5-mavzu. Cho‘kindi tog‘ jinslari haqida umumiy tushuncha Reja


Mexanik cho’kindi tog’ jinslari va qurilishda ishlatilishi


Download 289.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana13.04.2023
Hajmi289.25 Kb.
#1352556
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-mavzu. Cho‘kindi tog‘ jinslari haqida umumiy tushuncha

5.2.Mexanik cho’kindi tog’ jinslari va qurilishda ishlatilishi. 
 
Mexanik cho’kindi tog’ jinslari metomorfik, magmatik yoki cho’kindi tog’ 
jinslari nurashi natijasida hosil bo’lgan turli kattalikdagi zarrachalar yig’indisidan 
iborat. CHo’kindi tog’ jinslari zarralarining katta-kichikligiga va ularning 
bog’langan-bog’lanmaganligiga ko’ra; a) zarrachalari bog’lanmagan va b) 
zarrachalari bog’langan chaqiq cho’qindi tog’ jinslari guruhlariga bo’linadi. 
Zarrachalari bog’lanmagan chaqiq cho’kindi tog’ jinslari. Bu guruhga yirik 
zarrachalarning diametri 0,05 mm va undan ham katta, ya’ni tarkibida valun (katta 
yumaloq tosh), xarsang tosh, shag’al, graviy, sheben, dresva (o’tkir qirrali mayda 
shag’al) va bir-biriga puxta hamda jips yopishgan tsementlangan har-xil o’lchamli 
shag’allardan iborat bo’lgan konglomeratlar, brekchiya, qumtoshlar va boshqalar 
kiradi. 


Zarrachalari bog’lanmagan chaqiq cho’kindi tog’ jinslari zarralarining 
o’lchamiga ko’ra klassifikatsiyalanadi. 1-jadvalda keltirilgan zarrachalar tog’ jinsi 
tarkibida 50% dan ortig’ini tashkil qilsa, shu zarraning nomi tog’ jinsiga beriladi. 
Masalan, qumning tarkibida 1-2 mm kattalikdagi zarrachalar 50% dan ortiq bo’lsa, 
u qum-yirik qum deb ataladi. Umuman yuqorida keltirilgan zarrachalari 
bog’lanmagan cho’kindi tog’ jinslari nam va quruq holatda bo’lishiga qaramay 
ularning xususiyatlari bir xildir. Ular yaxshi siqilmaydi, shuning uchun 
inshootlarga poydevor hisoblanadi. 
Zarrachalari bog’langan chaqiq cho’kindi tog’ jinslariga gil, mergel (gil va 
kalьtsiy karbonat aralashmasi), supes, suglenok, gilli slanetslar, lyoss va lyossimon 
tog’ jinslari kiradi. Gil deb mayda (diametri 0,002 mm kichik) zarrachalardan 
iborat va ko’p miqdorda suvni (3 dan 60% gacha) shimib olish qobiliyatiga ega 
bo’lgan tuproq mineral massalar to’plamiga aytiladi. Gil quriganda uning hajmi 
kamayib yoriladi. Gil suv o’tkazmaydi, boshqa jinslarga nisbatan petrografik 
tarkibi jihatidan oddiy alyumosilikatlardan iborat bo’lib, unga temirning tuzli 
okisdlari va boshqa minerallar aralashgan bo’ladi. Umuman gillarning tarkibi juda 
ham o’zgaruvchan bo’ladi. Gillar o’z tarkibiga qarab, plastik bo’lmaydi yoki 
yuqori darajada plastik bo’ladi. Gillarning kelib chiqishi turlichadir. Muzlik gillar, 
dengiz gillari, okean gillari va boshqa gillar bo’ladi. Eng ko’p gil yotqiziqlari 
dengizda hosil bo’ladi. 

Download 289.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling