5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/35
Sana04.05.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1426284
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
Bog'liq
5 mavzu gnoseologiya a007a4c8ca028358a58bf353c8ff4093

Tamoyillar deganda, asosiy nazariy bilim, ilmiy dalillarni tushuntirishda dasturilamal 
bo’lib xizmat qiluvchi rahbar g’oyalar tushuniladi. Tamoyillar sifatida, jumladan, isbotlab 
bo’lmaydigan va isbot talab qilmaydigan aksiomalar, postulatlar amal qilishi mumkin.
Kategoriyalar – borliqning eng muhim tomonlari, xossalari va munosabatlarini aks 
ettiruvchi umumiy tushunchalardir. Fan kategoriyalariga ham shunday ta’rif berish mumkin. 
Biroq, umumiy xususiyatga ega bo’lgan falsafiy kategoriyalardan farqli o’laroq, fan 
kategoriyalari butun borliqning emas, balki borliqning muayyan parchasi xossalarini aks ettiradi.


Fan qonunlari hodisalar o’rtasidagi zarur, muhim, barqaror, takrorlanuvchi 
munosabatlarni yoritadi. Bu hodisalarning amal qilishi va rivojlanishi qonunlari bo’lishi 
mumkin. Tabiat, jamiyat va inson tafakkuri qonunlarini bilish – fanning muhim vazifasi. U 
o’rganilayotgan hodisalarning tushunchalar va kategoriyalarda qayd etiladigan umumiy va 
muhim tomonlarini yoritishdan ularning barqaror, takrorlanuvchi, muhim va zarur aloqalarini 
aniqlashga qadar bo’lgan yo’lni bosib o’tadi. Fan qonunlari va kategoriyalari tizimi uning 
paradigmasini tashkil etadi.
Paradigma – fan tarixining muayyan davrida uning rivojlanishini belgilovchi barqaror 
tamoyillar, umumiy me’yorlar, qonunlar, nazariyalar va metodlar majmui. U butun ilmiy 
hamjamiyat tomonidan fanning mazkur darajasida yuzaga keluvchi vazifalarni qo’yish va 
yechish usullarini belgilaydigan andoza sifatida tan olinadi. Paradigma tadqiqotchilik faoliyati, 
ilmiy eksperimentlarning natijalarini talqin qilishga yo’l ko’rsatadi, yangi dalillar va 
nazariyalarning bashorat qilinishini ta’minlaydi. U o’ziga mos kelmaydigan konsepsiyalarni 
inkor etadi va tadqiqotchilik vazifalarini yechish uchun andoza bo’lib xizmat qiladi. Paradigma 
tushunchasi bilish nazariyasiga amerikalik faylasuf T.Kun tomonidan kiritilgan. Uning fikricha, 
«normal fan»ga tegishli ilmiy paradigmaga tayangan holda muayyan vazifalarni yechish xosdir. 
Fan rivojlanishidagi normal davrlar inqiloblar bilan almashadi. Ular eski paradigma doirasiga 
sig’maydigan hodisalarning kashf etilishi bilan bog’liq. Natijada fanda inqiroz davri boshlanadi 
va u eski paradigma o’z ahamiyatini yo’qotishi va yangi paradigmaning yuzaga kelishi bilan 
yakunlanadi. YAngi paradigmaning qaror topishi fanda inqilob yasalishiga sabab bo’ladi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling