5-mavzu. Innovatsion pedagogik faoliyatni loyihalashtirishning ilmiy pedagogik asoslari Reja 1


 Innovatsion pedagogik muhitni tashkil etish vositalar


Download 213.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana29.01.2023
Hajmi213.16 Kb.
#1137775
1   2   3
Bog'liq
5-ma'ruza

2. Innovatsion pedagogik muhitni tashkil etish vositalar. В.I.Slabodchikov 
g‘oyasiga ko‘ra qayerda ta’lim muhiti mavjud bo‘lsa, uning mazmun-mohiyati
aloqalari va vositalari mavjud bo‘ladi. Muhit o‘zining chegarasi va tarkibiga ega. 
“Muhit asosini nimalar tashkil etadi?”, “uning qanday aloqalari mavjud?”, 
“muhitning vositasi nima va nimalari bilan ajralib turadi?” kabi savollarga javob 
berishi kerak. Ta’lim muhiti ilgaridan belgilab berilgan, qandaydir bir ma’noli 
narsa emas. Ta’lim beruvchi va talabalarning uchrashuvi qayerda boshlansa, o‘sha 
yerdan ta’lim muhiti boshlanadi, qaysiki ularning birgalikdagi faoliyatining manbai 
sifatida alohida institutlarda, ta’lim dasturlari, ta’lim subyektlari orasida ta’lim 
jarayoni tashkil etilib, muhit loyihalanadi va quriladi. Bundan, muhit ta’limni 
tashkil etish jarayonida subyekt (o‘qituvchi va o‘quvchi)larning birgalikdagi 
faoliyatining fazosi sifatida izohlanadi [19]. 
Innovatsion pedagogik muhit shaxsni har tomonlama rivojlanishiga ta’sir 
ko‘rsatadigan, pedagogik ijodkorlikni, noan’anaviy fikrlashni shakllantiradigan 
ta’lim muhiti bo‘lib, bu muhitni yaratuvchilari o‘qituvchi va o‘quvchilar 
hamkorligini ta’minlanishi hisoblanadi. 
Innovatsion pedagogik muhitni tashkil etish vositalarini shartli ravishda ikki 
qismga bo‘lib ko‘rsatishimiz mumkin. Birinchisi moddiy, ikkinchisi ma’naviy 
vositalardir. 
Moddiy vositalarga informatika o‘qituvchisi innovatsion pedagogik muhitni 
tashkil etishda foydalanidigan qonuniy me’yoriy hujjatlar, loyihalashtirish 
hujjatlari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, barcha turdagi texnik vositalar, 
ma’naviy vositalarga loyihalashtirishning umumiy vositalari: ijtimoiy buyurtmalar, 


tegishli informatika fanining nazariy amaliy tushunchalari, innovatsion pedagogik 
texnologiyalardan nazariy va amaliy qo‘llanmalar, ko‘rsatmalar, fanning o‘quv 
qo‘llanmalari, majmualari, elektron ta’lim resurslari va h.k. 
Pedagogik jarayonning ishlanmasi bilan innovatsion loyihalashtirish farq 
qiladi, ishlanma hech qanday yangi g‘oyalarga asoslanmasligi, ilgaridan ma’lum 
metodlar va usullardan, texnologiyalardan foydalanish, har doim ham istiqbolli, 
ertangi kun ehtiyojini hisobga olmasligi, o‘quvchi shaxsining qimmatli 
ehtiyojlari(xohlaydimi, yo‘qmi?)ni hisobga olmasligi mumkin. Innovatsion 
pedagogik loyihalashtirish esa aksincha, o‘quvchini har tomonlama o‘rgangan 
holda uning shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olish, o‘qitishda hali ma’lum bo‘lib 
ulgurmagan innovatsion pedagogik texnologiyalardan, metodlardan, zamonaviy 
axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan, elektron ta’lim 
resurslaridan foydalaniladi. 

Download 213.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling