5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»


Download 430.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/35
Sana01.11.2023
Hajmi430.94 Kb.
#1738484
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
Ilmiy bilim. Bilishning eng oliy shakli fandir. Ayrim fanlarning vakillari fanni ta’riflar 
ekanlar, uni muayyan tadqiqotlar sohasi bilan bog’laydilar. Ilmiy bilim boshqa bilim turlaridan 
o’zining aniqligi bilan ajralib turadi.
Ilmiy bilim, ma’naviy ishlab chiqarishning barcha shakllari kabi, pirovardida inson 
faoliyatini tartibga solish uchun zarur. Bilishning har xil turlari bu vazifani turlicha bajaradi va 
mazkur farqning tahlili ilmiy bilimning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlashning birinchi va 
muhim sharti hisoblanadi.
Fan amaliy faoliyat predmetlarining (boshlang’ich holatdagi ob’yektning) tegishli 
mahsulotlarga (pirovard holatdagi ob’yektga) aylanish jarayonini oldindan ko’ra bilishni o’z 
oldiga pirovard maqsad qilib qo’yadi. Bu o’zgarish har doim ob’yektlarning o’zgarish va 
rivojlanish qonunlari bilan belgilanadi, faoliyat shu qonunlarga muvofiq bo’lgan taqdirdagina 
muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin. SHu sababli fanning asosiy vazifasi ob’yektlarning o’zgarish va 
rivojlanish qonunlarini aniqlashdan iborat.
Tabiatning o’zgarish jarayonlariga tatbiqan bu vazifani tabiiy fanlar va texnika fanlari 
bajaradi. Ijtimoiy ob’yektlarning o’zgarish jarayonlarini ijtimoiy fanlar o’rganadi. Hamonki 
faoliyat jarayonida har xil ob’yektlar – tabiat predmetlari, inson (va uning ongi holatlari), 
jamiyatning kichik tizimlari, madaniyat hodisalari sifatida amal qiluvchi belgilar ko’rinishidagi 
ob’yektlar va hokazolar o’zgarishi mumkin ekan, ularning hammasi ilmiy tadqiqot predmetlari 
bo’lishi mumkin.
Fanning faoliyatga jalb qilinishi mumkin bo’lgan ob’yektlarni o’rganish va ularni faoliyat 
va rivojlanishning ob’yektiv qonunlariga bo’ysunuvchi ob’yektlar sifatida tadqiq qilishga qarab 
mo’ljal olishi ilmiy bilimning birinchi eng muhim xususiyati hisoblanadi.
Ilmiy bilim o’zining ayni shu xususiyati bilan inson bilish faliyatining boshqa shakllaridan 
ajralib turadi. Masalan, borliqni badiiy o’zlashtirish jarayonida inson faoliyatiga jalb qilingan 
ob’yektlar sub’yektiv omillardan ajratilmaydi, balki ularga o’ziga xos tarzda bog’lanadi. 
Ob’yektiv dunyo predmetlarining san’atdagi har qanday in’ikosi ayni vaqtda insonning 
predmetga munosabatini aks ettiradi. Badiiy obraz – bu ob’yektning shunday bir in’ikosiki, unda 
inson shaxsi, uning qadriyatlarga munosabati aks etadi, bu xossalar aks ettirilayotgan borliq 
tavsifidan o’rin oladi. Bu mushtaraklikni istisno etish – badiiy obrazni buzish demakdir. Fanda 
esa, bilim yaratayotgan shaxs hayot faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari, uning mushohadalari 
yaratilayotgan bilim tarkibiga bevosita kirmaydi (N’yuton qonunlari N’yutonga nima yoqqani va 
yoqmaganligi haqida xulosa chiqarish imkonini bermaydi, vaholanki, masalan, Rembrandt 
mo’yqalamiga mansub portretlarda Rembrandt esse, uning dunyoqarashi va o’zi tasvirlayotgan 
ijtimoiy hodisalarga shaxsiy munosabati o’z ifodasini topadi; buyuk musavvir tomonidan 
yaratilgan portret doim uning avtoportreti sifatida ham amal qiladi).
Ilmiy bilim borliqni moddiy va ob’yektiv o’rganishga qarab mo’ljal oladi. Biroq bu 
olimning shaxsiy xususiyatlari, uning qadriyatlarini belgilashda, ilmiy ijodida rol o’ynamaydi va 
uning natijalariga ta’sir ko’rsatmaydi, degan ma’noni anglatmaydi. Ilmiy bilim nafaqat 
o’rganilayotgan ob’yektning o’ziga xos xususiyatlari, balki ijtimoiy-madaniy xususiyatga ega 
bo’lgan ko’p sonli omillar bilan ham belgilanadi.


Ilmiy bilimning tarixiy rivojlanishi madaniyatning o’zgarishi ilmiy bilimni bayon etish 
andozalari, fanda borliqqa yondashish usullari va tafakkur uslublarning o’zgarishga bog’liq. Bu 
andozalar, usullar va uslublar madaniyat kontekstida, uning har xil hodisalari ta’sirida 
shakllanadi. Bu ta’sirni ilmiy bilimning rivojlanish jarayoniga har xil ijtimoiy-madaniy 
omillarning qo’shilishi sifatida tavsiflash mumkin. Biroq har qanday bilish jarayonida ob’yektiv 
va sub’yektiv narsalar va hodisalarning aloqalarini qayd etish hamda fanni inson ma’naviy 
faoliyatining boshqa shakllariga bog’lab o’rganish zarurligi fan bilan bu shakllar (kundalik 
bilish, badiiy tafakkur va sh.k.) o’rtasidagi farq masalasini kun tartibidan chiqarmaydi. Ilmiy 
bilimning ob’yektivligi va moddiyligi bunday farqning birinchi va eng muhim xususiyati 
hisoblanadi.
Fan inson faoliyatida faqat uning moddiy tuzilishini farqlaydi va hamma narsani shu tuzilish 
nuqtai nazaridan ko’rib chiqadi. Qadimgi afsonada podsho Midas nimaga qo’l tekkizmasin, 
hammasi oltinga aylanganidek, fan ham nimaga murojaat etmasin, hamma narsa uning uchun 
ob’yektiv qonunlarga ko’ra yashaydigan, faoliyat ko’rsatadigan va rivojlanadigan predmetdir.
Fan nafaqat hozirgi amaliyot jarayonida o’zgartiriladigan, balki kelajakda amalda 
ommaviy o’zlashtirish predmetiga aylanishi mumkin bo’lgan ob’yektlarni o’rganishga qarab 
mo’ljal olishi ilmiy bilimning ikkinchi o’ziga xos xususiyati hisoblanadi. Bu xususiyat ilmiy va 
odatdagi, stixiyali-empirik bilimni farqlash va fanning tabiatini tavsiflovchi ayrim tushunchalarni 
ta’riflash imkonini beradi.

Download 430.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling