5-мавзу: бозор иқтисодиётининг мазмуни ва белгилари
Bozor, uning tuzilishi va turlari. Bozor infratuzilvasi va uning unsurlari
Download 128.5 Kb.
|
5-мавзу бозор и тисодиётининг мазмуни ва белгилари
Bozor, uning tuzilishi va turlari. Bozor infratuzilvasi va uning unsurlari
Bozor iqtisodiy kategoriya sifatida takror ishlab chiqarishning ayirboshlash bosqichiga xosdir. Bozor tovar ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va dastlab tovar almashuv, tovar ayirboshlash joyi yoki maydoni, degan mazmunni anglatgan. Dastlab , bozor ikki yoki bir necha qabilalarning a’zolari bir-birlari bilan tovar almashuv joyi sifatida namoyon bo’lgan bo’lsa, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarning kelib chiqishi bilan alohida maydonlar ajratilib bozor joyi, deb e’lon qilingan. Shu maydonda (joyda) kishilar oldi-sotdi qilishgan. Lekin hali u davrlarda tovar ayirboshlash T-T ko’rinishida, ya’ni bir tovarga boshqa tovarni ayirboshlash shaklida yuz bergan. Lekin, tovar ayirboshlash rivojlanib, uning ziddiyatlari kuchayib borishi pulning kelib chiqishi natijasida sotish va sotib olish tovar-pul-tovar ko’rinishida bo’la boshlagan, endi tovarni sotish (T-P) va sotib olish (P-T) zamon va makon jihatdan bir bo’lmasligi mumkin. Chunki sotuvchi o’z tovarini bir joyda sotib, puliga boshqa vaqtda, boshqa joyda kerakli tovarni sotib olishi mumkin bo’lgan. Pul paydo bo’lishi bilan bozor tushunchasining mazmuni o’zgarib, yangi ma’no kasb etadi, ya’ni u tovar-pul muomlasining yangi shakli sifatida namoyon bo’la boshlaydi. Bozor ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchilarning ko’p qirrali murakkab aloqalarini, ularning o’zaro bir-biriga bo’lgan ta’sirini bog’laydigan bo’gin, jamiyat taraqqiyotida mahsulot almashuvini ta’minlaydigan jarayon sifatida shakllandi. Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayriboshlash, pulning vujudga kelishi, ularning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha bo’lib, hozirgi davrda keng tarqalgan ob’ektiv iqtisodiy jarayondir. Bozor ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va haridorlar o’rtasida pul orqali ayriboshlash (oldi-sotdi) jarayonida bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir Bozorda hech qanday boylik yaratilmaydi, ishlab chiqarilmaydi. Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar va hizmatlarni, iqtisodiy resurslarni iste’molchilarga etkazib berishdan iboratdir. Bozor ishlab chiqarish bilan iste’molni bir-niriga bog’laydi, bunda bozor vositachi bo’lib hizmat qiladi. Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo’lib, ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi. Bozorning ichki tuzulishi murakkab bo’lganligi sababli uni turkumlashga har xil mezonlar asos qilib olinadi. Bozorning yetuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor sub’ektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar xarakteri va boshqalar unga asos bo’ladi. Bozorning yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor va rivojlangan bozorga bo’linadi. Bozor hududiy jihatdan mahalliy, milliy bozorlar, hududiy bozorlar, mintaqaviy (regional) va jahon bozorlariga bo’linadi. Bozor ob’ekti jihatiga ko’ra , yani tovarlar turi bo’yicha ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari, yani oziq-ovqat, kiyim-kechak bozori, qimmatli qog’ozlar bozori, mehnat yani ishchi kuchi bozori, intelektual bozor va boshqalar ko’rinishida bo’ladi. Ishlab chiqarish qanchalik rivojlangan bo’lsa, bozor ob’ektlari shunchalik ko’p va xilma-xil bo’ladi. Bozor turlari va ularning tuzilishi quyidagi chizmada ko’rsatilgan.
Bozor iqtisodiyotni tartiblashda ishtirok etish, regulyatorlik funksiasini bajarishni amalga oshiradi. Buni bozor narxlar vositasida bajaradi. Bozor o’zida talab va taklifni jamlab, ularni muvozanatlashtiradi. Bozor nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Iqtisodiy aloqalar xarakteriga ko’ra bozor erkin raqobatli bozor va monopollashgan, raqobat cheklangan bozorlarga bo’linadi. Erkin bozorda sotuvchilar va xaridorlar ko’pchilik bo’lib, ulardan xech biri bozorda hukmron mavqega ega bo’lmaydi, aksincha, ular doimo raqobatda bo’lishadi. Narx-navoni hech kim nazorat qilmaydi, narx bozorda erkin rivojlanadi.Monopollashgan bozor – bunda ozchilik sotuvchilsr va xaridorlar hukmron bo’lgan, raqobat cheklangan yoki raqobat umuman yo’q bozor. Monopollashgan bozorning o’zi uch xil bo’ladi: monopol raqobatli bozor, oligopolistic bozor, sof monopoliya bozori. Monopol raqobatli bozorda nisbatan ko’p bo’lmagan firmalar ishtirok etadi, ularning bozordagi xissasi katta bo’lmaydi, ular bozorda har xil, lekin bir-birining o’rnini bosa oladigan tovarlar bilan ishtirok etadilar, ulardan har biri boshqasi bilan raqobatlashadi. Oligopolistik bozorda sanoqli ozchilik firmalar va kompaniyalar hukmron bo’ladi, lekin ular ham o’zaro raqobatlashadilar. Raqobat ko’p hollarda ishlab chiqaruvchilar bilan xaridorlar o’rtasida yuz beradi. Oligopolistik bozorga misol qilib Yaponiya avtomobil bozorini olish mumkin. Bu yerda tovarlarning hammasi (100%) uchta firma – “Toyota”, “Xonda”, “Nissan” firmalari tomonidan ishlab chiqariladi. AQSH avtomobil bozorida esa “Ford”, “Kraysler”, “Djeneral motors” kabi konsernlar egalik qiladilar. Sof monopoliya bozorida sotuvchi sifatida bir firma tanho hukmron bo’ladi, butun bir tarmoq shu firmadan iborat bo’lib, undan boshqa tovar ishlab chiqaruvchi bo’lmaydi, uning tovarining o’rnini bosadigan boshqa tovar ham topilmaydi. Bu erda raqobat bo’lmaydi. Shunday bozorga misol qilib O’zbekistonda, paxta terish mashinasi ishlab chiqaruvchi Toshkent traktor zavodini keltirish mumkin. Bozorning tarkibi, tuzilishi xilma-xil bo’lib, umum qabul qilingan turlari mavjud emas. Bozor munosabatlari bir-biriga bog’liq va bir-birini taqazo etuvchi murakkab ichki tuzilishga egadir-ki, uni izohlaganda har xil mеzonlar asos qilib olinadi. Bunda bozorning yеtuklik darajasi, sotiladigan, xarid qilinadigan tovarlar turi, bozor sub'еktlarining xususiyati, bozor miqyosi, bozorning joylashishi, iqtisodiy aloqalar xususiyati hisobga olinishi zarur. 1. Bozor eng avvalo mulk turlari bo’yicha: davlat, xususiy, aralash mulkka asoslangan bozorga bo’linadi. 2. Tovar ishlab chiqaruvchilar tarkibi bo’yicha bozor: davlat korxonalari, ijara, xususiy, oilaviy, koopеrativ, yakka tartibdagi xo’jaliklardan iborat bo’ladi. 3. Mamlakatda savdo-sotiqni tashkil etish turlari bo’yicha ham bozor turlanadi. Bozor iqtisodiy ob'еktlari bo’yicha bir nеcha turga bo’linadi. a) Istе'mol tovarlari va xizmatlar bozori: oziq-ovqat tovarlari bozori, nooziq-ovqat tovarlari bozori, xizmatlar bozori. b) Ishlab chiqarish omillari bozori: Ishchi kuchi (mеhnat) bozori, ishlab chiqarish vositalari, xomashyo bozori. v) Ko’chmas mulk bozori: yеr bozori, uy-joy bozori, mol-mulk bozori. g) Moliya bozori: - pul bozori, invеstitsiya bozori, qimmatli qog’ozlar bozori, valyuta bozori, sug’urta bozori. d) Axborot bozori – ilmiy-tеxnika ishlanmalar yoki intеllеktual tovarlar bozori. Bozor tovar va xizmatlar bilan ta'minlash darajasiga qarab: to’yingan, to’yinmagan, taqchil, muvozanatlashgan bozorga bo’linadi. Raqobat kurashi chеklanishiga qarab bozor quyidagi turlariga bo’linadi: a) mukkamal, erkin raqobatga asoslangan bozor; b) chеklangan raqobatli (monopol bozor); v) oligopolistik bozor; g) sof monopoliyaga asoslangan bozor. Ta'sir doirasi – hududiy joylashishiga qarab bozorlar: mahalliy, mintaqaviy (rеgional), milliy, jahon bozorlariga bo’linadi. Bozor savdoning hajmi, xususiyatiga qarab, ulgurji, mayda ulgurji, chakana savdo bozorlariga, shuningdеk, tarmoqlar bo’yicha, avtomobil, kompyutеr, qishloq xo’jalik mashinalari, dеhqonchilik mahsulotlarini sotadigan dеhqon bozorlariga bo’linadi. Qonuniy jihatdan tashkil etilishiga qarab bozor: a) lеgal – qonuniy bozor; b) noqonuniy, «pinhoniy» bozordan iborat. Lеgal (rasmiy) qonuniy bozor – qonunchilik asosida tashkil etilgan bo’lib, unda qonuniy ravishda sеrtifikatlangan, sifati kafolatlangan tovar va xizmatlar oldi-sotdisi yuz bеradi; Noqonuniy yoki «qora», «pinxoniy» bozor qonun bilan taqiqlangan tovar va xizmatlar bilan xizmat qilish yoki faoliyat bilan shug’ullanish, bunga: aholi orasida qurol-aslaha bilan savdo qilish, narkotik moddalar sotish, qimorbozlik, fohishabozlik, valyuta bilan chayqovchilik qilish, «qo’l bola» spirtli ichimliklar tayyorlash, jahonga mashhur turli firmalar yorliqlarini o’z mahsulotiga qo’yib, sifatsiz kiyim-kеchak, oziq-ovqat, poyabzal va boshqa turli xil tovarlar tayyorlash, rеkеt (bosqinchilik qilish, qurollangan o’g’irlik) kontrabanda (chеt ellardan yashirincha davlat nazoratini chеtlab, tovarlar olib kеlib sotish yoki chеtga g’ayri qonuniy yo’llar bilan tovarlar olib chiqish). Bu taqiqlangan bozor. Shuning uchun u doimiy ravishda davlat huquq organlarining nazoratida turadi va uning ishtirokchilari qonun oldida javob bеradilar. Tovarlarni chеtdan erkin olib kеlish yoki olib chiqishga qarab ochiq va yopiq bozorlar mavjud. Ochiq bozor odatda chеt el mamlakatlari uchun ochiq bo’lgan milliy va davlatlararo rеgional bozor bo’lib, boj to’lovi bilan himoyalanmaydi va zarur tovarlar chеklanmagan miqdorda mamlakatga kеltiriladi. Jahon bozori o’z talabi bilan ochiq bozor hisoblanadi va unda barcha mamlakatlar o’z tovarlari bilan bеmalol qatnasha oladilar. Yopiq bozor ichki milliy bozorga xos bo’lib, undagi tovar turlari, avvalo mahalliy ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanish darajasiga bog’li q bo’ladi. Milliy, mahalliy bozor bir tovar uchun ochiq bo’lsa, ikkinchisi uchun yopiq bo’lishi mumkin. Bunday vaqtda iqtisodiy protеktsionizm siyosati qo’llaniladi. Bozor iqtisodiyoti tovar – pul munosabatlariga asoslanganligi tufayli uning o’z ob'еkti va sub'еktlari mavjud. Bozordagi turli-tuman tovarlar va xizmatlar bozor ob'еktining xilma-xilligi va miqdori ishlab chiqarishning qay darajada rivojlanganligini ko’rsatadi. Ishlab chiqarish qanchalik rivojlangan bo’lsa, bozor ob'еktlari shunchalik ko’p va xilma-xil bo’ladi. Rivojlangan mamlakatlarda bozorga har kuni bir nеcha minglab tovar va xizmatlar taklif etiladi. Tovar muomalasida ishtirok etuvchilar bozor sub'еktlari bo’lib, ular jismoniy va yuridik shaxslar vakolatini olgan alohida shaxslardan, xo’jalik sub'еktlaridan tortib, to ayrim olingan davlatlargacha ham bo’lishi mumkin. Iqtisodda “Bozor segmenti” degan tushuncha bor. Segment bozorning bir kichik qismi bo’lib, bu yerda xaridorlar cheklangan guruh bo’lib, ularga ma’lum turdagi tovarlar sotiladi. Bozorning segmentlarga ajralishiga ikki omil sabab bo’ladi: 1. Mehnat taqsimoti chuqurlashib ko’p xilma-xil tovarlar ishlab chiqarilishi va ularning ma’lum guruh iste’molchilarga mo’ljallanganligi; 2. Iste’molchilarning sotsial-iqtisodiy jihatdan tabaqalanishi, ular talabining o’zaro farqlanishi. Bozorni segmentlarga ajratish mezonlari g’oyat ko’p. Bir segment uchun aholining xarid qobiliyati ustuvor bo’lsa, boshqa segment uchun raqobatning bor yoki yo’qligi muhim belgi bo’ladi. Bozorning sotsial-demografik segmentlarga ajralishi ham bir qator mezonlarga qarab yuz beradi. Ular jumlasiga iste’molchi-xaridorlarning yoshi, jinsi, ularning tarkibida ishlovchilar, o’quvchilar va pensionerlarning hissasi, ularning bilim darajasi, pul daromadining miqdori, kasbi, oila va uning tarkibi kabilar kiradi. Aholining urf-odati, rasm-rusumi, turmush tarzi va tovarlarni afzal ko’rishiga qarab ham ajraladi. Umuman turli-tuman segmentlar yaxlit bozorni tashkil qiladi. Bozor tarkibida bozor infratuzilmasi muhim o’rin tutadi. Bozor infratuzilmasi – bu bozor aloqalarini o’rnatish va ularning bir maromda amal qilishiga xizmat ko’rsatuvchi muassasa, tashkilot tizimidir. Bozor infratuzilmasi, uning unsurlari ishlab chiqaruvchilarning savdo-sotiq, moliya-kredit ishlariga, sherik topishiga, ish kuchini yollashga ko’maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarni amalga oshiradi, ishlab chiqaruvchilar o’rtasida aloqa o’rnatishga yordam beradi. Bozor infratuzilmasi va uning tarkibiy qismlari chizmada to’liq ko’rsatilgan.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning zarurati. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning O’zbekistonga xos usuli. Bozor iqtisodiyotiaga o’tish XX asrga xos bo’lgan, umumjahon voqelikdir. Bozor iqtisodiyotiga o’tish kishilarning xoxish-irodasi emas, balki obyektiv zaruratdir. Jahondagi rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shuni ko’rsatadiki, faqat bozor munosabatlari zaminidagina ishlab chiqarishni barqarorlashtirish, ko’plab sifatli tovarlar yaratish, ularga bo’lgan talabni qondirish, tejamli xo’jalik yuritish, to’kinchilik yaratib, xalqni faravon turmush sari yollash, xalol va samarali mehnatni qadrlash, adolatni o’rnatish mumkin. Ma’lumki hozirda rivojlangan mamlakatlar deganda yirik 7 ta mamlakatni tushunamiz, bular AQSH, Yaponiya, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va Italiyadir. Bundan tashqari rivojlanib kelayotgan Janubiy Koreya, Singapur, Tailand, Tayvand kabi Osiyo mamlakatlarini ham aytadigan bo’lsak, ularning tajribalari yuqoridagi fikrimizni tasdialaydi. Masalan: Janubiy Koreyada bozor munosabatlari jadal rivojlantirilgani oqibatida 1965-1987-yillarda axoli, jon boshiga milliy daromad o’rtacha 6.4% ga ko’paygan, natijada qoloq, kambag’al mamlakat bo’lmish Janubiy Koreya rivojlangan, boy, xalqi to’q mamlakatga aylandi. Binobarin, davlat sotsiyalizm nomini olgan totalitar tuzumda qolib ketgan davlatlar asta-sekin iqtisodiy tushkinlikka uchradilar. Masalan: Sobiq SSSR g’oyat katta potensialga ega bo'la turib 1988 yilda ishlab chiqarish darajasi jlhatidan 69 o’ringa, axoli jon boshiga milliy daromad jihatdan 78 o'ringa tushib qoldi. Binobarin, davlat sotsiyalizm nomini olgan totalitar tuzumda qolib ketgan davlatlar asta-sekin iqtisodiy tushkinlikka uchradilar. Masalan: Sobiq SSSR g’oyat katta potensialga ega bo'la turib 1988 yilda ishlab chiqarish darajasi jlhatidan 69 o’ringa, axoli jon boshiga milliy daromad jihatdan 78 o'ringa tushib qoldi. G'arb ekspertlari, iqtisodiy rivojlanishning samaradorligini 10 ballik sistemada boxolaganlarida quyidagi iqtisodiy taraqqiyot darajasi aniqlandi: Singapur-10, Yaponiya 9.4, Tayvan, Gonkong va AQSH-9,1, Kanada-9, Qozog'iston-2.7, Ukraine- 2.3, Rossiya 2.2, Mongoliya-2.1, Turkmasniston-1.7, Tojikiston-1,1. Dunyo iqtisodiyotida tutgan o'rni, nufuzi va ishonchli bo'lishi (bunga 10 ta iqtisodiy ko'rsatkich kiradi) jihatidan olganda, bozor tizimidagi mamlakatlar oldingi o'rinlarda tursalar, totalitar tizimda yashab kelgan mamlakatlar, xususan 1993-yil natijalarini ko'rsak, Yaponiya-1, AQSH- 2, Ukraina-145, Rossiya-149, Malayziya-33, Qozog'iston-158, Mongoliya-151, Turkmaniston-158, Tojikiston-160, Kuba eng oxirgi- 169 o'rinda turadi. Aytilgan raqamlarning hammasi bozor jqtisodiyotining samaradorligidan darak beradi. Bozor munosabatlari iqtisodiyotining jadal borishini ta’minlavchi 3 ta kuchnin yuzaga keltiradi. 1. Iqtisodiy faoliyat erkinligi-bu uddaburonlik uchun keng imkoniyatlar beradi. 2. Raqobatlar kurashi- bu kim o'zdi qoidalarlni yuzaga keltiradi va novatsiyaga (yangilikni joriy etishga) undaydi, texnika-texnologiyani, mehnat unumdorligini oshirishga, qattiq mehnat intizomiga olib keladi. 3. Daromadlarning cheklanmasligi-bu qo'shimcha daromad topishga intilishni paydo qiladi. Boylikka havas iqtisodiy faollikka olib keladi. Tarixan, bozor iqtosodiyotiga o'tishga eng so'nggi navbatta sotsiolistlk mamlakatlar o'tmoqda. Xalqaro tajribada bozor iqtisodiyotiga o'tishning bir qancha modellari mavjud, ulardan ayniqsa, Amerika, Germaniya, Xitoy, Shvetsiya, Yaponiya, Turkiya, Janubiy Koreya modellari mashxur. Bu modellarning hammasi ham o'z mamlakatlariga mos va xos ravishda xizmat qilgan va qilmoqda, hamda o'ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, Amerika modelining o'ziga xos xususiyati uning tadbirkorlikni axoli orasida keng yoyishga, ommaviyligiga erishishga intilishdadir. U jamiyat a'zolaridan xar birining ishbilarmonlik faoliyatini qo'llab qo'ltiqlash, iqtisodiy faolligini, xususiy manfaatdorligini oshirish, boyishi uchun shart-sharoit yaratishga qaratilgandir. Mamlakat iqtisodiy rivojlanishidagi ayrim ziddiyatlar, pasayish, inflyatsiya singari noxo'shliklar ko'plab sug'urta, xayriya jamg'armalari, qolaversa, davlat yordamida xal etib boriladi. Bunda davlat qattiqqo'l, mehribon otadek barcha iqtisodiy qonunlarni to’la va to'gri bajarilishini kuzatib, nazorat ostida olib boradi. Yaponiya model ikkinchi jahon urushida vayronaga aylangan mamlakatda, o'z axolisi xisobiga, hokimiyatni har tomonlama va so'zsiz qo'llab-quvvatlashi, yapon vatanparvarlik tuyg'usi asosida yaratildi. Bu model eng avvalo ishlab chiqarishni chetga maxsulot chiqarishga moslashtirish, valyuta ishlash, shu xisobiga eng yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, mehnat unumdorligini oshirish, tadbirkorlikni qo'llab-quwatlash, axolini tabaqalashtirishni tezlashtirish xisobiga vujudga kelgan. Biroq maqsadga erishilgach, axolining extiyojmand qismiga davlat va ftrmalar yordami kuchaytirildi, umumiy farovonlikkar erishildi. Shvedcha model amerikacha va yaponcha modellardan farqli o'laroq iqtisodoyotni ko'proq ijtimoiy yo'nalishda tashkil qilinganligi, ish xaqi orasidagi farqning yiqori emasligi bilan ajralib turadi. Bu model milliy daromadni axolining extiyojmand qismiga ko'roq taqsimlash va tabaqalanish, tengsizlikni kamaytirishga qaratilgan. Shuning uchun Shvetsiya axolisi faravonlik jihatidan jahonda yetakchi o'rinni egallaydi. Yuqorida keltirilgan modellarni umumlashtirib, bozor iqtisodiyotiga o'tishning uch turga yoki modelga bo'lishimiz mumkin: 1. G'arbiy Yevropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlar yo'li. 2. Mustamlakachilikdan ozod bo'lib, mustaqil taraqqiyot yo'liga kirib rivojlanayotgan Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarining yo'li. 3. Mustaqil Davlatlar Xamdo'stligi mamlakatlari, boshqacha aytganda, sotsiolistik livojlanish yo'lidan borgan va xozirda bozor iqtisodiyoti yo'lini tanlagan mamlakatlar yo'li. Sobiq sotsiolistik mamlakatlarda, jumladan O'zbekistonda davlatlashtirilgan, o'ta markazlashtirilgan va yagona bir markazdan boshqariluvchi iqtisodiyotdan - bozor iqtisodiyotiga o'tish zarurligi quyidagi bosqichlarni taqozo etadi: 1. Bozor iqtisodiyotiga o'tishning xuquqiy asoslarini yaratish, ya'ni uni ta'minlovchi yuridik qonunlar tizimini yaratish. 2. Bozor inftastrukturasini shakllantirish. Bunda bozor iqtisodiyotiga xos aloqalarni o'rnatishga ko'mak beruvchi, ya'ni bozorga xizmat ko'rsatuvchi soxalarni, tashkilot, korxona va muassasalarni yaratish. 3. Mulkchilik va xo'jalik yuritish usullarini privitatsiyalash. 4. Narx-navoni liberallashtirish, narxlarni erkin qo'yib yuborish, narx ustidan davlat nazoratini minimal darajaga keltirish. Bozor iqtisodiyotiga o'tishning umumiyligi, masalan, xususiy mulkchilik, iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va uyg'unlashtirishda talab, taklif qoidalarining bir xilligi bo'lishi bilan bir qatorda xar bir mamlakatning o'z yo'li mavjuddir, bunga uning milliy kelib chiqishi, joylashgan yeri va boshqa omillar sabab bo'ladi. Download 128.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling