5-mavzu: Kasbiy pedagogik fantaziya (xayol)


Download 66.03 Kb.
bet3/3
Sana19.12.2022
Hajmi66.03 Kb.
#1033053
1   2   3
Bog'liq
5-seminar

Mashqni bajarish: Ko’zlaringizni ohista yumib, o’zingizni sokin osoyishta tabiat qo’ynida deb tasavvur qiling. Quyosh botmoqda. Ufq, tobora qizg’ish tusga kirib boryapti. Maysalar yam-yashil, osmon ko’m-ko’k. Samoda faqat qushlarning sayrashi, chigirtkalarning chirillashi, qurbaqalarning qurullashi eshitiladi. Uzoqda, qayerdadir sharsharaning shovullashi eshitilmoqda. Asta-sekin sharshara ovozi kelgan tomonga yuring. Juda ham yengil, xuddi uchib borayotgandek harakat qiling, sharsharaga yaqinlashasiz. Sharsharaning ovozi tobora kuchayadi. Unga yaqinlashganingiz sari yuzingizga mayin, iliq suv tomchilari urilayotganligini xis qilasiz. Sekin-asta sharsharaning ostiga o’tasiz. Ustingizdan yoqimli, iliq suv quyiladi. O’zingizni tobora yengil xis etasiz. Hatto shunday tuyuladiki, Siz_ sharsharaga qo’shilib ketgandeksiz, go’yo. O’zingizni tobora osmonga ko’tarilayotgandek xis etasiz. Tanangiz mayin suvdan yayraydi, butun organizmingizdan ruhiy va jismoniy charchoqlar chiqib ketayotganligini sezasiz. Ruhingiz tobora sokin bo’lib boradi. Asta-sekin sharshara ostidan chiqasiz. Botayotgan quyoshning so’nggi nurlari tanangizga urilganligini xis qilasiz. Sizga shunday tuyg’uni hadya etgan borliqqa, tabiatga, Yaratganga shukronalik xissini tuyasiz. Ohista ko’zingizni ochasiz, darhaqiqat, juda yengil bo’lib qolganingizni sezasiz.

Uyga vazifa: Pedagogning kasbiy kompetentligining tuzilishi va mazmuni

Uyga vazifa: Pedagogning kasbiy kompetentligining tuzilishi va mazmuni

Reja:

  •  “Kompetentsiya” va “kompetentlik” tushunchalari.
  • Kompetentsiyaning turlari.
  • Pedagogning kasbiy kompetentligining tuzilishi va mazmuni.
  • Mustaqil ta’lim topshirig’i: Pedagogning kasbiy kompetentligining tuzilishi va mazmuni

  • Topshiriq:
  • Kasb odobining tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?
  • Pedagogik faoliyatning axloqiy jihatlari nimalarni o’z ichiga oladi?
  • 3. “O’qituvchi odobi” kitobidagi o’qituvchi mahorati haqida aytilgan fikrlarni konspekt qilish.
  • Adabiyot: M.Ochilov. N.M.Ochilova “O’qituvchi odobi” Toshkent O’qituvchi 1997 yil.
  •  

Download 66.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling