5-mavzu. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalarning o’rni va ularning xalqaro harakatini tartibga solish Reja
Download 48.79 Kb.
|
5-mavzu. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy invest
Diversifikatsiya – muayyan to’plam tarkibining turli-tumanligini ta’minlash chora-tadbirlari. Diversifikatsiya darajasi turli-tumanlilik darajasi bilan belgilanadi. Diversifikatsiyalashdan muhim investitsiya kontseptsiyasi tariqasida foydalaniladi. U investitsiya portfeli daromadliligini pasaytirmagan holda uning riskini pasaytiradi. Diversifikatsiyalashdan olinadigan eng yuqori samara bir turdagi aktiv qiymatining pasayishi boshqa turdagi aktiv qiymatining o’sishi hisobiga qoplanishini ta’minlaydigan tarzda investitsiya portfeliga turli sinflar, tarmoqlar, mintaqalar aktivlarini qo’shish orqali erishiladi. Ya’ni, tashqi iqtisodiy aloqalarni o’rnatishda quyidagi diversifikatsion tamoyillarga e’tibor qaratish ijobiy samara berishi mumkin:
- tashqi iqtisodiy aloqalarni iloji boricha ko’proq va mintaqaviy jihatdan turlicha bo’lgan mamlakatlar bilan o’rnatish lozim; - eksport tarkibini turlicha mahsulotlar tashkil etishi lozim; - bir xil turdagi maxsulot yoki xizmatni bir vaqtning o’zida jahonning turlicha qit’alarida joylashgan davlatlarga eksport qilish lozim; - iqtisodiyot uchun zarur bo’lgan import mahsulotlari ham eksport siyosatida amal qiladigan tamoyil sifatida amalga oshirilishi lozim; -jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv jarayonini tashkil etishda turli mamlakatlar tajribasini o’zimizni sharoitga moslashtirgan holatda amalga oshirish lozim. Yana ikkita istiqbolli yo’nalishni ajratib ko’rsatish mumkin. Bular neft-gaz mashinasozligi va neft kimyosidir. Ularning rivojlanishi bizning respublikalarimizda neft va gaz qazib olish hajmlari o’sishi istiqboli bilan izohlanadi, bu o’z navbatida neft-gaz mashinasozligi mahsulotlari loyihalarini ta’minlash masalasini o’rtaga qo’yadi. Mintaqada integratsiya jarayonlarining real shart-sharoitlari va samaradorligini ta’minlash yuzasidan kechiktirib bo’lmaydigan majburiy makroiqtisodiy chora-tadbirlar ko’rish fursati etdi, ularga quyidagilar tegishlidir: - iqtisodiy islohotlarni muvofiqlashtirish; - milliy xo’jalik qonunchiliklarini yaqinlashtirish; - tuzilmaviy, kredit-pul, valyuta, narx, soliq va ijtimoiy siyosatning umumiy strategiyasini kelishish. Umuman olganda, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari integratsiyasi mintaqadagi kompleks ustuvor muammolarni hal etib ushbu mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi kuchayishining muhim omiliga aylanadi. Xorijiy mamlakatlar iqtisodiy integratsiyasining xalqaro tajribasi Markaziy Osiyo hamdo’stligi doirasidagi integratsiya jarayonlarida foydalanish mumkin bo’lgan bir qancha xulosalarga kelish imkonini beradi. Bu esa O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida juda muhimdir. Download 48.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling