Toshkent moliya instituti G`aznachlik vadavlat jamg`armalari fakulteti dbg`I-70 guruhida
Download 36.5 Kb.
|
12.12.2019 yo'l qoidasi umr foydasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Guruh murabbiyi Aktamov B. Guruh sardori Eshonqulov B.
Toshkent moliya instituti G`aznachlik vadavlat jamg`armalari fakulteti DBG`I-70 guruhida “Yo'l qoidasi - umr foydasi mavzusi doirasida suhbat yuzasidan BAYONNOMA Toshkent sh. 12 dekabr 2019 y. Qatnashdilar: G`aznachlik va davlat jamg`armalari fakulteti DBG`I-70 guruhi murabbiyi va talabalari Ma’lumki, transport vositalarining soni va yo’llarda harakat jadalligi yil sayin o’sib bormoqda. Bu esa o’z navbatida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo’l-transport hodisalarining oldini olish, sodir etilayotgan hodisalarning oqibatlariga, ularning yuzaga kelishi shart-sharoitlariga e’tiborni kuchaytirish lozimligini taqozo qiladi. Shuningdek, yo’l-transport hodisalarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, transport va piyodalar, jumladan, bolalar ishtirokidagi yo’l-transport hodisalarining oldini olish borasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko’rish, transport vositalarining texnik holatini yaxshilash va bu masalalarga keng jamoatchilik, turli tashkilot, muassasalar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalarining e’tiborini qaratish asosiy vazifalardan biri bo'lib hisoblanadi. Ayni paytda yo‘llarda harakatlanayotgan yo‘lovchilarning asosiy qismini yoshlar tashkil etmoqda. Aksariyat ta’lim muassasalari esa bevosita yo‘l yoqalarida joylashgan. Bu o‘z navbatida ta’lim muassasalarida yo‘lda to‘g‘ri harakatlanish bilan bog‘liq qo‘shimcha tushuntirish-targ‘ibot tadbirlarini olib borishni talab etadi. Davra suhbatida ishtirokchilarga chorrahalarda to‘g‘ri harakatlanish jarayoni amaliy jihatdan tushuntirib berildi. Shuningdek, 2019 yildan boshlab qonunchiligimizga yo‘llarda harakatlanish xavfsizligiga oid amalga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan ma’lumot berildi. – Piyodalar harakatlanish qoidasini buzgan holatda avvallari faqatgina og‘zaki ogohlantirilgan bo‘lsa, 2019 yildan boshlab ularga nisbatan ham jarima qo‘llanila boshladi, – deydi guruh murabbiyi B.Aktamov. – Agar qoida buzuvchi o‘quvchi bo‘lsachi? Unday holatda ham o‘quvchi albatta jarimaga tortiladi va jarima ularning ota-onasiga nisbatan qo‘llaniladi. Yo'l harakati qoidalarini chuqur bilgan hamda unga doimo rioya qilib yurgan kishi hech qachon noxush voqealarga duch kelmaydi. Ma'lumotlarga ko'ra, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yuklarning 80 foizi, yo'lovchi tashish xizmatining 85 foizi avtomobil transporti hissasiga to'g'ri keladi. Shuni hisobga oladigan bo'lsak, hayotimizda yo'lning qanchalik ahamiyatli ekani yanada ravshan bo'ladi.Ayniqsa, bu borada istiqlol yillarida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Bu borada, ko'plab qonun va qonun osti hujjatlari qabul qilindi. Xususan, "Avtomobil yo'llari to'g'risida"gi qonun yo'l qulishi, uni rekonstruksiya qilish yon-atrofini obodonlashtirishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda 184 ming kilometr avtomobil yo'l mavjud. Uning 42 ming 654 kilometri umumiy foydalanishdagi yo'l, 2 ming 755 kilometri O'zbekiston milliy avtomagistrali tarmog'i sanaladi. Prezidentimiz rahnamoligida milliy avtomagistral tarkibiga kiradigan yo'llarni qurish, rekonstruksiya qilish loyihalarining jadal sur'atda amalga oshirilayotgani xalqaro, tranzit va mamlakat ichida yuk va yo'lovchilarni yil davomida bir maromda tashish imkonini bermoqda. Iqtisodiyotda xomashyo, mahsulot va boshqa resurslar almashinuvida, fuqarolarning bir manzildan boshqa manzilga erkin harakat qilishida ana shu yo'llar muhim o'rin tutadi. Ularning sozligi, talab darajasida saqlanishi katta ahamiyatga ega. Xususan, mustaqillik yillarida qurib, foydalanishga topshirilgan 175 ko'prik, 19 yo'l o'tkazgich kabi transport bog'lanmalari yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashga xizmat qilmoqda. Yo'l yoqalarida ko'plab avtomobillarga yonilg'i quyish shoxobchalari, avariya-chaqiruv va tibbiy tez yordam xizmati punktlari, avtomobillar to'xtash maydonlari, sayyohlar uchun mehmonxonalar hamda turizmning barcha talab va sharoitlariga ega ob'ektlar qurilmoqda. Jumladan, o'tgan yillar mobaynida Toshkent-Andijon-Osh, Toshkent-Samarqand-Buxoro, Toshkent-Chimyon-Chorvoq avtomobil yo'llari rekonstruksiya qilinib, birinchi toifaga o'tkazildi. Serqatnov yo'nalishlardan hisoblangan Samarqand-Qarshi-Termiz va Buxoro-Nukus-Qo'ng'irot-Beynov yo'llari kengaytirilib, birinchi va ikkinchi toifa talablari asosida ta'mirlandi. Ko'plab yo'l o'tkazgich va estakadalarga ega, 6-8 polosali 32 kilometrlik Toshkent shahar kichik xalqa yo'lining barpo etilishi poytaxt ko'chalarida tirbandlikni bartaraf etishda muhim echim bo'ldi. Mazkur yo'lning Olmazor va Shayxontohur tumanlari hududidan o'tgan qismida, Beruniy va Osiyo ko'chalarini bog'laydigan, Forobiy, Јorasaroy, Sag'bon, Sebzor va Labzak ko'chalarini o'zaro tutashtirgan 5,1 kilometr uzunlikdagi yangi Nurafshon ko'chasi bunyod etilgani shahar aholisi va mehmonlariga qo'shimcha qulayliklar yaratdi. Ayniqsa, poytaxtimizning Sebzor va Abdulla Qodiriy ko'chalari kesishadigan joyda qurilgan eni 26, uzunligi 500 metrli yangi ko'prik mamlakatimizda yo'lsozlik va ko'priksozlik tajribasi to'la shakllanganidan dalolat beradi. Shu o'rinda, qurilayotgan yo'llarda transport vositalari qatnovi ham kun sayin ortib bormoqda. Bu esa, yo'l-transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini ta'minlash borasidagi uzviy sa'y-harakatlarni muntazam olib borilishini talab etadi. Bu borada ham yurtimizda keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 1999 yilda "Yo'l harakati xavfsizligi to'g'risida"gi qonun qabul qilindi. Yillar o'tgani sayin davr talabidan kelib chiqqan holda ushbu qonunga tegishli o'zgartish va qo'shimchalar kiritib borilmoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi "Yo'l harakati qoidalarini tasdiqlash to'g'risida"gi qarori mahalliy shart-sharoitlar, sohaga tatbiq etilayotgan yangiliklardan unumli foydalanish, yo'l-transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir. Mazkur qarorga muvofiq endilikda haydovchi tungi vaqtlarda avtotransport tishqarisida ta'mir ishlarini bajarayotgan vaqtda nur qaytaruvchi maxsus nimchalarni kiyib olishi, yo'lovchiga harakat vaqtida tanasini avtomobil saloni tashqarisiga chiqarmaslik, xavfsizlik kamarini taqib yurishi lozimligi haqida ogohlantirish zarur. Mazkur qoidalar piyodalarga ham bir qancha majburiyat va talablar yukladi. Yo'llarda harakatlanayotgan piyoda mobil telefon, planshetdan foydalanish, tele-video mahsulotlari ko'rish, radio va audio, ya'ni musiqa eshitish, kitob, gazeta-jurnal o'qish yoki elektron vositalardan foydalanishi taqiqlandi. Endilikda tashkiliy ravishda odam olib ketayotgan, yo'lovchilarni tashiyotgan avtobuslar, mikroavtobuslar, shuningdek, motosikl va mopedlar xavfsizlikni ta'minlash choralarini kuchaytirish uchun kunning yorug' paytida harakatlanayotganda ham yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqib yurishlari shart, deb belgilandi. Ushbu tartib qoidalarining 138-bandiga qo'shimcha qilib kiritildi. Bunga qo'shimcha sifatida yo'l harakati qidalarining transport vositalari boshqaruvchilarining yoshini belgilovchi 149-bandi haydovchilarni tayyorlash to'g'risidagi Nizom talablariga mos ravishda yangi tahrirda berilgani aytib o'tildi. Ya'ni, yangi qoidalarga asosan "A" toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olishga o'qiyotganlar o'qishni bitirish vaqtida kamida 16 yoshda, "B" va "C" toifadagi haydovchilik guvohnomasini olishga o'qiyotganlar o'qishni bitirish vaqtida kamida 18 yoshda, "D" va tramvay, trolleybusni boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olishga o'qiyotganlar o'qishni bitirish vaqtida kamida 21 yoshda bo'lishi lozim. Yanada quvonarlisi, yo'l-transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini taminlash maqsadida poytaxtimiz chorrahalariga videofiksasiya vositalari o'rnatilmoqda. Xulosa qilib aytganda, jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar rohat-farog'atda umrguzaronlik qilishimizga xizmat qilmog'i, bu jarayonda har birimiz faol ishtirok etmog'imiz lozim. Guruh murabbiyi Aktamov B. Guruh sardori Eshonqulov B. Download 36.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling