3. Hujayralar harakatchanligining nomushak shakllari
Hujayralar harakatchanligining nomushak shakllarida aktin va miozin kabi oqsillar hujayralar tarkibiga kirib, ularning harakatlanishini – trombotsit, leykotsit, fibroblastlar va shu kabi hujayralarning amyobasimon harakatini; shuningdek hujayra ichida amalga oshadigan harakatlarni, Masalan xromosomalarning tarqalishi, endotsitoz, ekzotsitoz, epitelial kiprikchalar, mikrovorsinkalar harakatlarini ta’minlab turadi. Muskul hujayralaridan farq qilib, bu hujayralarda miozinning nisbiy miqdori kam bo’ladi, ba’zilarida faqat aktin oqsili mavjud bo’lib, faol harakatga ega hujayralarda, Masalan trombotsitlarda aktin sitoplazma umumiy oqsillarining 20-30 % ini tashkil etadi. Nomushak harakat shakllarida tubulin oqsili ham ishtirok etishi qayd etilgan.
Sinov savollari
sirpanuvchi tolalar nazariyasi haqida tushuncha bering.
Muskul tolasi faollashish jarayonida yuz beradigan jarayonlar haqida ayting.
Muskul tolasi qisqarishini ta’minlovchi jarayonlar haqida ayting.
Harakatning muskulsiz formalari haqida ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |