1. Qonun osti me‘yoriy xujjatlarining ekologiya huquqidagi tutgan o’rni
Download 19.76 Kb.
|
14-Variant
14-Variant 1. Qonun osti me‘yoriy xujjatlarining ekologiya huquqidagi tutgan o’rni. Ekologiya huquqining manbalari tizimida qonunosti me'yoriy hujjatlarning tutgan o`rni beqiyosdir. Hammamizga ma'lumki, konstitutsiyaviy tamoyillar va O`zbekiston Respublikasining qonunlarda tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta'minlashning umumiy va maxsus qoida-talablari belgilanadi, mavjud ekologik munosabatlar tartibga solinadi. Lekin, ekologik huquqiy munosabatlar doimo o`zgaruvchan, rivojlanib turadigan tabiat-jamiyat o`rtasida paydo bo`ladi. Ayniqsa, muhim tabiiy obyektlarimiz hisoblangan yer, yer osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi va atmosfera havosi o`zaro bog`liq holda doimiy o`zgaruvchan bo`lib, respublikamizning turli mintaqa va hududlarida har xil tabiiy holatda mavjuddir. Shuning uchun ham respublikamiz viloyat, shahar va tumanlarining tabiiy holati bir-biridan farq qiladi. Ushbu hududda tabiatni muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish qoida-talablarini belgilash va amalda qo`llashda mahalliy tabiiy o`zgaruvchan hududoarning holati, o`ziga xos-xususiyatlari e'tiborga olinishi juda muhim hisoblanadi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, amaldagi aksariyat asosiy qonunlarimiz o`zgaruvchan turli tabiiy hududlarimizning o`ziga xos-xususiyatlarini belgilashning iloji yo`q. Mana shunday sharoitda qonunlarda mustahkamlangan qoida-talablarni mahalliy tabiiy hududlarda qo`llashda, ekologik muammolarni hal qilishda qonun osti me'yoriy hujjatlardan foydalaniladi. Demak, qonun osti me'yoriy hujjatlarimizning asosiy maqsadi va vazifasi, konstitutsiyaviy tamoyillar, qonunlarda belgilangan maxsus qoida-talablarni amalda qo`llanilishini osonlashtirish, ma'muriy hududlarning tabiiy holati asosida me'yoriy qoida-talablarni belgilash, ularning hayotiyligini ta'minlash va asosiy qoida-talablarni barcha yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazishdan iborat bo`ladi. Ekologiya huquqining qonun osti me'yoriy hujjatlari ham murakkab tizimga ega bo`lib, ekologik me'yorlar doirasi, qo`llanilishi tartibi, amal qilish muddati, hamda markaziy va maxsus davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari tomonidan qabul qilish ahamiyatiga ko`ra quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo`lishi mumkin. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari; Maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlarining me'yoriy hujjatlari (qaror, nizoim, yo`riqnoma, normativ va standartlar). Mahalliy davlat hokimiyat organlarining me'yoriy hujjatlari. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari amaldagi qonun hujjatlari asosida qabul qilinib, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurlardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta'minlash bilan bog`liq qoida-talablarni belgilaydi va begilangan doirada umum majburiy ahamiyat kasb etadi. Xususan, Respublika yer fondidan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida «Yerdan foydalanish samaradorligini oshirish to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilingan bo`lib, yer qonunchiligini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, ekologiya sohasida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 20 oktabr 469 sonli «1999 –2005 yillarda O`zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari Dasturi to`g`risida»gi qarori; «O`zbekiston Respublikasining Biologik rang-baranglikni saqlash bo`yicha milliy strategiyasi va harakatlar rejasi to`g`risida»gi 1998 yil, 1 aprel, 139-sonli qarori; «Chimyon – Chorvoq zonasi tabiiy boyliklarini saqlash hamda hududni o`zlashtirishga kompleks va izchillik bilan yondoshishni ta'minlash chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori va boshqa yuzlab yer, yer osti boyliklari, o`simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bilan bog`liq qarorlarining ahamiyati kattadir. Download 19.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling