5-mavzu. Epidemiya, epizootiya, epifitotiya. Yuqumli kasallik turlari, tasnifi Reja
Download 24.12 Kb.
|
5-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashxislash usullari O’XI`ni tashxislashning quyidagi usullari ajratialdi: 1.
- Profilaktika
Karantinli infektsiyalar
«Karantinli infektsiyalar» atamasi hozirgi kunda «O’XYK» tushunchasiga teng emas, chunki «karantinli infektsiyalar» karantin qo’llaniladigan yuqumli kasalliklarning shartli guruhi hisoblanadi. To’liq karantin davlat tomonidan butun viloyat, shahar, tuman yoki alohida muassasa darajasida belgilanishi mumkin. O’XYK aniqlanganda o’ta qat’iy karantin e’lon qilinadi, ba’zan harbiy kuch ishtirokida ehtimoliy kasallangan bemorlar harakati cheknaladi, o’choq himoyaga olinadi. Darhaqiqat ba’zi istisnolar mavjud — JSST so’ngi yillarda u yoki bu mamlakatda vabo aniqlanganda qat’iy karantin e’lon qilish, savdoni to’xtatish maqsadga muvofiq emasligini bir necha bor ta’kidlamoqda. Tashxislash usullari O’XI`ni tashxislashning quyidagi usullari ajratialdi: 1. Klassik: Mikroskopiya; Polimerazali zanjirli reaktsiya (PZR); Agglyutinatsiya reaktsiyasi (AR); Immunoflyuorestsentsiya reaktsiyasi (RIF, Kuns usuli); Bakteriofag bilan sinov; Immuniteti sun’iy ravishda pasaytirilgan hayvonlarda biosinov. 2. Tezlashtirilgan: Qo’zg’atuvchi indikatsiyasi; Qo’zg’atuvchi antigenlari; Teskari passiv gemagglyutinatsiya reaktsiyasi (TPGAR); Koagglyutinatsiya reaktsiyasi (KAR); Immunofermentli tahlil yoxud analiz (IFA). Profilaktika O’ta xavfli infektsiyalar profilaktikasi infektsiya mamlakat bo’ylab tarqalib ketmasligi uchun juda yuqori darajada o’tkaziladi. Birlamchi profilaktik choralar sirasiga quyidagilar kiradi: Kasallangan bemorni gospitalizatsiya qilib, vaqtincha izolyatsiyada saqlash; Tashxis qo’yish, konsilumni chaqirtirish; Anamnezni yig’ish; Bemorga birinchi yordam ko’rsatish; Laborator tahlillar uchun material yig’ish; Aloqa qilingan shaxslarni aniqlash, qayd etish; Aloqa qilingan shaxslarni ularning kasallanganligi istisno etilguncha vaqtincha izolyatsiyda saqlash; Joriy va yakuniy dezinfektsiyani amalga oshirish. Bundan tashqari, infektsiyaning turiga qarab boshqa maxsus profilaktik choralar qo’llanilishi mumkin. Download 24.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling