Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari va shakllari
Download 6.12 Kb.
|
Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari va shakllari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy sheriklikning nazariy asoslari
- O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklik nazariyasining boyitilishi va amaliyotining rivojlantirilishi
- E’tiborlaringiz uchun rahmat
Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari va shakllari Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari va shakllari- Jamoatchilik nazoratining hozirgi sharoitda bizning mamlakatimizda eng ko‘p qo‘llanayotgan shakllaridan biri jamoatchilik tinglovidir. Jamoatchilik nazorati muayyan shakllarda olib boriladi. Jamoatchilik nazorati shakllari xilma xil bo‘lib ularning asosiylari quyidagilar: jamoatchilik ekspertizasi; jamoatchilik monitoringi; jamoatchilik tinglovi; jamoatchilik surishtiruvi; jamoatchilik muhokamasi; jamoatchilik kuzatuvi. Ijtimoiy sheriklikning nazariy asoslariIjtimoiy nizolarni tizimli tahlil qilish bo‘yicha dastlabki urinishlarni italiyalik davlat arbobi va nazariyotchi Nikkolo Makiavelli amalga oshirgan edi. U birinchilardan bo‘lib nizolarning faqat vayronkor emas, balki yaratuvchilik funksiyalari ham mavjudligiga e’tibor qaratdi. Bunda u nizolarga to‘g‘ri ta’sir o‘tkazish zarurligini ta’kidladi. Uning fikriga ko‘ra bunday vazifani davlat bajarishi lozim edi. Odamlar o‘rtasida ijtimoiy shartnoma tuzish zarurligi g‘oyasi Tomas Gobbsning asarlarida bayon qilindi. Mazkur shartnoma jamiyatning o‘zini o‘zi himoya qilishi hamda xususiy mulkning abadiy bo‘lishiga xizmat qiladi. Uning “Leviafan”, “Fuqarolar haqidagi ta’limotning falsafiy elementlari” asarlarida ijtimoiy shartnomaga erishish zarurligi asoslab berilgan. Bunday shartnoma umumiy kelishuv hamda xususiy mulkning xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ijtimoiy sheriklikning nazariy asoslariYangi davrga kelib ma’rifatparvar faylasuf Jan-Jak Russoning ijtimoiy shartnoma to‘g‘risidagi g‘oyalari keng tarqaldi. Uning asarlarida ijtimoiy shartnoma odamlar o‘rtasida yo‘qotilgan ijtimoiy munosabatlarning uyg‘unligini, o‘zaro kelishuv va tinchlikka intilishni qayta tiklaydi. Nemis faylasuflari Leybnits va Immanuil Kant fikriga ko‘ra odamlar o‘rtasidagi murosa va tinchlik ijtimoiy-iqtisodiy hayotda shartnoma va kompromissga erishish asosida ta’minlanishi lozim. Tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro mahsulot almashish g‘oyasi hamda turli ijtimoiy kuchlar o‘rtasidagi kurash muammolarini Pьer Jozef Prudon tomonidan tadqiq qilindi. Ijtimoiy sheriklikning nazariy asoslariIjtimoiy sheriklik sub’ektlaridan biri bo‘lgan davlatning funksiyalari ana shu sheriklikni rivojlantirish uchun huquqiy va iqtisodiy stimullarni yaratishdan iborat. O‘zbekistonda davlatning eng muhim funksiyalaridan biri jamiyatdagi turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlar o‘rtasidagi muvozanatni va dialogni saqlab turishdir. Davlat tomonidan o‘tkazilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat aholining muayyan guruhlari haddan tashqari boyib ketishi, boshqa guruhlar esa qashshoqlashib ketishining oldini olib turadi. Bunday siyosatning maqbulligi shundaki, juda boy va juda qashshoq guruhlar o‘rtasida nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy va madaniy tafovutlar kelib chiqadi. Bunday tafovutlarning kuchayishi esa, ziddiyatlarga, ijtimoiy larzalarga olib kelishi mumkin. Ijtimoiy sheriklik turli mamlakatlarda umumiy xususiyatlar bilan bir qatorda milliy o‘ziga xosliklarga ham ega bo‘ladi. Ko‘pincha ijtimoiy sheriklik tushunchasi ijtimoiy ongda adekvat tarzda aks etmaydi. CHunki, ijtimoiy sheriklikni to‘la va chuqur tushunish uchun ijtimoiy fanlar, xususan, sotsiologiya, ijtimoiy falsafa, huquqshunoslik fanlari bo‘yicha muayyan bilimlarga ega bo‘lish taqozo etiladi. O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklik nazariyasining boyitilishi va amaliyotining rivojlantirilishiInsoniyat tarixida buyuk rolь o‘ynagan ijtimoiy sheriklik nazariyasi Mustaqil O‘zbekistonda hayotga keng tadbiq etila boshladi. U hayotga nafaqat tadbiq etildi, balki uning nazariy asoslari boyitildi va amaliy jihatlari rivojlantirildi. O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” shiori o‘rtaga tashlandi. Kuchli jamiyat esa fuqarolik jamiyatidir. Ba’zan, “Nima uchun bira to‘la “Kuchli davlatdan fuqarolik jamiyati sari” shiori olg‘a surilmadi?” degan savol o‘rtaga tashlanadi. Dastavval “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” shiori o‘rtaga tashlanishining sababi shundaki, sobiq sho‘rolar tuzumi davrida “fuqarolik jamiyati” tushunchasi umuman ishlatilmasdi. SHuning uchun mustaqillikning dastlabki yillarida bu tushuncha mamlakatdagi ko‘pchilikka tanish emasdi. Agar o‘sha davrda “Kuchli davlatdan fuqarolik jamiyati sari” shiori o‘rtaga tashlansa, u ko‘pchilik uchun tushunarli bo‘lmay qolardi. O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklik nazariyasining boyitilishi va amaliyotining rivojlantirilishiDavlatning NNTlarga ko‘rsatadigan ko‘magi barqaror va salmoqli bo‘lishini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining «Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qo‘shma qarori ham alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. SHu qaror asosida NNTlarga mo‘ljallangan grantlar miqdori va ajratilayotgan mablag‘ hajmining ortib borishi fuqarolik jamiyati institutlarining tezroq oyoqqa turib olishlari va faolligining ortishida sezilarli rolь o‘ynamoqda. Mamlakatimizda ijtimoiy sheriklikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida olib borilayotgan ishlarga qisqacha ko‘z yugurtirib chiqishning o‘zi ham bu masalada jahon fani yaratgan nazariya yangi yondashuv bilan boyitilgani, uning bir qator jihatlari aniqlashtirilgani, mazkur soha amaliyoti esa jiddiy boyitilganidan guvohlik bermoqda E’tiborlaringiz uchun rahmathttp://fayllar.org Download 6.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling