JINSIY YO’L BILAN YUQADIGAN INFEKTSIYALAR — TASHXISLASH, DAVOLASH, OLDINI OLISH, ASORATLARI
Reja:
1 Tasnifi
1.1 Bakterial infektsiyalar
1.2 Virusli infektsiyalar
1.3 Protozoal infektsiyalar
1.4 Zamburug’li infektsiyalar
1.5 Parazitar kasalliklar
2 Yuqish yo’llari
3 Tashxis
4 Asoratlari
5 Davolash va oldini olish
TASNIFI
Jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklar (JYYK) yoki jinsiy yo’l bilan yuqadigan infektsiyalar (JYYI) — ushbu atamalar ostida jinsiy aloqa orqali yuqadigan infektsion kasalliklar tushuniladi.
Mahalliy tibbiyotda faqat jinsiy yo’l bilan yuqadigan infektsiyalar odatda venerik kasalliklar guruhiga (sifilis, gonoreya, donovanoz, yumshoq shankr) ajratiladi. Boshqa JYYKlar ko’pincha boshqa usullar bilan yuqadi: parenteral (OIV, gepatit B, gepatit C), bevosita aloqa (qo’tir), vertikal (xlamidioz).
Jinsiy aloqa orqali yuqadigan infektsion kasalliklarga (venerik) quyidagilar kiradi:
Bakterial infektsiyalar: chov granulyomasi (donovanoz), yumshoq shankr, sifilis, venerik limfogranulyoma, xlamidioz, gonoreya, mikoplazmoz, ureaplazmoz;
Virusli infeksiyalar: OIV, genital gerpes, inson papillomavirusi tomonidan chaqiriladigan o’tkir uchli kondiloma, gepatit B, sitomegalovirus (inson gerpesvirusi tip 5), kontagioz mollyusk, Kaposhi sarkomasi (Gerpes tip 8);
Protozoal infektsiyalar: trixomoniaz;
Zamburug’li infektsiyalar: kandidoz (molochnitsa);
Parazitar kasalliklar: ftiriaz, qo’tir;
Shartli patogen va saprofit mikroflora tomonidan chaqiriladigan kandidozli kolpit, nomaxsus uretrit va bakterial vaginoz kabi kasalliklar jinsiy yo’l orqali yuqadigan kasalliklarga kirmaydi, ko’pincha ular bilan birgalikda ko’riladi (va nomutaxassislar xatosi tufayli shu sinfga taalluqli deb qaraladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |