Tovar • Tovarning insonning biron-bir ehtiyojini qondirish xossasi iste’mol qiymati deyiladi. Tovarning iste’mol qiymati uning naf keltirishida ifodalanadi. Naf deb, tovar va xizmatni iste’mol qilishdan olinadigan qoniqishga aytiladi
Download 31.06 Kb.
|
Tovar siyosati..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovar ishlab chiqarishni to’xtatish strategiyasi.
- To’rtta prinsipial yo’nalishlari
- Adabiyotlar
Mavzu: Tovar Siyosati REJA: Tovar va uning mohiyati.O’zbekistonning tovar xom ashyo birjasi Tovar Siyosati va Tovar konsepsiyasi Xalqaro marketingda tovar siyosati Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar TOVAR • Tovarning insonning biron-bir ehtiyojini qondirish xossasi iste’mol qiymati deyiladi. Tovarning iste’mol qiymati uning naf keltirishida ifodalanadi. Naf deb, tovar va xizmatni iste’mol qilishdan olinadigan qoniqishga aytiladi. Masalan, sigareta foydali bo’lmasa ham iste’mol qilinadi, demak u chekadigan kishilarni iste’molini qondiradi. Naflilik shu tovarning naqadar zarurligi, sifati, kamyob yoki serobligi kabilarga bog’liq. Tovar ishlab chiqarishni to’xtatish strategiyasi. Agar eksportchi firma standart strategiyalardan oydalanadigan bo’lsa, u tovar ishlab chiqarish va eksport qilishni barcha bozorlarda bir vaqtning o’zida to’xtatadi. Masalan, Germaniyaning katalog bo’yicha mebel savdosi bilan shug’ullanuvchi MVT mebel kompaniyasi o’z assortimentini har yarim yilda yangilab turadi. Firma xalqaro tovar siyosatining eng muhim qismi tovarning tashqi bozor sharoitlariga moslashishi va standartlashishi yig’indisi hisoblanadi. Xalqaro marketingda to’rt tovar strategiyasiga mos keluvchi siyosatning to’rtta prinsipial yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish mumkin. To’rtta prinsipial yo’nalishlari oddiy kengaytirish (eksport); mahsulotni moslashtirish; «teskari» ixtiro yoki yangi ixtirolar; tovar ishlab chiqarishni to’xtatish. Eksport tovar assortimentini rejalashtirish jarayonida tovar raqobatbardoshligini baholashda foydalaniluvchi ko’rsatkichlarga asoslaniladi. Bu ko’rsatkichlar quyidagilardan iborat: 1. Tovar mahsulotining vazifasi: tasniflash ko’rsatkichlari (quvvati, tezligi, sig’imi va hokazo); konstruktiv va texnik ko’rsatkichlar (material sig’imi, gabarit o’lchami, konfigurasiyasi, mahsuldorligi, o’lchash aniqligi, qayta ishlanuvchi ma’lumotlar hajmi); mahsulot tarkibi va strukturasi (tabiiy modda va aralashmalar tarkibi). 2.Sifati va ishonchliligi: GOST talablariga javob berishi, foydalanganda buzilib qolmasligi, kafolat muddati davomida ta’mirlashsiz ishlatish; mahsulotning texnik va ijtimoiy-iqtisodiy zarur davri uzunligi; chet ellik iste’molchilarning ma’lum ehtiyojlarini qondirish qoiliyati. 3. Estetika: jozibadorlik (rangi, ranglar kombinasiyasi, gabarit o’lchami); ifodalilik (shinamlik, iqtisodiylik va hokazolarni ifodalash); emosional ta’si (hayajonlonish, tinchlanish, beparvolik). 4. Ekologik tozaligi: tayyor yoki yarim tayyor mahsulotda zararli aralashmalarning mavjudligi; qayta ishlangan mahsulotlarda zararli aralashmalarning mavjudligi; atrof-muhitga, atmosfera va suv havzalariga zararli moddalarni chiqarish. 5. Ergonomiklik: gigienichnost (toksiklik, changlilik, yoritilganlik, vibrasiya, shovqinlilik); fiziologichnost (foydalanishning qulayligi, muomala qilishning osonligi); antropometrichnost (inson tanasi va a’zolariga shakl va hajm jihatidan moslik); psixologichnost (chet ellik potensial iste’molchining ijobiy qabul qilishi). 6. Tejamkorlik: sotuv narxining qulayligi; tijorat qo’llanishi qiymatining yuqori emasligi (transport orqali tashish, o’rnatish, ishga tushirish, foydalanishga topshirish, tartibga solish, xodimlarni o’rgatish, texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash, yoqilg’i, elektr energiyasi). Tovarning raqobatbardoshligi --uning real xarid qiluvchi xaridor uchun jozibadorlik darajasidir . Tovarning iste’mol qiymati — xaridor mazkur tovar uchun to’lash mumkin hisoblovchi maksimal narx hisoblanadi. Tovarning raqobatbardoshligi zaxirasi — tovarning iste’mol qiymati va uni sotib olish uchun to’langan haqiqtisodiy narx o’rtasidagi farqdir. Iste’molchi uchun iste’mol qiymatining to’lanmagan, tekin qo’lga kiritilgan qismini anglatadi. Ta’minotchi uchun esa tovar raqobatbardoshligining miqdoriy o’lchami hisoblanadi.Tovarning raqobatbardoshligi --uning real xarid qiluvchi xaridor uchun jozibadorlik darajasidir . Tovarning iste’mol qiymati — xaridor mazkur tovar uchun to’lash mumkin hisoblovchi maksimal narx hisoblanadi. Tovarning raqobatbardoshligi zaxirasi — tovarning iste’mol qiymati va uni sotib olish uchun to’langanhaqiqtisodiy narx o’rtasidagi farqdir. Iste’molchi uchun iste’mol qiymatining to’lanmagan, tekin qo’lga kiritilgan qismini anglatadi. Ta’minotchi uchun esa tovar raqobatbardoshligining miqdoriy o’lchami hisoblanadi. • Jahon bozorlarida tovarlarni qadoqlash va bezash • Tovar dizayni tashqi bozorga chiqariluvchi tovar nomi, shakli va rangini tanlashdan iborat. Eksport tovar dizayni ko’p jihatdan mamlakat aholisining madaniy xususiyatlariga bog’liq. Dizayn bo’yicha qaror qabul qilishda mamlakatning tili va rangni qabul qilish xususiyatlariga e’tibor qaratish lozim. Tovar birjasi bozor narxi, bozor holati, uni kayfiyati haqidagi va boshqa tijorat axborotlari shakllanadigan joy bơlib xizmat qiladi. Birja narx haqidagi axborotning yagona manbai bơlib u narx shakllanishi jarayoniga borgan sari kơproq ta'sir kơrsatadi.Birja axborotnomalari nashr etilsada, oldi-sotdi savdo bitimlari natijalari haqidagi axborot tijorat siri bơlib qoladi. Shuni takidlash joizki, birjaning ơzi savdo vositachilik faoliyati bilan shug‘ullanmaydi faqat, uning uchun sharoit yaratib bеradi. Savdoni brokеrlik idoralari va brokеrlar amalga oshiradilar. Tovar birjasi bozor narxi, bozor holati, uni kayfiyati haqidagi va boshqa tijorat axborotlari shakllanadigan joy bơlib xizmat qiladi. Birja narx haqidagi axborotning yagona manbai bơlib u narx shakllanishi jarayoniga borgan sari kơproq ta'sir kơrsatadi.Birja axborotnomalari nashr etilsada, oldi-sotdi savdo bitimlari natijalari haqidagi axborot tijorat siri bơlib qoladi. Shuni takidlash joizki, birjaning ơzi savdo vositachilik faoliyati bilan shug‘ullanmaydi faqat, uning uchun sharoit yaratib bеradi. Savdoni brokеrlik idoralari va brokеrlar amalga oshiradilar. O'zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasining 2015- yildagi faoliyati yakunlari e’lon qilindi. Unga ko'ra O'tgan yilda birja mahsulot aylanmasi bo'yicha tarixiy maksimumni yangiladi. Birjaning barcha savdo platformalarida amalga oshirilgan bitimlarning umumiy hajmi 24,2 foizga yoki 1,7 trln so'mga ortib, 8,9 trln.so'mni tashkil qildi. Keyingi yillardagiga nisbatan ilk bor birja savdolarida amalga oshirilgan bitimlarning O'zTXBning umumiy mahsulot aylanmasidagi ulushi 80% dan kamroqni tashkil qildi. Bu esa birja tomonidan o'tkaziladigan yarmarka va auksion savdolarining imkoniyatlari kengayganidan dalolat beradi. Tovar konsepsiyasi iste’molchi e’tiborini tovarga, uning sifatiga va narxiga qaratishni talab etadi. Iste’molchilar o'xshash tovarlarni sifatlarini boshqa firmani shunday tovarlari bilan solishtirib ko'radilar. Bu konsepsiyani ko'pincha kompaniya, firma, tashkilotlar , shuningdek, notijorat tashkilotlar ham ushlab turadilar . Biroq tovar konsepsiyasi muvaffaqiyat keltiravyermaydi. • Tovar va savdo marketinggi konsepsiyalari mahsulot ishlab chiqarish hali syeriyali, ya’ni yalpi tus olmagan davrda maydonga kelgan edi. Tovarlarning yangi turlari va xillari hisobiga yuqori darajada foyda qo'lga kiritilar edi, sababi mohiyat e’tibori bilan cheksiz talabga ega bo'lgan bozorda bu tovarlarga nisbatan talab benixoya katta edi. Adabiyotlar: • Каримов И.А “Узбекистон иктисодий ислохотларни чукурлаштириш йулида” Т-1995. • Каримов И.А “Эришган марраларимизни мустахкамлаб, ислохотлар йу лидан изчил бориш асосий вазифамиз. Халк сузи 10 февр 2004 й. • Ш Шодмонов, Р.Алимов, Т.Жураев “Иктисодиёт назарияси” Т-2002 VIII боб. • “Иктисодиёт назарияси” Умаров рах Т 2002, IХ боб • Н.Бекнозов “Иктисодиёт назарияси” Т-2005 VIII-IХ боб • А.Улмасов “Иктисодиёт назарияси” Т-2006 Х-Хiбоб • Marketing ma’ruzalar matni • Marketing darslik TDIU 2008 • www.arxiv.uz • www.google.com Download 31.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling