Auditorlik riski va auditorlik xulosalari bank ishi auditi 120-guruh


Download 1.89 Mb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1547767
  1   2
Bog'liq
AUDITORLIK RISKI VA AUDITORLIK XULOSALARI

AUDITORLIK RISKI VA AUDITORLIK XULOSALARI

Bank ishi auditi 120-guruh

Tekshirdi Ochilova Ibodat

REJA: 1. Auditorlik riski tushunchasi. 2. Auditorlik risklarining maqbul to’plami va unga ta’sir ko’rsatadigan shart-sharoitlar 3. Auditorlik xulosasi.

  • Umumiy auditorlik amaliyotida auditorlik risklarining maqbul to’plamiga quyidagicha yondashuv ishlab chiqilgan va ular ingliz tilidagi abbreviaturasi (bosh harflari) bo’yicha quyidagi formula ko’rinishida ifodalangan:
  •  
  • DAR= IR*CR*DR
  • DAR (Desired audit risk) – ARMT (auditorlik risklarning maqbul to’plami);
  • IR (Internal risk) – IXR (ichki xo’jalik riski);
  • SR (Control risk) – NR (nazorat riski);
  • DR (Detection rick) – AR (aniqlanmaslik ya’ni xatolar va moliyaviy hisobotdagi kamchiliklarning aniqlanmaslik riski).

Demak, auditorlik risklarining maqbul to’plami (ARMT) ni va uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar (IXR; NR; AR)ni batafsil bayon qilish va mohiyatini o’rganish uchun quyidagi formula ko’rinishida ifodalaymiz hamda uning tarkibiy qismlarini alohida ko’rib chiqamiz:

ARMT= IXR*NR*AR

Ichki xo’jalik riski –IXR (IR-Internal risk) – bu mazkur buxgalteriya schyotida, balans moddasida, bir turdagi xo’jalik muomalalari guruhida yaxlitlanganda, xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobotida jiddiy kamchiliklarning, bunday kamchiliklar ichki nazorat tizimi vositalari yordamida aniqlan-gunga qadar yoki ichki xo’jalik nazorati umuman yo’q bo’lganda, auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlanish ehtimoli tushuniladi. Ichki xo’jalik riskini baholashda auditor bir necha guruh omillarni e’tiborga olishi lozim.

Nazorat (nazorat vositalari) riski – NR (CR-Control risk) – bu korxonaning mavjud va muntazam qo’llanilib kelinayotgan buxgalterlik hisobi tizimi va ichki nazorat tizimi vositalari alohida-alohida yoki birgalikda jiddiy ahamiyat-ga ega bo’lgan kamchiliklarni o’z vaqtida aniqlay olmaslik va tuzata olmaslik (yoki bunday kamchiliklar vujudga kelishining oldini olish) ehtimolining auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlangan ko’rsatkichidir.


Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling