5-mavzu. Iqtisodiyotda zamonaviy informatsion-kommunikatsion texnologiyalarining texnik ta’minoti reja


Download 306.3 Kb.
bet1/3
Sana08.11.2023
Hajmi306.3 Kb.
#1756850
  1   2   3
Bog'liq
Маъруза 5-мавзу


5-MAVZU. IQTISODIYOTDA ZAMONAVIY INFORMATSION-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARINING TEXNIK TA’MINOTI
Reja:
1. Zamonaviy informatsion-kommunikatsion texnologiyalarining texnik ta’minoti haqida tushuncha
2. Zamonaviy kompyuter texnologiyalarining rivojlanish tendentsiyalari
3. Zamonaviy mobil qurilmalar va ularning bugungi kunda iqtisodiyotda tutgan o‘rni

Tayanch so’z va iboralar: avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari, kompyuter texnikasi, rivojlanish tendentsiyasi, elektron hisoblash mashinasi, mikrosxemalar, integral sxemalar, yacheyka, shaxsiy kompyuterlar, Tizimli blok, Mikroprotsessor.
5.1.Zamonaviy informatsion-kommunikatsion texnologiyalarining texnik ta’minoti haqida tushuncha.

Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarining texnik ta’minoti o’z ichiga axborotni kiritish va qayta ishlash uchun mo’ljallangan kompyuter texnikasi, axborotlarni uzatish hamda almashishni ta'minlovchi aloqa kommunikatsiya asbob-uskunalari, axborotni qayta ishlovchi mutaxassislarni ishini avtomatlashtirishga mo'ljallangan tashkiliy texnik vositalarini oladi.


Kompyuter bu inglizcha so’zdan olingan bo’lib hisoblagich degan ma’noni bildiradi. Shuning uchun ham birinchi islab chiqilgan kompyuter texnikasini hisoblash texnikasi deb atashgan. Yillar davomida kompyuter texnikasi shakllanib borayotgan soha hisoblanadi. Jumladan 1623 yili nemis olimi Vilgelm Shikkard tomonidan hisoblash mashinasi yaratildi. 1645 yili buyuk frantsuz matematigi Blez Paskal uzining hisoblash mashinasini yaratdi. Paskalning mashinasi boyi 30 - 40 sm, eni 15 sm, balandligi 10 sm bolgan jez qutichadan iborat bo’lib, qo’shish va ayirish amallarini bajarar edi. 1673 yil nemis matematigi Gotfrid Leybnits 4, ya’ni Slonimskiy tomonidan 4 arifmetik amalni bajaradigan va ildiz chiqaradigan hisoblash mashinasi yaratildi.
1623 yildan boshlab kompyuter texnikasi asta-sekin rivojlanib, hozirgi kunda murakkab tizimga ega bo’lgan vositaga aylandi. Fan va texnikada qilingan yutuqlar natijasida 1946 yilda birinchi “ENIAK” nomli elektron hisoblash mashinasi yaratildi. AQShdagi Pensilvaniya universitetida amerikalik olim Dj. Neyman (1903-1957) axborotlarni saqlash imkoniga ega bo’lgan elektron lampalar yordamida raqamli hisoblash mashinasini yaratdi. Bu kompyuter 18.000 ta elektron lampadan tuzilgan bo’lib, 30 tonna og’irlikka ega va 150 m2 xonani egallagan. 1951 yili Rossiyalik olim Lebedev rahbarligida elektron hisoblash mashinasi yaratilgan.


1.Savollar:
1.IIKT texnik ta’minoti nimalarni o’z ichiga oladi?
2.Axborotlarni qayta ishlovchi texnik ta’minotlarini izohlab bering?
3.Axborotlarni uzatish qurilmalari va vositalariga ta’rif bering?


Download 306.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling