Jinsiy yo’l bilan yuqadigan infektsiyalar — tashxislash, davolash, oldini olish, asoratlari reja
Download 27.96 Kb.
|
Jinsiy yol bilan yuqadigan kasalliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kaposhi sarkomasi
- Trichomonas vaginalis
Kontagioz mollyusk — (yangi lot. molluskum contagiosum) qo’zg’atuvchisi chechak viruslaridan biri bo’lgan teri kasalligidir. Odatda teri shikastlanadi, ba’zan esa shilliq qavatlarga ham ta’sir qiladi. Ko’pincha infektsiya bir yoshdan o’n yoshgacha bo’lgan bolalarda uchraydi. Infektsiya bemor bilan bevosita aloqa yoki ifloslangan kundalik turmush buyumlari orqali yuqadi. Odatda, kattalardagi virusli infektsiya tashqi jinsiy a’zolar, sonlar, dumba yoki qorinninng pastki qismi terisi ustida bo’rtib chiqqan tugunchalar shakllanishiga olib keladi. Ular yarimshar shakliga ega bo’ladi. Rangi teri rangi bilan bir xil yoki biroz pushtiroq bo’ladi. Tugunchaning o’rtasida insonning kindikiga o’xshash botiqlik mavjud. Ushbu og’riqsiz shikastlanmalar infektsiyalangandan 3-6 hafta o’tgach paydo bo’ladi va diametri 1 mm dan 1 sm gacha o’zgarib turadi. Tugunchani bosganda, xuddi ugriga o’xshab, oqimtir tiqin chiqadi. Ko’pincha kontagioz mollyusk jiddiy muammolarga olib kelmaydi va taxminan 6 oy davomida o’z-o’zidan yo’qoladi; shuning uchun barcha hollarda davolanish talab qilinmaydi.
Kaposhi sarkomasi (Kaposhi angiosarkomasi) terining ko’plab yomon sifatli o’smalari bilan tavsiflanadi. Birinchi bo’lib venger dermatologi Moritz Kaposhi ta’riflagan va kasallikka uning nomi berilgan. Zika virusi — Flavivirus avlodiga mansub virus. PROTOZOAL INFEKTSIYALAR Trixomoniaz siydik-tanosil kasalliklari orasida tarqalganligi jihatidan birinchi o’rinda turadi. Bundan tashqari, trixomoniaz jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklar orasida ham birinchiliklar qatorida. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (1999 yil) ma’lumotlariga ko’ra, dunyo aholisining 10 foizi trixomoniazdan aziyat chekmoqda. Trixomoniaz har yili qariyb 170 million kishida qayd qilinadi. Qo’zg’atuvchi agenti qin trixomonadasi (Trichomonas vaginalis) hisoblanadi. Trixomoniaz, birinchi navbatda, bepushtlik, homiladorlik patologiyalari va shunga o’xshash asoratlarni keltirib chiqarishi bilan xavflidir. Erkak organizmida trixomoniazninig asosiy yashash joyi — siydik yo’llari, prostata bezi va urug’ pufakchalaridir, ayollarda — qin. Ammo organizmga birinchi marta kirganida, trixomonadalar doimo uretritga olib keladi. Yuqish kasallik tashuvchisi yoki kasallangan bemor bilan jinsiy aloqa qilish orqali amalga oshadi. Inkubatsion davri 1-4 hafta. Download 27.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling