5-mavzu. Harakat xavfsizligini ta’minlash huquqini boshqa tarmoq huquqlari bilan bog‘liqligi. Reja


-modda. Fuqaro (jismoniy shaxs) tushunchasi


Download 102.53 Kb.
bet7/16
Sana06.04.2023
Hajmi102.53 Kb.
#1331446
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
5-MAVZU

16-modda. Fuqaro (jismoniy shaxs) tushunchasi
Fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi.
Agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, ushbu Kodeksning qoidalari barcha fuqarolarga nisbatan qo‘llaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8, 23-moddalari, mazkur Kodeksning 17, 1168, 1169-moddalari.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.02.00 Fuqarolarning huquq layoqati va muomala layoqati]
17-modda. Fuqarolarning huquq layoqati
Barcha fuqarolarning fuqarolik huquq va burchlariga ega bo‘lish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda e’tirof etiladi.
Fuqaroning huquq layoqati u tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 18, 41, 1169 va 1176-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 41-moddasi.
8-modda. Fuqarolik huquq va burchlarining vujudga kelish asoslari
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolik huquq va burchlari qonunchilikda nazarda tutilgan asoslardan, shuningdek fuqarolar hamda yuridik shaxslarning, garchi qonunchilikda nazarda tutilgan bo‘lmasa-da, lekin fuqarolik qonunchiligining umumiy negizlari va mazmuniga ko‘ra fuqarolik huquq hamda burchlarni keltirib chiqaradigan harakatlaridan vujudga keladi.
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Fuqarolik huquq va burchlari quyidagilardan vujudga keladi:
1) qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitimlardan, shuningdek garchi qonunda nazarda tutilgan bo‘lmasa-da, lekin unga zid bo‘lmagan shartnomalar va boshqa bitimlardan;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 353 — 355, 357, 364 — 366-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Pelnumining 22.12.2006-yildagi “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 1-2-bandlari.
2) qonunda fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asosi sifatida nazarda tutilgan davlat organlarining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hujjatlaridan;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 12, 15, 78, 206-moddalari.
3) sudning fuqarolik huquq va burchlarini belgilagan qaroridan;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 9 — 11-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 249 — 251, 257 — 259-moddalari.
4) qonun yo‘l qo‘yadigan asoslarda mol-mulk olish natijasida;
5) fan, adabiyot, san’at asarlarini yaratish, ixtirolar va boshqa intellektual faoliyat natijasida;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 81, 182, 1041 — 1048, 1056-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 31.10.1990-yildagi “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasi.
6) boshqa shaxsga zarar yetkazish natijasida;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 57-bobi (985 — 1004-moddalar).
7) asossiz boyib ketish natijasida;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 58-bobi (1023 — 1030-moddalar), O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 339–moddasi.
8) fuqarolar va yuridik shaxslarning boshqa harakatlari natijasida;
Oldingi tahrirga qarang.
9) qonunchilik fuqarolik-huquqiy oqibatlarning kelib chiqishi bilan bog‘laydigan hodisalar natijasida.
(8-modda ikkinchi qismining 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart bo‘lgan mol-mulkka bo‘lgan huquqlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, unga bo‘lgan tegishli huquqlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 84, 111, 185, 210, 481-moddalari.

Download 102.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling