5-Mavzu. Diqqаt rеjа: Diqqаt to‘g‘risidа tushunchа Diqqаtning fiziоlоgik mехаnizmlаri


Download 53.23 Kb.
bet2/4
Sana24.01.2023
Hajmi53.23 Kb.
#1116493
1   2   3   4
Bog'liq
Ma\'ruza

Diqqat–psixik faoliyatning yo`naltirilishi va shaxs uchun ahamiyatli bo`lgan ob’ekt ustida to`planishdir.






Diqqatning nerv – fiziologik mexanizmini I.P Pavlovning yozishicha oriyentirovka refleksi tashkil etadi. Buni Pavlov «bu nima» refleksi deb ham atagan edi. Bundan tashqari, diqqat ma’lum nerv markazlarining qo’zg`olishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan ham bog`liqdir.






Ixtiyoriy diqqat deb ongimizni aniq maqsad asosida va idoraviy kuch yordamida kerakli ob’ektga yo`naltirishga aytiladi. Agar ixtiyorsiz diqqatda ish bizni o`ziga shunchaki jalb qilib olsa, ijtiyoriy diqqatda biz diqqatimizni qaratish uchun o`z oldimizga ongli suratda maqsad qo`yamiz, qiyinchiliklarni yengib, diqqatni to`plash uchun kurashib va xar qanday boshqa narsalarga berilmaslik uchun iroda kuchini sarflab diqqatimizni ongli ravishda narsaga qaratamiz. Ixtiyoriy diqqatning xarakterli xususiyati xuddi mana shu maqsad ko’zlashda, irodaviy zo`r berishda namoyon bo`ladi. Ixtiyoriy diqqat irodamizning namoyon bo`lishidir.



Ixtiyorsiz diqqat maqsadsiz, rejasiz yuz beradi. Bunday xollarda faoliyat maroqliligi, qiziqarliligi yoki kutilmaganda sodir bo`lishligi bilan o`ziga jalb qiladi. Odam o`ziga ta’sir qilayotgan narsalarga, hodisalarga, bajarayotgan faoliyatiga beixtiyor berilib ketadi.




Ixtiyoriydan so`nggi diqqat.Ixtiyoriy diqqatdan tasqqari, diqqatning yana bir turini qayd qilib o`tish lozim, bu diqqat, ixtiyoriy diqqat kabi maqsadga qartilgan bo`lib, lekin doimiy irodaviy zo`r berishni talab qilmaydi. Masalan, o`quvchi uy topshirig`ini bajarishga kirishganda dastlab bu ishga o`zini majbur qiladi, ataylab diqqatni ish ustiga to`playdi, irodaviy zo`r beradi. Lekin ishga kirishib olgach, endi irodaviy zo`r berish pasayadi, diqqat o`z-o`zidan ish ustiga to`planadi, o`quvchi esa ishni berilib bajara boshlaydi. Ana shu paytda o`quvchining diqqati ixtiyoriy diqqatdan muvofiqlashgan diqqatga aylanadi.



1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling