Guruh: 102-a talaba: axrorova komilaxon


Download 395.51 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.05.2023
Hajmi395.51 Kb.
#1431963
Bog'liq
Документ (4)



FAKULTET: SANOAT FARMATSIYASI
YO’NALISH: FARMATSEVTIK 
BIOTEXNOLOGIYA
GURUH: 102-A
TALABA: AXROROVA KOMILAXON.
QABUL QILUVCHI: BOBOJONOVA 
SHAHZODA


Qon quyish (gemotransfuziya) — texnologiyasi
ko’rsatmalar, asoratlari 
Qon quyish, gemotransfuziya (qad. yun. αἷμα — qon va lot. 
transfusio
— 
quyish) — transfuziya amaliyoti bo’lib, bunda retsepient donordan qabul 
qiluvchi biologik suyuqlik qon yoki uning tarkibiy qismlari bo’ladi. Ushbu 
amaliyot o’rnini bosuvchi terapiyaning bir turi sanaladi. Rag’batlantiruvchi va 
o’rnini bosuvchi ta’sir bilan bir qatorda, u qonning ivish qobiliyatini oshiradi 
va zaharli moddalarni zararsizlantiradi. 
Ko’rsatmatlar 
Qon quyish amaliyoti kasalliklar, jarrohlik operatsiyasi, kimyoterapiya yoki 
terapiyaning boshqa turlari qonga o’tkazishi tufayli kerak bo’lishi mumkin. 
Bunda bemorga eritrosit, leykosit yoki trombositlar talab etilishi mumkin, 
xususan: 
• 
Eritrosit yoxud qizil qon tanachalari kuchli qon yo’qotish 
yoki 
kamqonlikda

• 
Trombositlar ularning miqdori kamligida (trombositopeniyada); 


• 
Leykosit yoxud oq qon tanachalari juda kamdan-kam hollarda 
uchraydigan ko’rsatmalarga ko’ra: 
Qon yo’qotishidan tashqari, gemopoez aplaziyasi, kuyishlar, infektsiyalar, zaharlanish 
va boshqalar ham qon quyish uchun ko’rsatma bo’lishi mumkin. 
Qon quyish texnologiyasi 
Qon quyish vena tomirlari orqali (o’tkir holatlarda arteriyalar orqali) amalga 
oshiriladi va qizil qon tanachalari, oq qon hujayralari, plazma oqsillari o’rnini 
bosish, shuningdek qon aylanishini, qon yo’qotish holatida uning osmotik 
bosimini tiklash uchun (shu maqsadda qon o’rnini bosuvchi moddalar 
ishlatilishi ham mumkin) qo’llaniladi. 
Transfuziya to’g’ridan-to’g’ri va donor qonini oldindan saqlab qo’yish orqali 
amalga oshirilishi mumkin. Qon quyish uchun zamonaviy yondashuv uning
tarkibiy qismlarni quyishni nazarda tutadi (plazma, qizil qon tanachalari 
massasi, oq qon hujayralari massasi, trombotsitlar massasi, yuvilgan 
eritrositlar, kriopretsipitat va boshqa nodir komponentlar). 
Tekshirilmagan qonni quyish paytida qabul qiluvchi qoniga donorda mavjud 
bo’lgan kasallik qo’zg’atuvchilari tushishi mumkin. Shu munosabat bilan, 
hozirda qon tarkibiy qismlarini karantin qilish usuli keng qo’llaniladi. 
Qon donorlari va qabul qiluvchining qonlari quyidagi parametrlar bo’yicha 
qat’iy mos kelishi kerak: 


• 
Qon guruhi; 
• 
Rezus omil. 
Ba’zi hollarda qon quyishda boshqa antigenlar, masalan, Kell antigenlari mavjudligini 
hisobga olish kerak bo’ladi. 
XX asrning 80-yillariga qadar, salbiy rezus omilga ega bo’lgan birinchi qon 
guruhi barcha guruhlar uchun universal donor deb ishonilgan, ammo 
agglyutinogenlarning kashf etilishi bilan bu fikr noto’g’ri deb tan olingan. 
Hozirgi vaqtda «universal» donorlik qoni yo’q, ammo shunga o’xshash qon 
o’rnini bosuvchi — «Moviy qon» deb atalmish suyuqlik mavjud. 
Amaliyot kechishi 
• 
Qon quyish og’riqli emas. Sezish mumkin bo’lgan yagona og’riq — 
venaga ignani kiritish vaqitda seziladigan yengil achish hissi. 
• 
Bir marta qizil qon hujaylari quyish amaliyoti 2-4 soat, trombositlar 
quyish esa 30-60 daqiqa vaqt talab qiladi. 
• 
Yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xavf — 
allergik reaktsiya
 yoki 
infektsiyadir, biroq bunday ehtimollik juda past ko’rsatkichga ega. 


Asoratlar 
Quyidagi holatlar kuzatilganda darhol shifokor chaqirish talab etiladi: 
• 
Tana haroratining 38 °C yoki undan yuqori bo’lishi; 
• 
Varaja; 
• 
Yuzning qizarishi yoki «yonayotgani» kabi his etilishi; 
• 
Toshma toshishi yoki kuchli qichishish; 
• 
Nafas olish qiyinlashuvi yoki hansirash; 
• 
Bel og’rig’i; 
• 
Ko’ngil aynishi yoki qayt qilish; 
• 
Zaiflik yoki hushdan ketish oldi holati; 
• 
Peshob rangining to’q bo’lishi. 

Document Outline


Download 395.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling