Mavzu: Issiq suv ishlab chiqarish va binoni isitishga mo‘ljallangan gaz jihozlaridan foydalanish qoida va talablari. Reja
Download 0.64 Mb.
|
37-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markazlashmagan issiq suv ta’minoti
Mavzu: Issiq suv ishlab chiqarish va binoni isitishga mo‘ljallangan gaz jihozlaridan foydalanish qoida va talablari. Reja: Markazlashmagan issiq suv ta’minoti Mahalliy issiqlik punkti (MIP) orqali issiq suv ta’minoti Issiq suvlarni yig‘ish Markazlashmagan issiq suv ta’minoti Markazlashtirilmagan issiq suv ta’minoti bo‘lmaganda yoki issiq suv bilan ta’minotini markazlashtirishning imkoniyatlari bo‘lmaganda markazlashmagan yoki mahalliy issiq suv ta’minoti qo‘llaniladi. Turar-joy va jamoat binolarida issiq suvni mahalliy tayyorlashning manbai bo‘lib gazli va elektr suv isitgichlar yoki qattik yoki gazsimon yoqilg‘ida ishlovchi suv isitish kolonkalari xizmat qiladi. Sanoat korxonalarining maishiy xonalarida dush setkalari soni 5 tagacha bo‘lganda yoki issiq suvga issiqlikning sarfi 58 kVt dan oshmaganda individual bug‘-suvli yoki suv-suvli isitgichlar qo‘llaniladi. Gazli suv isitgichlar 5 qavatdan baland bo‘lmagan turar-joy binolarida o‘rnatiladi. Jamoat binolarining alohida xonalarida (mexmonxona, dam olish maskanlari va sanatoriylar vanna xonalarida; maktablarda, bufet va yashash xonalaridan tashqari; sport zallair va qozonxonalari dush xonalarida) individual gaz suv isitgichlari o‘rnatish ta’qiqlangan. Gazli suv isitgichlar oqimli va hajmli bo‘ladi. Oqimli tez harakatlanuvchi suv isitgichlar aholi yashash binolarining oshxonalarida o‘rnatiladi. Ular ikki nuqtali suv qabul qilish uchun mo‘ljallangan. Quvvati kattaroq, masalan AGV tipdagi hajmli avtomatik gazli suv isitgichlar turar-joy binolarining mahalliy isitish va issiq suv ta’minoti tizimlarining birgalikda ishlashida qo‘llaniladi. Mazkur suv isitgichlar yotoqxona va mexmonxonalarning umumiy foydalanish oshxonalarida ham o‘rnatish mumkin. Elektr suv isitgichlardan turar-joy binolari, mexmonxonalar, yotoqxonalar, sartaroshxonalar, shifoxonalarda foydalanladi. Ular qulay va gigienik tarafdan ma’quldirlar. Elektr suv isitgichlarning konstruksiyalari 30-1000 litr hajmli germetik suv rezervuarlari va qarshilikning isitish elementlaridan iboratdir. Elektr tokining avtomatik ravishda yoqish va o‘chirish orqali suvning isitilishi rostlanadi. 100 litrgacha bo‘lgan hajmlii suv istigichlar devorda, undan kattalri esa polda o‘rnatiladi. Kam sonli xonadonlari bor turar-joy binolarida, kichik oshxonalarda suvni isitish uchun suv isitish kolonkalari qo‘llaniladi (III.3-rasm). Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling