaydi, har qanday aniqlikni qandaydir ehtimol (ishonchlilik) bilan olish mumkin:
(8.1)
va tengsizlikni unga teng kuchli bo‘lgan tengsizlik bilan almashtirsak (8.1) quyidagi ko‘rinishni oladi
(8.2)
(8.2) shart oraliq parametr qiymatini berilgan ishonchlilik ehtimoli bilan qoplashini bildiradi. oraliqqa ishonchklilik oralig‘i deyiladi, - ehtimollikka ishonchlilik ehtimoli ham deyiladi. Ko‘p hollarda birga yaqin qilib tanlanadi (masalan 0,95; 0,98, 0.99 va h.k.). Bahoning aniqligi amalda ishonchlilik oraligʻi uzunligini (2 ) aniqlaydi.
Eslatma. Baholanayotgan parametr emas, balki ishonchlilik oralig‘i tasodifiy miqdor bo‘lganligi uchun, ning berilgan oraliqqa tushish ehtimoli haqida emas, balki ishonchlilik oralig‘i ni qoplash ehtimoli haqida gapirish to‘g‘riroq bo‘ladi.
Ishonchlilik ehtimoli , bahoning aniqligi va tanlanma hajmi n lar oʻzaro bogʻlangan. Agar ulardan ikkitasi aniqlangan boʻlsa, u holda uchinchisini aniqlash mumkin.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling