O‘quv jarayonini rejalashtirish
|
Ta’lim samaradorligini ta’minlash, o‘quvchining ehtiyojini hisobga olgan holda ta’lim dasturlarini amalga oshirishda
|
O‘zlashtirishni baholash va qayta aloqa (fidbek)ni taqdim etishda
|
Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishda
|
Xavfsiz rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish va ta’minlashda
|
O‘zini o‘zi rivojlantirish va kasbiy o‘sishda
|
Hamkasblar va o‘quvchilarning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan hamkorlik qilishda:
|
o‘qitiladigan fanning real hayot bilan bog‘liqligiga asoslangan holda darslarni rejalashtirish;
|
o‘quv maqsadlari, o‘quvchilar ehtiyoji va yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda taʼlimning turli shakllari, metodlari hamda samarali strategiyalarni qo‘llash, bunda o‘quvchilar ehtiyojini birinchi o‘ringa qo‘yish, ularga erishish imkoni bo‘lgan vazifalarni belgilash, muvaffaqiyatga undovchi motivatsiya berish;
|
formativ va summativ baholashning turli usullarini qo‘llagan holda o‘quvchilarni baholash hamda baholash natijalaridan darsni rejalashtirishda va o‘quvchilarga motivatsiya berishda foydalanish;
|
o‘quvchilarni milliy qadriyatlarni hurmat qilish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mintaqaning tarixiy-madaniy o‘ziga xosligini (o‘lkashunoslikni) o‘rganish maqsadida o‘yin, o‘quv-tadqiqot, loyiha ishi kabi turli sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni olib borish;
munosabat o‘rnatishga undash
|
o‘quvchilarga emotsional farovonlikni ta’minlovchi xavfsiz ta’lim muhitida ta’lim olish huquqiga ega ekanliklarini tushuntirish;
|
refleksiyani muntazam ravishda amalga oshirish orqali o‘z ta’limiy faoliyatini baholash, o‘z kasbiy rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
|
ta’lim jarayonida ota-onalar bilan hamkorlik qilish, ularning maktab va sinf hayotida ishtirokini qo‘llab-quvvatlash;
|
ta’lim standartlari, o‘quv dasturi talablarini hisobga olgan holda o‘quvchilarga differensial yondashuv asosida darsning aniq maqsadlarini belgilash;
|
ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv jarayonida bolalarda faol o‘rganish, ijodiy va tanqidiy fikrlash, jamoada ishlash, muammolarni hal qilish va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
|
o‘quvchilarning baholash natijalarini muntazam tahlil qilish, ularning ta’lim olishdagi qiyinchiliklarini aniqlash, ushbu tahlil natijalaridan olingan ma’lumotlar asosida kundalik dars rejasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, baholash vositalarini takomillashtirishda foydalanish;
|
o‘quvchilarning maktab ustavi va ichki tartib-qoidalarini tushunib, ularga amal qilishlariga yordam berish;
|
o‘quvchilarga ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishga yordam berish;
|
milliy va xalqaro kasbiy rivojlanish dasturlarida, shuningdek, malaka oshirish kurslari, seminarlar, vebinarlar, treninglar va hokazolarda ishtirok etish, egallagan ko‘nikmalarni o‘z kasbiy faoliyatiga tatbiq etish va orttirgan tajribasini hamkasblari bilan o‘rtoqlashish;
|
samarali ijtimoiy muloqotni tushunish va amalga oshirish, individual va jamoaviy ishda jamoatchilik (pedagoglar, ota-onalar) bilan o‘zaro samarali munosabatlarni o‘rnatish;
|
fanlararo bog‘liqlik va fanlar integratsiyasi tamoyillarini inobatga olgan holda darslarni rejalashtirish, bunda o‘quvchilarning jarayonlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunishlarini ta’minlash;
|
o‘quvchilarning tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish, dars samaradorligini oshirish maqsadida ta’limda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
|
o‘quvchiga baholash natijalarini batafsil sharhlab, unga qayta aloqa (fidbek)ni taqdim etish orqali o‘quvchida akademik o‘sish uchun shaxsiy javobgarlik hissini uyg‘otish;
|
o‘quvchilarning o‘ziga xosligi, kuchlitomonlari, qat’iyatliliklarini rivojlantirishga yordam berish, ularga moslashuvchanlik va jamiyat bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish, o‘zini o‘zi boshqarish, shuningdek, o‘quvchilarning tashabbuskorligi va yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shish;
|
o‘quvchilarga turli tahdidlarning mohiyati, favqulodda va xavfli vaziyatlarda amalga oshiriladigan harakatlar ketma-ketligini tushuntirish;
|
tajriba almashish maqsadida ochiq darslar o‘tkazish, o‘quv yili davomida hamkasblarining kamida 30 soat darsini kuzatish va tahlil qilish hamda o‘zining pedagogik ko‘nikmalarini rivojlantirishda hamkasblari tomonidan berilgan fidbeklardan samarali foydalanish;
|
maktab hamjamiyati hayotida faol ishtirok etish, bunda o‘z maktabining o‘ziga xosligini targ‘ib qilish va o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni bajarish uchun o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ota-onalarni ma’naviy birlashtiruvchi tadbirlarni o‘tkazish;
|
o‘quvchilarning rivojlanishini ta’minlash maqsadida formativ va summativ baholash natijalari hamda o‘zining darslariga berilgan fidbekni inobatga olgan holda dars rejasiga o‘zgartirishlar kiritish;
|
o‘quvchilarga motivatsiya berish, ularni mustaqil taʼlim olishga jalb qilish maqsadida turli metod va yondashuvlarni qo‘llash, o‘quvchilarni o‘z taʼlim natijalariga shaxsan javobgar bo‘lishga o‘rgatish;
|
o‘quvchilarni rag‘batlantirgan holda ularning bilim va ko‘nikmalariga qo‘yilgan baholar va ta’lim natijalari yuzasidan o‘quvchilarga va ota-onalarga fidbek berish, o‘quvchilarning ta’lim natijalarini yaxshilash maqsadida ota-onalarga maslahat berish;
|
o‘quvchilarda bag‘rikenglik tuyg‘usini shakllantirish, ularda emotsional
va ijtimoiy kompetensiyalarni, o‘zgaruvchan ko‘p millatli madaniy muhitda xulq-atvor ko‘nikmalarini rivojlantirishga o‘rgatish hamda tengdoshlari bilan tenglik, adolat, hurmat tamoyillari asosida o‘zaro
|
o‘quvchilarda fuqarolik va madaniyatlararo kompetensiyalarni shakllantirish, mas’uliyatli fuqaroni tarbiyalash maqsadida o‘quvchilarning individual ta’lim ehtiyojlarini hisobga olgan holda ular bilan yakka tartibda tarbiyaviy ishlarni olib borish;
|
pedagogik innovatsiyalarni o‘rganish va kasbiy faoliyatida qo‘llash orqali o‘zining tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish, uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish hamda pedagogik jamoatchilik bilan o‘rtoqlashish;
|
kasbiy xulq-atvori, shu jumladan, kiyinish odobi, jamoada o‘zini tutish qoidalari, nutq madaniyati va hokazolarni namoyish etgan holda o‘quvchilar uchun o‘rnak bo‘lish.
|
o‘quvchilar egallaydigan yangi bilim va ko‘nikmalarni real hayotda qo‘llashlariga motivatsiya berishni nazarda tutgan holda darsning turi, metodlari va dars vaqtini oqilona rejalashtirish;
|
o‘quvchilarni loyiha ishlariga jalb qilish, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashga undash;
|
|
|
o‘quvchilarga zamonaviy ommaviy axborot vositalari, raqamli axborot resurslari dunyosida xavfsiz ishlashga yordam berish.
|
ta’lim berish va kasbiy rivojlanish jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish.
|
|