5-mavzu. Harakat xavfsizligini ta’minlash huquqini boshqa tarmoq huquqlari bilan bog‘liqligi. Reja
Harakat xavfsizligini ta’minlash munosabatlarida
Download 102.53 Kb.
|
5-MAVZU
3. Harakat xavfsizligini ta’minlash munosabatlarida
mehnat huquqi ishtiroki. Mehnat huquqi O‘zbekiston Respublikasi milliy huquq tizimida o‘ziga xos o‘rin tutadigan huquq sohalaridan biri sifatida huquq tizimining mustaqil tarmog‘ini tashkil etadi hamda ijtimoiy munosabatlaming bir xil guruhini tartibga soladi. Milliy huquqning bir tarmog‘i boshqa huquq tannoqlaridan o‘zining tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlari turlari bilan farq qiladi va bunda huquqiy tartibga solish predmeti asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi. “Mehnat huquqi” atamasi tushunchasi bu huquq sohasi fuqarolaming mehnat qilish huquqlari, ularni amalga oshirilishi, mehnat bozori, unda ish beruvchilaming qatnashuvi, xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi huquqiy aloqalar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan huquq sohasi ekanligi anglatadi. Mehnat huquqi huquq tarmog‘i sifatida bozor munosabatlari sharoitida xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarga davlatning huquqiy yo‘l bilan ta’sir o‘tkazish, ushbu munosabat ishtirokchilari xatti-haraktlarini huquq normalari yordamida tartibga solishga qaratilgandir. Mehnat huquqi bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar orasida mehnat munosabatlari, ya’ni ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, boshqaruv jarayonidagi mehnat kooperatsiyasi asosida tashkil qiiingan mehnatga oid ijtimoiy munosabatlar etakchi o‘rinni egallaydi. Mehnat munosabatlari har qanday jamiyatda ob'yektiv xususiyatga ega va insonlarning tabiyatga tevarak-atrof predmetlariga irodaviy, maqsadli, ongli ta’sir etish tufayli yuzaga keluvchi ijtimoiy voqeylik sifatida liuquqiy tartibga solinishi zarur. Chunki mehnat munosabati noma’lum ko‘pchilik o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy aloqalar sifatida o‘zaro muvofiqlashtirishni, rollar va vazifalar aniq taqsimlangan, ularni bajarilishi davlat majburlovchi kuchi bilan ta’minlangan, qonun normalari bilan ishonchli himoyalangan bo‘lishi talab etiladi. Mehnat huquqi ommaviy (publichniy) huquqiy xususiyatga ham (eng muhim mehnat huquqlari va kafolatlarini davlat tomonidan qonun xujjatlarida mustahkamlab qo‘yilganligi hamda ish beravchining majburiyati sifatida belgilanganligi, huquqiy javobgarlik nazarda tutilganligi va boshqalar), xususiy huquqiy jihatlari ham bo‘lgan huquq tarmog‘i sifatida ommaviy-huquqiy usullaridan ham, xususiy huquqiy vositalaridan ham foydalanadi. Mehnat huquqining usuli, bu-mehnatga oid munosabatlami huquq normalari orqali tartibga solish chog‘ida qo‘llaniladigan chora va vositalar majmuidan iboratdir. Mehnat huquqning usuli mehnat munosabatlarini tartibga solishning quyidagi vositalami nazarda tutadi; Birinchi usul. Mehnatga oid munosabatlami tartibga solishda markazlashgan hamda lokal vositalarini birga qo‘llash. Markazlashtirilgan vositalardan foydalanish davlat huquqiy (ommaviy huquqiy) usul bo‘lib, unga ko‘ra davlat turli qonun hamda boshqa qonun xujjatlarini qabul qilish yo‘li bilan ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga soladi, bozor munosabatlarini tartibga soladi, bozor munosabatlari sharoitida fuqarolaming erkin mehnat qilish, kasb tanlash, xavfsiz va adolatli mehnat sharoitlarida ishlash, kamsitishlardan xoli bo‘lish huquqlarini ta’minlaydi, ish beruvchilaming o^zboshimchaliklaridan xodimlami himoya qiladi va ayni paytda tadbirkorlik sub'yekti bo‘lgan ish beruvchilami ham ayrim xodimlar tomonidan. Sodir etilishi mumkin bo‘lgan suiste’mollardan, g‘ayriqonuniy tajovuzlardan muhofaza qiladi. Xodimlar huquq hamda kafolatlarining eng quyi darajasi markazlashtirilgan tartibda belgilab qo‘yiladi. Markazlashtirilgan tartibda (davlat yo‘li bilan) o‘matilgan normativhuquqiy qoidalari ayrim tarmoq, korxona xususiyatlari e’tiborga olinib aniqlashtirilish vazifasi lokal normativ xujjatlar yordamida amalga oshiriladi. Yaxlit holda huquqiy tartibga solish usuliga tayanilgani holda uni tabaqalab (ayrim tarmoq, mintaqa, korxonalar gurahi, xodimlaming u yoki bu toifasi va boshqalar) tartibga solish amalga oshirilmoqda. Mehnat munosabatlarini tabaqalangan holda tartibga solish, usuli ob'yektiv hamda sub'yektiv omillarga tayanishini nazarda tutadi. Bunday omillar jumlasiga; 1. Ishlab chiqarish xususiyati (masalan, sanoat korxonasi yoki qurilishi korxonasi); 2. Xodimlaming fizalogik o‘ziga xosliklari (masalan ayollar mehnati, o^smirlar mehnati, nogironlar mehnati va.xakozo); 3. Korxonaning joylashgan hududi (iqlim yoki tab'iy og‘ir noqulay sharoitlar) xususiyatlari; 4. Kasb yoki vazifalarning o‘ziga xos xususiyati (masalan, ishchilar va xokazo); 5. Korxona mulkchilik shakli (masalan, aksiyadorlik korxonasi yoki xususiy korxona) kabilar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi milliy huquq tizimi ijtimoiy raunosabatlarning o‘zaro bir xil guruhlarini tartibga soluvchi alohida huquq sohalardan iborat. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida ellikka yaqin huquq sohalari mavjudligi qayd etilmoqda. Mehnat huquqi-huquq sohasi hamda qonunchilik tarmog‘i sifatida ichki elementlarning o‘zaro bog‘liqligi va yaxlitligi bilan diqqatga sazovordir. Huquq sohasi tizimi ushbu huquq sohasiga taalluqli huquq normalarni muayyan tartibda joylashtirilishidan iboratdir. Bunday tizimlashgan huquq institutlari, ya’ni sohaga nisbatan xususiyroq belgiga ega normalarni birlashtiravchi guruhdan iborat. Masalan, mehant shartnomasi, dam olish vaqti, mehnatga haq to‘lash va boshqalar huquq institutlaridir. Ayni paytda huquq institutlari o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra umumiy va maxsus qismlarga bo‘linadi. Umumiy qismida mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi umumiy (universal) normalar birlashgan. Maxsus qismi esa konkret mehnat munosabatlarining u yoki bu turini (masalan, ish vaqti mehnat intizomi, mehnat muhofazasi va boshqalar) tartibga soladi. O‘zbekiston Respublikasi mehnat huquqi tizimi quyidagilami o‘z ichiga oladi. a) mehnat huquqining prinsiplari; b) Mehnat huquqining manbalari; v) ijtimoiy sherikchilik; g) Ishga joylashtirish va mehnat bozori; d) Mehnat shartnomasi; e) ish vaqti; j) dam olish vaqti; z) Mehnat haq to‘lash; i) kafolatU va kompensatsiya to‘lovlari; k) mehnat intizomi; I) mehnat muhofazasi; m) moddiy javobgarlik; n) ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan qo‘shimcha kafolatlar; o) mehnat inzolari; p) ayrim toifa xodimlar mehnat munosabatlarini tartibga sohshning xususiyatlari; r) mehnat qonunchihgiga amal qilishni tekshirish va nazorat qihsh. Ma’lumki, moddiy va ma’naviy boyliklar yaratilish jarayonida ijtimoiy aloqalar - munosabatlar yuzaga keladi hamda bu munosabat ishtirokchilarining bir-birlariga nisbatan sodir etadigan xatti-harakatlari muayyan qoidalar doirasida bo‘lishi, ijtimoiy tartibga solinishi lozim. Mehnat munosabatlari qoidalari axloqiy, urf-odat, jamoat tashkilotlarining korporativ normalari bilan tartibga solinadi. Ammo mehnat jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning eng ta’sirchan, eng samarali shakli - mehnatga oid huquq normalari bilan tartibga solinishidir. Huquq normalari ta’sirida mehnatga oid ijtimoiy munosabatlar mehnatga oid huquqiy munosabatlarga aylanadi. Mehnat sohasidagi huquqiy munosabatlaming huquqiy bo‘lmagan (ma’naviy-ahloqiy, urf-odat qoidalariga asoslanuvchi) munosabatlardan farqli tomoni shundan iboratki, mehnat huquqiy munosabatlari davlatning qonunchilik, majburiy qoidalar o‘rnatish, davlat majburlovini qo‘llash faoliyati bilan bog‘liq bo‘ladi. Mehnatga oid huquqiy munosabatlarda uch tomonlama (xodim - ish beruvchi - davlat) aloqalar mavjud bo‘ladi va shu tufayli xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi sub'ektiv huquq va majburiyatlar har birining davlat bilan huquqiy aloqalariga tayanadi. Bunday aloqalaming mavjudligi mehnat huquqiy munosabat ishtirokchilariga o‘zaro muayyan harakatlami bajarish huquqinigina berib qolmasdan, balki ma’lum xulq-atvor qoidalariga amal qilish, o‘z huquq va majburiyatlarini davlatning kuch ishlatish - majburlash qudratiga tayangan holda amalga oshirish kafolatini beradi. Mehnat sohasidagi huquqiy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarga mehnat qonun hujjatlari bilan ta’sir ko‘rsatish natijasi ekanligi hisobga olinadigan bo‘Isa, bu munosabat ishtirokchisi har doim davlat ekanligi, uning erki-irodasi muntazam mavjud bo‘Ub turishi, anglanmog‘i lozim. Shu bilan birga mehnatga oid huquqiy munosabatlaming yuzaga kelishi va mavjud bo‘lishi uning tomonlari bo‘lgan xodim va ish beruvchining erkixohishi bilan belgilanadi. Mehnatga oid ijtimoiy munosabatlaming huquq normalari bilan tartibga solinishi melmat huquqiy munosabat tizimini yuzaga keltiradi. Hozirgi paytda mehnatga oid huquqiy munosabatlar tizimiga quyidagilar kiradi; 1) mehnat qilish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar; 2) ish beravchi va kasaba uyushmasi o‘rtasidagi tashkiliy-boshqaruv munosabatlari; 3) ishga joylashtirishga oid huquqiy munosabatlar; 4) kasbiy tayyorlash va malaka oshirish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar; 5) mehnat muhofazasi va mehnat qonunlariga rioya qilishni nazorat qilish sohasidagi huquqiy munosabatlar; 6) mehnat nizolami hal etishga oid huquqiy munosabatlar. Yuqorida barcha huquqiy munosabatlar tirik mehnatni qo‘llash (fuqarolik huquqidagi buyumlashgan, mehnat natijalaridan iborat bo‘lgan mehnatdan farq qilib) bilan bog‘liqligi tufayli yagona tabiatdagi huquqiy munosabatlar tizimini tashkil etadi. Mehnatga oid huquqiy munosabatlar orasida mehnat munosabatlari etakchi va biriktiruvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Mehnat qilishga qaratilgan huquqiy munosabatlar tufayligina boshqa mehnatga oid munosabatlar yuzaga kelishi mumkin. Mehnat huquqiy munosabatlar bo‘lmasa, uni tashkiliy-boshqaruv bilan, ishga joylashtirish bilan, malaka oshirish, kasbga o‘rgatish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlaming bo‘lishi mumkin emas. Boshqacha qilib aytganda, mehnat huquqiy munosabatlar yuz bermasa, mehnatga oid barcha boshqa munftsabatlar o‘z mazmuni va ahamiyatini yo‘qotadi. Mehnat huquqiy munosabat bilan bog‘liq bo‘lgan barcha boshqa huquqiy munosabatlami uch guruhga bo‘lish mumkin; 1) mehnat huquqiy munosabat yuz berishi oldidan vujudga keluvchi huquqiy munosabatlar (ishga joylashtirish, kasb o‘rgatish, saylov yoki tanlovda qatnashish va boshqalar); 2) mehnat huquqiy munosabatlar bilan birga yuz beruvchi va yonma-yon amalga oshuvchi huquqiy munosabatlar (mehnatni muhofaza qilish, mehnat qonunlari ustidan nazorat qilish bilan bog‘liq munosabatlar); 3) mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi (mehnat shartnomasini bekor bo‘lishi natijasida xodimlarni moddiy ta’minlash, ishga qayta tiklashga qaratilgan mehnat nizolarini ко'rib chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar). Mehnatni qo‘llash sohasiga oid barcha huquqiy munosabatlaming umumiy xususiyati - moddiy va ma’naviy boyliklar bunyod etish jarayonidagi ijtimoiy munosabatlaming yuridik ifodalanish shakli ekanligida hamda davlat va mehnat munosabatlari tomonlari erki-irodasi ifodalani- shida, mehnat huquqi normalari hamda tomonlari ro‘yobga cMqishida o‘z aksini topadi. Ijtimoiy mehnat munosabatlarini davlat yo‘li bilan, normativ-huquqiy aktlar vositasida tartibga solinishi mehnat bozorini shakllantirilishi, rivojlantirilishi, mehnat munosabatlariga bozor qoidalarini kengroq joriy etish, mehnatni tashkil etish va boshqarish jarayonlarida chuqur iqtisodiy, huquqiy islohotlami amalga oshirish imkonini beradi, bu islohotlarga tashkiliy va izchillik tusini beradi. Islohotlar jarayonining natijasi sifatida mehnatni davlat yo‘li bilan tartibga solish faoliyatini tobora takomillashtirilib borilayotganligi e’tiborga sazovordir. Ma’lumki, mamlakatimiz miqyosida mehnatni boshqarish bu sohadagi davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishida maxsus vakolatega bo‘lgan davlat boshqaruv organlarining ahamiyati yuksakdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 13-fevraldagi PF7810-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 75-sonli «Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaTori bilan Mehnat vazirligi va aholini ijtimoiy ta’minlash vazirligi tugatilib, ular negizida O‘zbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori bilan «O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish va/iriigi to‘g‘risida Nizom» tasdiqlandi. Ushbu Nizomning 2-bandiga ko‘ra: «O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi mehnat, aholini ish bilan ta’minlash, ijtimoiy muhofaza qilish va aholini ijtimoiy ta’minoti sohasida davlat boshqaruvining markaziy organi hisoblanadi. Uning o‘z vaKolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari vazirliklar, idoralar, joylardagi hokimiyat va boshqaruv organlari, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va muassasalar, shuningdek fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi». Vazirlik to‘g‘risidagi Nizomning 8-bandida uning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilab qo‘yilgan: Xalqning moddiy farovonligi barqaror o‘sishini ta’minlashga qaratilgan yagona ijtimoiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirish, iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sharoitida aholining ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish; Download 102.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling