Jinsiy yo’l bilan yuqadigan infektsiyalar — tashxislash, davolash, oldini olish, asoratlari reja


Mikoplazmoz — ko’pincha mikoplazma tufayli siydik-tanosil tizimi shikastlanadigan surunkali infektsiya. Ureaplazmoz


Download 27.96 Kb.
bet3/8
Sana30.12.2022
Hajmi27.96 Kb.
#1072898
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jinsiy yol bilan yuqadigan kasalliklar

Mikoplazmoz — ko’pincha mikoplazma tufayli siydik-tanosil tizimi shikastlanadigan surunkali infektsiya.

  • Ureaplazmoz — hujayra qobig’idan mahrum bo’lgan maxsus grammanfiy mikroorganizm — Ureaplasma urealyticum tomonidan chaqiriladigan kasallik. Insonga infektsiya tug’ilishi vaqtida kasallangan onasidan yuqishi mumkin: mikroblar tug’ruq paytida bolaning jinsiy yo’llariga kirishi va u yerda nofaol holatda butun umr saqlanishi mumkin. Masalan, bolalarni tekshirayotganda, 5% holatlarda qinni ureaplazmalar bilan kolonizatsiyasi aniqlanadi.


    VIRUSLI INFEKTSIYALAR

    • OIV — odam immunotanqisligi virusi, oxirgi bosqichi orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) bilan ko’plarga tanish bo’lgam OIV-infektsiya kasalligini chaqiradi.

    • Ikkinchi turdagi oddiy gerpes virusi (ingl. Herpes simplex virus 2, HSV-2, Human herpesvirus 2) — odamlarda jinsiy a’zolar infektsiyalarini (genital gerpes) keltirib chiqaradigan Herpesviridae oilasiga mansub viruslar. Bu virus neyrotrof va neyroinvaziv hisoblanadi, ya’ni yuqganidan keyin asab tizimiga o’tadi. Virus ayniqsa immuniteti zaif kishilar uchun xavflidir, masalan OIV-infektsiyalangalar, shuningdek, yaqinda a’zolarni ko’chirib o’tkazish bo’yicha operatsiyalarni boshdan kechirganlar uchun, chunki ko’chirib o’tkazishda qo’llaniladigan dori-darmonlar immunitet tizimini bostirish xususiyatiga ega.

    • O’tkir uchli kondilomalar — kondilomalarning bu turi tana rangidagi kichik bo’rtmachalar bo’lib, ular jinsiy a’zolarda, orqa chiqaruv teshigi atrofida, ba’zida esa og’izda paydo bo’lishi mumkin. Odatda, ular virusli infektsiyadan kelib chiqadi, qo’zg’atuvchisi — odam papillomavirusi (OPV).

    • Odam papillomavirusi (HPV — Human Papillomaviruspapillomaviruslar avlodi, papovaviruslar oilasiga mansub virusdir. U faqat insondan insonga uzatiladi va to’qima o’sishi xususiyatini o’zgartiradi. OPVning 100 dan ortiq turi fanga ma’lum. Ularning 40 dan ortig’i erkaklar va ayollarning anogenital traktini (tanosil a’zolari va orqa chiqaruv teshigi) shikastlashi va o’tkir uchli kondilomalar paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin. Ulardan ba’zilari zararsiz, ba’zilari esa so’gal, saratonga sabab bo’ladi.

    • Gepatit B — virusli kasallik bo’lib, qo’z’g’atuvchisi gepadnavirus oilasiga mansub gepatit B virusi (maxsus adabiyotlarda «HBV virusi», «GB virusi» yoki «GBV» deb atalishi mumkin). Virus turli fizik va kimyoviy omillarga chidamliligi bilan ajralib turadi: past va yuqori haroratlarga (shu jumladan qaynashga ham), qayta-qayta muzlash va erishga, uzoq vaqt davomida kislotali muhit ta’siriga. Tashqi muhitda xona haroratida gepatit B virusi bir necha haftaga qadar saqlanishi mumkin: hatto quruq va ko’zga tashlanmaydigan qon dog’ida, britvada, ignaning uchida. Qon zardobida + 30 ° C haroratda virusning infektsionligi 6 oy davom etadi, -20 °C da taxminan 15 yil. 30 daqiqa davomida avtoklavlash, 160 °C quruq issiqlik bilan 60 daqiqa davomida sterilizatsiyalash, 60 °C da qizidirishda 10 soat davomida inaktivatsiyalanadi.

    • Sitomegalovirus (ingl. Cytomegalovirus, CMV) — bu gerpesviruslar (Herpesviridae) oilasiga mansub viruslardir. Ilmiy nomlanishi qadimgi yunon tilidan olingan: ‘cytos — hujayra’ + ‘megas — katta’ + ‘lat. virus — zahar’. Human herpesvirus 5 (HCMV-5 yoki odam gerpes virusi 5) vakili hisoblanadi va odamlarni infektsiyalab, sitomegaliyaga olib kelishi mumkin.


    • Download 27.96 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling