5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»
Download 430.94 Kb. Pdf ko'rish
|
Gipoteza – yangi dalillarning mohiyatini tushuntiruvchi qonun mavjudligi haqidagi
asosli taxmindir. Gipoteza olimlar tomonidan ilmiy muammoning qo’yilishiga sabab bo’lgan ilmiy dalillarni taxminiy tushuntirish maqsadida ilgari suriladi. Gipoteza tekshiriladigan bo’lishi lozim, u empirik tekshirish imkonini beruvchi oqibatlarga olib keladi. Agar bunday tekshirishning iloji bo’lmasa, gipoteza ilmiy jihatdan asossiz hisoblanadi. Gipoteza formal-mantiqiy qarama-qarshiliklardan xoli va ichki izchillikka ega bo’lishi lozim. Gipotezani baholash mezonlaridan biri – uning mumkin qadar ko’proq ilmiy dalildan kelib chiqadigan oqibatlarni tushuntirish qobiliyati. Biroq ilmiy muammoni qo’yish bilan bog’liq dalillarni tushuntiruvchi gipotezani ilmiy jihatdan asosli deb bo’lmaydi. Gipoteza ilgari ma’lum bo’lmagan narsalar va hodisalarni, empirik tadqiqot jarayonida hali aniqlanmagan yangi ilmiy dalillarning paydo bo’lishini bashorat qiladi. Gipoteza mumkin qadar sodda bo’lishi lozim. U oz sonli asoslar bilan ko’p sonli hodisalarni tushuntiradi. Unda ilmiy dalillarni va gipotezaning o’zidan kelib chiqadigan oqibatlarni tushuntirish zarurati bilan bog’liq bo’lmagan ortiqcha farazlar bo’lmasligi kerak. Gipoteza qay darajada asosli bo’lmasin, u nazariyaga aylanmaydi. SHu sababli ilmiy bilishning navbatdagi bosqichi – gipotezaning haqiqiyligini asoslash serqirra jarayon bo’lib, mazkur gipotezadan kelib chiqadigan oqibatlarning mumkin qadar ko’prog’i o’z tasdig’ini topishi lozimligini nazarda tutadi. SHu maqsadda kuzatish va eksperimentlar o’tkaziladi, olingan yangi dalillar gipotezadan kelib chiqadigan oqibatlar bilan taqqoslanadi. Empirik darajada qancha ko’p oqibatlar o’z tasdig’ini topgan bo’lsa, ularning boshqa gipotezadan kelib chiqish ehtimoli shuncha kam bo’ladi. Gipotezaning eng ishonarli tasdig’i – empirik tadqiqot jarayonida gipotezada bashorat qilingan oqibatlarni tasdiqlovchi yangi ilmiy dalillarning aniqlanishidir. SHunday qilib, har tomonlama tekshirilgan va amalda o’z tasdig’ini topgan gipoteza nazariyaga aylanadi. Download 430.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling