5-MAVZU: KARTOSHKA KASALLIKLARI XAMDA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI. Reja: Kartoshka kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Kartoshka kasallik qo’zg’atuvchilari belgilari Kartoshka nihollari fuzariozini Fusarium turkumiga mansub gifomitsetlar qo’zg’atadi. Kasallik dunyoning barcha mamlakatlarida, jumladan O’zbekistonda ham uchraydi. Zararlangan tuganaklar (kam hollarda urug’lar) infektsiyaning asosiy manbaidir. - Kartoshka nihollari fuzariozini Fusarium turkumiga mansub gifomitsetlar qo’zg’atadi. Kasallik dunyoning barcha mamlakatlarida, jumladan O’zbekistonda ham uchraydi. Zararlangan tuganaklar (kam hollarda urug’lar) infektsiyaning asosiy manbaidir.
- Kartoshka nihollari rizoktoniozini Rhizoctonia solani zamburug’i qo’zg’atadi. Rizoktonioz dunyoning barcha mamlakatlarida, jumladan O’zbekistonda ham uchraydi. Zararlangan o’simlik qoldiqlari va kartoshka tuganaklari nihollar uchun asosiy infektsiya manbai hisoblanadi. Urug’lik tuganaklar sovuq va nam tuproqqa ekilganda, nihollar tez unib chiqa olmaydi, tuproq ichida chiriydi, ularning ildizpoyalari va ildiz bo’g’zida biroz botiq, qo’ng’ir yaralar paydo bo’ladi, ba’zan nihollar so’lib qoladi.
Qo’zg’atuvchining belgilari: Rhizoctonia solani. Zamburug’ tanasi kanop ipi ("shnur") shaklini hosil qiluvchi, ko’p hujayrali, oldin rangsiz, so’ngra jigarrang yoki qo’ng’ir tus oluvchi, uzunligi 1 sm yoki uzunroq, kengligi 5,5-10 mkm bo’lgan, ko’p hujayrali gifalardan iborat. Gifalarda uzoq vaqt saqlanishga mo’ljallangan, to’q-qo’ng’ir, o’lchami 15-30x11-17 mkm keladigan yo’g’on (ba’zan "psevdokonidiyalar" deb ataluvchi) hujayralar zanjirchalari va oq, so’ngra to’q-qo’ng’ir tus oluvchi (psevdo) sklerotsiylar rivojlanadi. Vaqt o’tishi bilan ular qora tusga kiradi va diametri 1-3 mm ga yetadi. Bu yo’g’on hujayralar va sklerotsiylar tuproqda 12-15 sm chuqurlikda, o’simlik qoldiqlarida, kasallikka moyil
Do'stlaringiz bilan baham: |