5-мавзу: бозор иқтисодиётининг мазмуни ва белгилари


Ijtimoiy xo’jalik shakllari. Tovar va pul munosabatlari


Download 127 Kb.
bet2/6
Sana08.01.2022
Hajmi127 Kb.
#252923
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi

Ijtimoiy xo’jalik shakllari. Tovar va pul munosabatlari
Ijtimoiy xo’jalik shakllari va uning rivojlanishi tarixan ikkita: natural ishlab chiqarish va tovar ishlab chiqarishdan iborat bo’lgan. Natural xo’jalik umuminsoniy iqtisodning tarixan birinchi shakli bo’lib, bunda mehnat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning o’z shaxsiy ehtiyojini qondirishga sarflanadi.

Natural xo’jalik sharoitida mahsulot ayirboshlanmaydi va sihlab chiqaruvchining o’zi uchun hayotiy vositaga aylanadi. Natural ishlab chiqarish ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanmaganligi oqibati sifatida vujudga kelgan. Ishlab chiqaruvchi mehnat jatayoni uchun kerakli bo’lgan vositalarni o’zi yaratadi. Natural xo’jalikning muhim belgilari: xususiy mulkga asoslanganligi, o’zi mehnat qilishi, o’zi ehtiyojini qondirishi, bozor bilan aloqada bo’lmasligi, foyda olishga ega bo’lmasligi. Natural xo’jalik bozor iqtisodiyotiga qadar ijtimoiy ishlab chiqarishning asosiy shakli bo’lib kelgan. U iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lgan. Natural xo’jalik sharoitida har bir mulkdorning alohida o’z xo’jaligi bo’lgan. Natural xo’jalikda asosiy xo’jalik tarmog’i dehqonchilik bo’lib, unga qo’shimcha tarzda hunarmandchilik rivoj topgan. Ishlab chiqarish to’la-to’kis qo’l mehnatiga tayangan. Unda mehnat qurollari va sihlab chiqarish sharoitlari o’zgarmay qoladi. Mehnat unumdorligi deyarli o’smaydi.

Mehnat unumdorligining o’sishi chegaralanganligi sababli iqtisodiy o’sish g’oyat sust bo’lib, asosan tabiiy omillar hisobidan o’sish oz bo’ladi.

Shuni aytish kerakki, natural xo’jalikning ba’zi bir ko’rinishlari hozirgi rivojlangan iqtisodiyotda ham saqlangan.

O’zini-o’zi mahsulot bilan ta’minlash hozirgi qishloqda ham mavjud. Xususan, dehqonlar xo’jaligida yetishtirgan mahsulotning bir qismi xo’jalikning o’zida iste’mol etiladi.

Natural ishlab chiqarish iqtisodiy ravnaqni ta’minlay olmaganligi uchun uning o’rniga tovar ishlab chiqarish keladi.

Natural va yarim natural dehqon xo’jaligi davrida tovar ishlab chiqarish garchi ma’lum darajada rivojlangan bo’lsada, qishloqlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning asosiy shakliga aylangan emas edi. Ammo u sekin-asta kengayib borgan va natijada ishlab chiqarishning asosiy shakliga aylangan. Tovar xo’jaligi natural xo’jalikdan farqli o’laroq, mahsulot ishlab chiqaruvchilar bilan iste’mol qiluvchilarning bozor orqali tovarlarni olish-sotish orqali aloqa qilishini taqozo qiladi. Demak, ishlab chiqarilgan mahsulotlar tovar sifatida bozorda pul vositasida oldi-sotdi asosida ayirbosh qilinadi. Tovar ishlab chiqarishning paydo bo’lishi qonuniy jarayon bo’lib, iqtisodiy zaruriyatni yuzaga keltirgan.

Demak, tovar ishlab chiqarish ob’ektiv asosda yuzaga keladi. Uning omillari:



  1. Mehnat taqsimoti, ya’ni mehnat turlari iqtisoslashadi, ma’lum bir xil mahsulotni ishlab chiqarishga moslashadi. Shunday sharoitda ehtiyojni qondirish uchun o’z mahsulotini boshqa kerakli mahsulotga ayirboshlash uchun mahsulot bozorga chiqariladi va sotiladi.

  2. Ishlab chiqaruvchi o’zining mulkiga ega bo’lishi bilan alohida mehnat faoliyatini amalga oshiradi. O’z mulkiga, korxonasiga ega bo’lishi bilan mustaqil harakat qiladi. Bozor uchun zarur mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitlarida xususiy mulkka egalik qilish asosida tovar ishlab chiqarish keng amalga oshirilmoqda. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar ishlab chiqaruvchilar qatoriga firma, birlashma, fabrika, yakka tartibda ishlovchi, fermer xo’jaligi, tomorqa xo’jaligi sohiblari, kooperativlar, jamoa va davlat xo’jaligi, jamoat tashkilotlari va boshqalar kiradi.

Mahsulot tovar bo’lishi uchun avval kishilarning ma’lum talab-ehtiyojini qondira olishi zarur. Tovarning bu xossasi tovarning iste’mol qiymati, deb ataladi. Har bir tovarning nafligi, foydaligi uchun insonlar uni sotib oladilar, ayirbosh qiladilar. Tovarning yana bir xossasi almashuv qiymatidir. Har qanday tovarga mehnat va harajatlar sarflanadi va shu asosida tovar o’z qiymatiga ega bo’ladi. Demak, tovar ikki xususiyatga, ya’ni iste’mol qiymati va almashuv qiymatga ega. Bu tovar xususiyatlari bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir.

Tovarning ikki yoqlama xususiyatga ega bo’lishi tovar ishlab chiqaruvchi mehnatining ikki tomonligi bilan bog’liq. Ishlab chiqaruvchi o’ziga xos mehnat quroli va predmetlarini qo’llanishi natijasida tovarni yaratishi iste’mol qiymatini tashkil qilgan mehnat aniq (konkret) mehnat bo’ladi. Ishlab chiqaruvchi mehnat jarayonida o’zining aqliy va jismoniy quvvatini sarf qilishi, ish kuchining fiziologik ma’noda sarf qilishi bilan bog’liq mehnati abstract (mavhum) mehnat bo’lib, tovarning qiymatini yaratadi.

Tovarning xossalari mehnatning ikkiyoqlama xarakterda bo’lishi bilan bog’liqligi quyidagi chizmada ko’rsatilgan.


Download 127 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling