11-mavzu. Pul-kredit siyosati va byudjet-soliq siyosatini muvofiqlashtirish
Download 112.23 Kb. Pdf ko'rish
|
11-MAVZU. PUL-KREDIT SIYOSATI VA BYUDJET-SOLIQ SIYOSATINI MUVOFIQLASHTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
11-MAVZU. PUL-KREDIT SIYOSATI VA BYUDJET-SOLIQ SIYOSATINI MUVOFIQLASHTIRISH. Talabalar ushbu amaliy darsda quyidagi testlarni bajarishi kerak. Testlar 1. Byudjet ortiqchaligini YaIMning muvozanatli darajasiga ta’siri, mazmuniga ko’ra, shu bilan bir xil a) investitsiyalarni ko’payishi b) iste’molni ko’payishi c) jamg’armalarni ko’payishi d) jamg’armalarni qisqarishi 2. Sanalgan bitimlardan qaysilari investitsiyalar hajmida aks etadi? a) siz firma magazini bilan qo’shni joyda bo’lgan eski binoni sotib olasiz b) siz firmaning 100 aktsiyasini sotib olasiz c) firma sotilmagan kompyuterlar zahirasini oshiradi d) siz firmaning kompyuterini sotib olasiz 3. Davlat byudjeti moliyaviy balans sifatida necha qismdan iborat? a) Ikki b) Uch c) To’rt d) Besh 4. Davlat byudjeti daromadlari qanday tushumlar hisobiga shakllanadi a) soliq va soliq bo’lmagan tushumlar hisobiga b) davlat foydasi hisobidan c) import hisobidan d) export hisobidan 5. Iqtisodiy mohiyatiga qarab soliqlar turlarini belgilang a) egri va to’g’ri soliqlar b) egri va noto’g’ri soliqlar c) bevosita va to’g’ri soliqlar d) egri va bevosita soliqlar 6. Egri soliqlar tarkibiga kiradi… a) QQS, aktsiz solig’i, bojxona boji, er osti boyliklaridan foydalanish soliqlari b) Mol-mulk solig’i, yer solig’i c) Foyda solig’i, daromad solig’i d) Savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlaridan yalpi daromad solig’i. 7. Agar kichik ochiq iqtisodiyot hukumati daromad solig’ini oshirsa, unda bu mamlakatda a) investitsiyalar ko’payadi b) sof eksport ko’payadi c) muvozanatli ayirboshlash sof eksport ko’payadi kursi ko’payadi d) iste’mol ko’payadi 8. Daromaddan olinadigan soliqlarga… a) jismoniy shaxslarning daromadidan, huquqiy shaxslarning daromadidan b) er osti boyliklari kiymatidan olinadigan soliqlar c) qishlok xo’jalik tovar ishlab chikaruvchilarning yagona er solig’i d) avtomobil mashinalarini qayta sotish solig’i 9. To’g’ri soliqlarni kim to’laydi? a) bevosita soliq to’lovchilarning o’zi b) mahsulot yuklab yuboruvchilar c) aksiz soliq to’lovchilar d) QQS to’lovchilar 10. Egri soliqlarni kim to’laydi a) mahsulot yuklab yuboruvchilar b) bevosita soliq to’lovchilarning o’zi c) yer solig’I to’lovchilar d) Mol-mulk solig’i, yer solig’i Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1. Davlat budjetiga ta’rif bering va uning xarajatlari tarkibini sanab o’ting. 2. O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti xarajatlarida qanday o’zgarishlar ro’y bermoqda? 3. Soliqlarning funksiyalariga izoh bering. 4. O’zbekiston Respublikasi budjetiga soliq tushumlaring tarkibi va miqdoridagi tendentsiyalarni izohlab bering. 5. Mamlakatimizda soliq siyosati qaysi maqsadlarga qaratilgan? 6. Davlat budjetining parametrlari deganda nimani tushunasiz? 7. Respublikamizning davlat budjeti daromadlarida qanday o’zgarishlar ro’y bermoqda? Download 112.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling