5-mavzu: Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning o’ziga xos xususiyatlari va ustuvor yo’nalishlari. Reja


Download 211.75 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.12.2020
Hajmi211.75 Kb.
#166015
Bog'liq
5-mavzu Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning o


5-mavzu: Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning o’ziga xos 

xususiyatlari va ustuvor yo’nalishlari. 

Reja: 

1. 


 Makroiqtisodiy  barqarorlikni  mustahkamlash  va  yuqori  iqtisodiy  o‘sish 

sur’atlarini saqlab qolish. 

2. 

 Tarkibiy  o‘zgartirishlarni  chuqurlashtirish,  milliy  iqtisodiyotning  yetakchi 



tarmoqlarini 

modernizatsiya 

va  diversifikatsiya  qilish 

xisobidan  uning 

raqobatdoshligini oshirish 

3. 


 Iqtisodiyotda  davlat  ishtirokini  kamaytirish,  kichik  biznes  va  xususiy 

tadbirkorlik rivojlanishini rag‘batlantirish 

 

Mavzuni  o’rganishda  qo’yidagilarga  e’tibor  berish  kerak:  iqtisodiyot, 

liberallashtirish,  investitsiya,  innovatsiya,  yangi  texnologiyalar,  innovatsiong‘oya, 

ishlabchiqarish,  milliyiqtisodiyot,  modernizatsiya,  diversifikatsiya,  raqobat, 

xususiymulk,  kichik  biznes,  xususiy  tadbirkorlik,  soliq,  bojxona,  soliq  yukini 

kamaytirish. 

 

Munozara uchun savollar: 

1. 

 Milliy  iqtisodiyotning  mutanosibligi  va  barqarorligini  ta’minlash 



deganda nimani tushunasiz? 

2. 


 Milliy  iqtisodiyot  tarkibida  sanoat,  xizmat  ko‘rsatish,  kichik  biznes  va 

xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish omillari qanday? 

3. 

 Ishlab  chiqarishni  modernizatsiya  qilish,  texnik  va  texnologik,  jixatdan 



yangilash deganda nimani tushunasiz? 

4. 


 Pul-kredit  siyosati  va  valyutani  tartibga  solishning  ustuvor  jixatlari 

nimalardan iborat ? 

5. 

«Agar  xalq,  boy  bo‘lsa,  davlat  ham  boy  va  kuchli  bo‘ladi»  degan 



tamoyilning ma’nosi nimani anglatadi? 

6. 


Oilaviy tadbirkorlikning asosiy belgilari nimalardan iborat ? 

 

 



“Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning o`ziga xos 

xususiyatlari va ustuvor yo`nalishlari” mavzusi bo`yicha test sinovlari 

 

1.  Rivojlangan  mamlakatlardagi  “yangi  o`rta  sinf”  yoki  “menejerlar  va 

mutaxassislar sinfi” deb ataluvchi sotsial birlik necha foizni tashkil etadi?  

A.20-25 foizni  

B. 30-35 foizni  

C. 40-45 foizni  

D. Barcha javoblar to`g`ri. 

 

2. Fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asosida qaysi omil muhim o`rin tutadi?  

A. xususiy mulkchilik  

B. inson omili  

C. mulkiy munosabatlar  

D. barchasi to`g`ri  


3. Mulkchilik munosabatlari nima?  

A. barchasi to`g`ri 

B. mulkka egalik qilish va foydalanish  

C. mulkni o`zlashtirish  

D. mulkni tasarruf etish  

 

4. Jamoa manfaati nima?  

A. kishilar guruhi, korxona va firmalarga tegishli manfaatlar majmui;  

B. jamiyatning iqtisodiy manfaati;  

C. guruh manfaati;  

D. shaxs va oila manfaati.  

 

5. Xususiy mulk insonga qanday his baxsh etadi?  

A. muammolarini yengib o`tadi  

B. o`ziga ishonch hissini uyg`otadi 

C. o`z bilimini sinab ko`radi  

D. moddiy imkoniyatini kuchaytiradi 

 

6. Mulkdor o`z imkoniyatini to`liq ishga solishi uchun nima zarur?  

A. qonun ustuvorligi  

B. erkin bozor munosabatlari  

C. adolatli sudlov  

D. barchasi to`g`ri 

 

7. Fuqarolik jamiyatida davlatning iqtisodiyotga ta`siri qanday?  

A. umuman aralashmaydi;  

B. to`liq nazorat qiiadi;  

C. boshboshdoqlikning oldini oladi;  

D. tartibga solishadi. 

 

8.  Fuqarolik  jamiyati  rivoji  uchun  tadbirkorlikning  samarasi  qanday 

kuchaytirish mumkin?  

A. fuqarolik institutlariga uyushgan holda;  

B. qonun vositasida;  

C. moddiy salohiyat bilaan;  

D. davlat vositasida.  

 

9.  Bozor  munosabatlariga  o`tish  bilan  fuqarolik  jamiyatini  barpo  etish 

qanday masala?  

A. turli xil masala 

B. bir xil masala  

C. biri ikkinchisini taqozo etadi  

D. davlatga oid muammo 

 

10.  Tartibga  solinmaydigan  bozor  sharoitida  quyidagilardan  qaysi  biri  ro`y 

berishi mumkin?  

A. boshboshdoqlik;  

B. ijtimoiy tartibssizlik;  


C. iqtisodiy inqiroz  

D. a va b   



 

11.  Bozor  munosabatlarining  rivojiga  fuqarolik  jamiyati  qanday  ta`sir 

ko`rsatadi?  

A. korruptsiyaga qarni kurashda qo`l keladi;  

B. tadbirkorlarning imkoniyatlarini kengaytiradi;  

C. davlatga ko`mak beradi;  

D. barcha javoblar to`g`ri 

 

12. 

Kimlar xususiy mulk huquqini sub`ekti bo`la olmaydi? 

A. Kooperativlar 

B. Jamoat birlashmalari  

C. Davlatga qarashli yuridik shaxslar  

D. Xo`jalik shirkatlari  

 

13. 

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishga berilgan to`g`ri ta`rifni ayting? 

A. Davlat  korxonalari  va  tashkilotlarining  jamoa  ijara  korxonalariga,  aktsiyadorlik 

jamiyatlariga,  davlatga  qarashli  bo`lmagan  boshqa  korxonalar,  tashkilotlarga 

aylantirilishi 

B. Davlat mulkini fuqarolar tomonidan davlat organining qarori bilan o`ziniki qilib 

olinishi 

C. Davlat  korxonalarini  xo`jalik  yuritish  huquqi  asosida  nodavlat  tashkilotlarga 

biriktirib qo`yish 

D. Xususiy mulk ob`ektlarini ommaviy mulkka aylantirish 

 

14. 

Monopolistik faoliyat bu – 

A.  Xo`jalik  yurituvchi  sub`ektlarning,  davlat  boshqaruv  organlari  va  mahalliy 

davlat  hokimiyati  organlarining  raqobatga  qarshi  kurash  haqidagi  qonun 

hujjatlariga  xilof  bo`lgan,  raqobatga  yo`l  qo`ymaslikka,  uni  cheklash  va  bartaraf 

etishga qaratilgan harakat yoki harakatsizligi 

B.  Xo`jalik  yurituvchi  sub`ekt  tovar  bozorida  yagona  sotuvchi  yoki  xaridor 

bo`lgan vaziyat 

C.  Xo`jalik  yurituvchi  sub`ektlarning  tadbirkorlik  faoliyatida  ustunlikni  qo`lga 

kiritishga qaratilgan xarakatlari 

D.  Barcha javoblar noto`g`ri 



 

15. 

Kichik tadbirkorlik sub`ektlari...  

A. Jismoniy va yuridik shaxslar  

B. Faqat jismoniy shaxslar 

C. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar  

D. a va b javoblar to`g`ri 

MAVZU BO’YICHA GLOSSARIY 

 

Diversifikatsiya  –  lot.  diversification  –  o’zgarish,  turli-tumanlik,  faoliyatni 

har tomonlamava turli-tuman yo’nalishlarda rivojlantirishga strategik mo’ljal olish. 

Masalan,  kapitalni  diversifikatsiyalash  –  iqtisodiy  tavakkalchilikning  xavfli 


oqibatini  kamaytirish  maqsadida  kapital  mablag’larni  turli  ob’ektlar  o’rtasida 

bo’lib-bo’lib joylashtirish.  



 

Liberallashtirish  –  ijtimoiy  hayotning  barcha  sohalarida  erkinlik  ustuvor 

bo’lishini, jamiyatning evolyutsion rivojlanish yo’lini e’tirof etuvchi va asoslovchi 

nazariya, amaliyot.   

 

Makroiqtisodiyot 

iqtisodiy 



tizimdagi 

barcha 


ishtirokchilarning 

hususiyatlarini  o’rganish,  mamlakat  iqtisodiyoti  va  uning  yalpi  ishlab 

chikarishining o’sishi, pasayishi, turg’unlik davrlarini  iqtisodiy tahlil qiladi  va uni 

tartibga solish iqtisodiy mexanizmlarni yaratadi. 



Modernizatsiyalash  -  fran.  modernizer-zamonaviy;  zamonaviylash-tirish, 

hozirgi  davr  talablari,  tarzi  va  didiga  mutanosib  ravishdagi  o’zgarishlarni  amalga 

oshirish.  

Mulk ob’ektlari - mulkka aylangan barcha boylik turlari. Mulk sub’ektlari - 

mulk 


ob’ektini 

o’zlashtirishda 

qatnashuvchilar, 

mulkiy 


munosabatlar 

ishtirokchilari.  



Mulkdan  foydalanish  -  mol-mulkning  Iqtisodiy  faoliyatda  ishlatilishi  yoki 

ijtimoiy  hayotda  qo’llanilishi,  ya’ni  uning  nafli  jihatlarining  bevosita  iste’mol 

qilinishi.   

Mulkni  tasarruf  etish  -  mol-mulk  taqdirini  mustaqil  hal  qilish.  Mulkka 

egalik  qilish  -  mulkdorlik  huquqining  uning  egasi  qo’lida  saqlanib  turishi  va 

yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shakli.   

Mulkchilik  munosabatlari  -  mulkka  egalik  qilish,  undan  foydalanish,  uni 

o’zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.   



Taraqqiyot  –  jamiyat  rivojlanishining  oddiydan  murakkabga,  quyidan 

yuqoriga yo’nalgan, bir sifat bosqichidan yangi sifat bosqichiga o’tishi jarayoni. 



Taraqqiyotning  “O’zbek  modeli”  -  istiqlolning  dastlabki  yillarida 

Prezidentimiz  I.A.Karimov  rahbarligida  ishlab  chiqilgan  islohotlar  strategiya 

bo’lib,  taraqqiy  topgan  mamlakatlarning  bozor  munosabatlariga  o’tish  tajribasi, 

mamlakatimiz  boshidan  kechirgan  tarixiy  sinovlar  va  ularning  saboqlari, 

xalqimizning turmush  va  tafakkur tarzi asos qilib olindi. SHu tariqa  yurtboshimiz 

tomonidan  jamiyatni  isloh  etishning  chuqur  ilmiy  asoslangan  quyidagi  besh 

tamoyili  vujudga  keldi:  Birinchi  tamoyil:  iqtisodiyotning  siyosatdan  ustunligi; 

Ikkinchi  tamoyil:  davlat  –  bosh  islohotchi;  Uchinchi  tamoyil:  jamiyat  hayotining 

barcha sohalarida qonunning ustuvorligi; To’rtinchi tamoyil: aholining demografik 

tarkibini  hisobga  olgan  holda,  kuchli  ijtimoiy  siyosat  yuritish;  Beshinchi  tamoyil: 

bozor  iqtisodiyotiga  ob’ektiv  iqtisodiy  qonunlarning  talablarini  hisobga  olgan 

holda, tadrijiy asosda, puxta o’ylab, bosqichma-bosqich o’tish.  



Tranzaktsiya  -  ingl.  bank  transaction,  ot  lot.  transactio  -  kelishuv, 

shartnoma;  tranzaktsiya  –  bu  sotib  olishga  doir  sharnomani  tuzish  moliyaviy 

vositalarni  sotishga  doir  shartnoma.  Bank  tranzaktsiyasi,  deganda  bir  bank  hisob 

raqamidan  ikkinchisiga  yoki  bank  ichidagi  bir  hisob  raqamidan  ikkinchisiga  pul 

mablag’larini o’tkazish tushuniladi.   


Transformatsiya - lot. transformatio – o’zgarish; tuzilmalarni, shakllarni va 

usullarni o’zgartirish, faroliyatning maqsadli yo’nalishini o’zgartirish.   



Xususiylashtirish - mulkka egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga 

o’tishi.  



SHok  terapiyasi  (iqtisodiyotda)  –  iqtisodiyotni  sog’lomlashtirishga 

yo’naltirilgan qator salbiy oqibatlarni (narxlarning o’sishi, inflyatsiya, bandlikning 

pasayishi  va  shunga  o’xshash  boshqa  holatlar)  o’z  ichiga  oluvchi  radikal  chora-

tadbirlar majmuasi.  



Evolyutsiya  (lotin  tilidan  tarjimasi  –  boshlash,  vujudga  kelish)  –  tizimning 

rivojlanish  jarayonini  anglatadigan  tushuncha  bo’lib,  birinchi  galda  jamiyatga 

xosdir.  Unga  ko’ra,  jamiyatda  asta-sekin  yuz  berayotgan  o’zgarishlar  tizimga, 

uning tuzilmalari tashkil qilinishi va funksiyalari sifatli o’zgarishiga olib keladi.  



Erkinlashtirish - mamlakatning  

demokratik 

jamiyatga 

o’tish 


va 

islohotlar    o’tkazish  jarayonida  mavjud  bo’ladigan  turli  to’siqlar,  cheklashlar  va 

yon  berishga  majbur  etadigan  omillardan  qutilishga  qaratilgan  amaliy  faoliyatdir. 

U  demokratik  jarayonlarning  samarali  rivojiga  yangikuch,  quvvat  va  ilhom 

bag’ishlash imkoniyatini yaratadi.  

 

Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari 



                                  

 

Nazariy-metodologik adabiyotlar: 

1. Karimov I.A. Asarlar to‘plami, 1-23 jildlar. – T.: O‘zbekiston, 1996-2016.  

2. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda 

barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali 

marosimiga  bag‘ishlangan  Oliy  Majlis  palatalarining  qo‘shma  majlisidagi  nutq 

/Sh.M. Mirziyoev. - Toshkent: -O‘zbekiston, 2016. -56 b.  

3. Mirziyoev  Sh.M.  Qonun  ustuvorligi  va  inson  manfaatlarini  ta'minlash  –  yurt 

taraqqiyoti  va  xalq  farovonligining  garovi  //  O‘zbekiston  Respublikasining 

Prezidenti  Shavkat  Mirziyoevning  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi 

qabul  qilinganining  24  yilligiga  bag‘ishlangan  tantanali  marosimdagi  ma'ruzasi 

07-12-2016.– Toshkent: -O‘zbekiston, 2017. – 48 b.  

4. Mirziyoev  Sh.M.  Buyuk  kelajagimizni  mard  va  olijanob  xalqimiz  bilan  birga 

quramiz. - Toshkent: -O‘zbekiston, 2017.-491 b.  

 

Normativ-huquqiy hujjatlar: 

1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2017.  

2. O‘zbekiston Respublikasining -Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi Qonuni, 2014  yil 

28 dekabr.  

3. O‘zbekiston Respublikasining -Elektron hukumat to‘g‘risidagi Qonuni, 2015 yil 

9 dekabr.  



4. O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  7  fevraldagi  -O‘zbekiston 

Respublikasini 

yanada 

rivojlantirish 



bo‘yicha 

Harakatlar 

strategiyasi 

to‘g‘risidagi Farmoni //Xalq so‘zi, 2017, 8 fevral.  

5. O‘zbekiston  Respublikasining  2017  yil  3  yanvardagi  Korrupsiyaga  qarshi 

kurashish  to‘g‘risidagi  Qonuni.  /O‘zbekiston  Respublikasi  Qonun  hujjatlari 

to‘plami, №1. 2017.  

6. O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  3  fevraldagi  -Mahalla 

institutini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risidagi  Farmoni. 

O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, №6. 2017.  



 

Asosiy adabiyotlar: 

1. Sharifxo‘jaev  M.  O‘zbekistonda  ochiq  fuqarolik  jamiyatining  shakllanishi.  –T.: 

Sharq, 2003.  

2. Qirg‘izboev  M.  Fuqarolik  jamiyati:  genezisi,  shakllanishi  va  rivojlanishi.  –  T.: 

O‘zbekiston, 2010.  

 

Elektron ta'lim resurslari: 

1. www.press-service.uz  

2. www.ziyonet.uz  

3. www.xs.uz  

4. www.nimfogo.uz  

5. www.xdp.uz/  

6. www.adolat.uz/  

7. www.uzlidep.uz/  

8. www.milliytiklanish.uz/  

9. www.ngo.uz  

10. www.mahalla.uz 

 

 



 

 

Download 211.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling