1. Qonun osti me‘yoriy xujjatlarining ekologiya huquqidagi tutgan o’rni
-modda. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga bo‘lgan mulkchilik
Download 19.76 Kb.
|
14-Variant
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilishi manbalari.
4-modda. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga bo‘lgan mulkchilik
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat mulkidir va uning muhofazasidadir. Botanika, dendrologiya va hayvonot bog‘lari boshqa shakllardagi mulk asosida ham tashkil etilishi mumkin. 5-modda. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari tabiatni muhofaza etish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar jumlasiga kiradi. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlarida ularning maqsad-muddaosiga zid faoliyat taqiqlanadi. Yuqorida aytib o‘tilgan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishning tartibi va shartlari ushbu Qonun va yer to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qo‘yiladi. 5. Atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilishi manbalari. Atrof-muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish tushunchasi. Xalqaro miqyosda ekologik xavfsizlikni ta’minlash — atrof-muhit sifatini tirik organizmlar uchun yetarli darajada ushlab turadigan, qayta tiklaydigan va oshirib boradigan xalqaro munosabatlarni shakllantirishni taqozo qiladi. Ekologik xavfsizlikni ta’minlash uchun esa, albatta, butun dunyo mamlakatlari va xalqlarining bir me’yorda rivojlanishi, ekologik siyosat tizimida davlatlarning integratsiyalanishini talab qiladi. Bu borada BMТ, davlatlararo va nodavlat tashkilotlarining egallagan o‘rni va ularning ekologik masalalarining yechimini topishdagi ahamiyati kundan-kunga ortib bormoqda. Hozirgi zamon xalqaro ekologik hamkorlik uch yo‘nalishda amalga oshirilmoqda: Hozirgi zamon xalqaro ekologik hamkorlik uch yo‘nalishda amalga oshirilmoqda: 1) atrof-muhitni muhofaza qilishning davlatlararo va millatlararo hamkorligi hamda ulardagi ijobiy tajribalarni keng targ‘ib qilish; 2) mintaqada (regionda) yoki cheklangan zonalarda tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asoslangan chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularni amaliy tatbiq qilish; 3) global ekologik muammolarning yechimini topishda xalqaro hamjamiyatning universal yo‘llarini ishlatish. Atrof-muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish prinsiplari va manbalari. Xalqaro prinsiplar — xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan xalqaro huquq sub’yektlarining boshqaruv qoidalari. Xalqaro ekologik prinsiplar — xalqaro hamkorlik ishtirokchilarining, ya’ni sub’yektlarining, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va xalqaro Ekologiya huquqi ob’yektlaridan foydalanish borasidagi munosabat qoidalari. Bu qoidalar xalqaro huquq normalari zaminida yotishi va o‘zaro munosabatlarni huquqiy me’yorlash va huquqiy mexanizmni ishlab chiqishda yo‘nalish beruvchi ko‘rsatma tarzida xizmat qilishi kerak. BMТ Nizomining 2-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan va uning hamma a’zolari uchun majburiy hisoblangan xalqaro munosabat prinsiplari xalqaro ekologik prinsiplarning asosi hisoblanadi. Xalqaro ekologik prinsiplar Stokgolm, Rio-de-Janeyro, Yoxannesburg konferensiyalarining deklaratsiyalarida, Yevropada xavfsizlikni ta’minlashning yakuniy Xelsinki hujjatida va Umumjahon tabiat Xartiyasida va shu kabi xalqaro huquq manbalarida o‘z aksini topgan. BMТ Nizomining 2-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan va uning hamma a’zolari uchun majburiy hisoblangan xalqaro munosabat prinsiplari xalqaro ekologik prinsiplarning asosi hisoblanadi. Xalqaro ekologik prinsiplar Stokgolm, Rio-de-Janeyro, Yoxannesburg konferensiyalarining deklaratsiyalarida, Yevropada xavfsizlikni ta’minlashning yakuniy Xelsinki hujjatida va Umumjahon tabiat Xartiyasida va shu kabi xalqaro huquq manbalarida o‘z aksini topgan. Xalqaro ekologik-huquqiy prinsiplarning asosiylari quyidagilardan iborat: Tabiiy resurslarga davlat suverenitetligi. Davlatlar o‘z yuridiksiyasidan tashqaridagi atrof-muhitga zarar yetkazmaslik. Insonlarning ekologik huquqining afzalligi. Hamma bosqichda ekologik nazoratlash Ekologik axborot almashuvi erkinligi O‘zaro ekologik konsultatsiyalash Ekologik inqirozli holatda davlatlarning o‘zaro yordam ko‘rsatish Huquqiy-ekologik nizolarni tinchlik bilan hal qilish Ekologik muammolarni barqaror rivojlanish orqali hal qilish. Atrof-muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish manbalari — moddiy nuqtai nazardan butun dunyo hamjamiyati a’zolarining atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanishdagi xohish va irodalari aks etgan xalqaro huquqiy hujjatlar. Atrof-muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish manbalari — moddiy nuqtai nazardan butun dunyo hamjamiyati a’zolarining atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanishdagi xohish va irodalari aks etgan xalqaro huquqiy hujjatlar. Rasman esa atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish manbai deb xalqaro ekologik munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan huquqiy-me’yoriy hujjatlar yig‘indisiga aytiladi. Download 19.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling