5-mavzu. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalarning o’rni va ularning xalqaro harakatini tartibga solish Reja
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning asosiy hajmi ichki resurslarni safarbar qilish hisobidan amalga oshirildi
Download 48.79 Kb.
|
5-mavzu. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy invest
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning asosiy hajmi ichki resurslarni safarbar qilish hisobidan amalga oshirildi.
Bu mablag’lar, avvalo, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashni amalga oshirayotgan korxonalarning o’z mablag’larini ko’paytirishi, soliq yukini yanada kamaytirish, tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash va aholining tadbirkorlik faoliyatidan oladigan daromadlarini oshirish hisobidan hosil bo’ladi. Strategik muhim, birinchi navbatda, infratuzilmani shakllantirish, ishlab chiqarishni rekonstruktsiya qilish va modernizatsiya etishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga ichki resurslarni jalb etishda O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi alohida o’rin egalladi. Mazkur jamg’armaning eng muhim vazifalaridan biri strategik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish maqsadida yirik xorijiy investor va sheriklarni jalb etishdir. Masalan, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan, umumiy qiymati 1,28 milliard dollarga teng bo’lgan Tolimarjon issiqlik elektr stantsiyasida ikkita bug’-gaz moslamasini qurish loyihasi shular jumlasidandir. Aynan ana shu hamkorlikning moliyaviy ko’magida kelgusi yillar davomida O’zbek milliy avtomagistrali uchastkalarini qurish, ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimlarini barpo etish va rekonstruktsiya qilish, qishloq xo’jaligi erlarining meliorativ holatini yaxshilash, polivinilxlorid va kaustik soda ishlab chiqarish bo’yicha yangi majmua barpo etish, qishloq xo’jaligi texnikasi va avtomobil shinalarini ishlab chiqarishni tashkil etish kabi ko’plab loyihalar amalga oshiriladi. 5.5. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalar ishtirokini oshirishda xalqaro moliyaviy institutlarning tutgan o’rni va ularning hamkorlik aloqalari. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasini faollashtirishda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning ishtiroki Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida O’zbekiston XVF, XTTB, YeTTB, OTB, ITB kabi moliya-kredit institutlari bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. Uzluksiz makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy o’smishing yuqori sur’atlarini ta’minlash, tuzilmaviy o’zgarishlarni izchil amalga oshirib borish, iqtisodiyotning tayanch va ijtimoiy infratuzilmalarini bosqichma-bosqich modernizatsiyalashtirib borishni ta’minlashga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiy strategiyasi xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik ko’lamining o’sib borishiga zamin yaratadi. Xalqaro valyuta fondi (XVF) 1945 yilda tashkil etilgan va o’sha 186 ta mamlakat a’zo. XVFning maqsadi a’zomamlakatlar valyuta-moliya siyosatini muvofiqlashtirish, to’lov balansini tartibga solish va valyuta kursining barqarorligini qo’llab-quvvatlash uchun qarz berish hisoblanadi. Buning uchun fond to’lov balansida qiyinchiliklar sezayotgan o’z a’zolarini moliyalashtiradi, ularning xo’jalik yuritish usullarini yaxshilashga qaratilgan texnik yordam ko’rsatadi. Oxirgi o’n yilda XVFning moliyaviy vositachi va yirik kreditor sifatidagi roli oshdi. Qarzlar a’zo mamlakatlar badallaridan tashkil topgan umumiy resurslar hisobidan hamda SDR shartli birliklaridagi maxsus hisobdan berilishi mumkin. Kreditlarni berish va qaytarish to’lov balansi muammosining xususiyatlari hamda holatlariga bog’liq tarzda farqlanib, quyidagilardan iborat: Download 48.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling